Barnaeva Muniraxon Abduraufovnaning
falsafa doktor (phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sho‘rlanishga moyil erlarda qatlamli bosqichli yumshatish texnologiyasini tadqiq qilish (Buxoro viloyati misolida)”, 06.01.02 - Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.2.PhD/T4801
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Muradov Rustam Anvarovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.04/30.04.2021.T.111.04 raqamli bir martalik Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, dotsent Dilmurod Gulomovich Axmedjonov, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Javlonbek Kurbanbaevich Ishchanov.
Yetakchi tashkilot - Termiz muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro viloyatining sho‘rlanishga moyil tuproqlarida g‘o‘za o‘simligini etishtirishning suv va resurstejamkor texnologiyalaridan biri qatlamli bosqichli yumshatish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro viloyatining sho‘rlanishga moyil tuproqlarida g‘o‘za o‘simligini etishtirishda mavsumiy sug‘orish me’yorlari 5010-4009 m3/ga va sug‘orishlar soni 3 marta bo‘lishi, bosqichli-qatlamli yumshatish 5 marta, chuqurligi 16 sm dan 40 sm gacha ortib borishini ta’minlash orqali suv va resurstejamkor qatlamli bosqichli texnologiyasi takomillashtirilgan;
Buxoro viloyatining sho‘rlanishga moyil tuproqlari (sizot suvlar sathi 1,5 m dan 3 m gacha, tuproq sho‘rlanish ko‘rsatgichi 5 dS/m dan 9 dS/mgacha bo‘lgan sharoit)da g‘o‘za o‘simligini etishtirishda takomillashtirilgan texnologiya (bosqichli qatlamli yumshatishlar soni 2 - 5 va ularning chuqurligi 16 – 40 sm oralig‘ida o‘zgarishi) ko‘rsatkichlarining mavsumiy suv iste’moli va hosildorligiga ta’siri ko‘p yillik to‘rt omilli dala tajribalari orqali aniqlangan;
g‘o‘za o‘simligini etishtirishda takomillashtirilgan texnologiyaning maqbul parametrlari dala sharoitlari (tuproq sho‘rlanish darajasi, uning mexanik tarkibi, mavjud suv resurslari va sizot suvlari sathi)dan kelib chiqqan holda belgilangan;
namlik va tuzning ko‘chishini matematik modellari hamda takomillashtirilgan tuproq ishlov berish texnologiyasini qo‘llash natijasida yuzaga keladigan chegaraviy sharoitlar asosida tuproqdagi namlik va tuz miqdorini o‘zgarishini tavsiflovchi formulalar olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G‘o‘za o‘simligini etishtirishning suv va resurstejamkor texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
qatlamli bosqichli yumshatish texnologiyasini qo‘llash orqali g‘o‘zani sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-80-65% rejimda mavsumiy sug‘orish me’yori og‘ir mexanik tarkibli tuproqlarda o‘rtacha gektariga 4023 m3 ga, nazoratga nisbatan mos ravishda 993 m3/ga (yoki 19,8%) ga sug‘orish suvi tejalgan (“Islom Nurshod Dilshod” fermer xo‘jaligi ma’lumotnomasi 05.09.2023 yil). Natijada g‘o‘za hosildorligi qatlamli bosqichli yumshatish texnologiyasi asosida sug‘orilganda og‘ir mexanik tarkibli tuproqlarda gektariga 39,6 sentnerga, nazoratga nisbatan mos ravishda 8,2 s/ga (yoki 26%) ga oshgan
Qatlamli bosqichli yumshatish texnologiyasida tuproqqa ishlov berilishi g‘o‘zaning gullash davridan oldin yoki paxta ildizlarining to‘liq tutishi vaqti boshlanishida amalga oshirilishi lozim. Ya’ni kengligi 159 mm bo‘lgan kultivator panjahasi yordamida 16-18 sm chuqurlikda, kengligi 130 mm bo‘lgan kultivator panjahasi bilan 28-30 sm chuqurlikda, kengligi 50 mm bo‘lgan kultivator panjahasi bilan esa 38-40 sm chuqurlikni yumshatish kerak. (Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi ma’lumotnomasi 08.09.2023 yil). Natijada sug‘orishlar soni va miqdori bosqichli qatlamli yumshatish orqali tuproqqa ishlov berilganda minimum bittaga kamayadi hamda tuproq faol qatlamining sho‘rlanish havfi kuzatilmaydi.
Qatlamli bosqichli yumshatish texnologiyasi Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi “Islom Nurshod Dilshod” (22 gektar), “Nurislom” (17 gektar) fermer xo‘jaliklari maydonlarida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 10-yanvardagi 03/37-73-sonli ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘za hosidorligi gektariga 8,2 sentnerga oshgan, sug‘orishlar soni bittaga kamayib, suvni iqtisod qilish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish