Xamraev G‘ayrat G‘anievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): Buxoro amirligining Qushbegi hujjatlarida amirlik ma’muriy birliklariga oid ma’lumotlar: tarixiy-geografik tahlil, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2023.4. PhD/Tar.1716
Ilmiy rahbar: Eshov Baxodir Jo‘raevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, professor Qobulov Eshbolta Atamurodovich, tarix fanlari doktori, dotsent Xushvaqov Nabi Olimovich
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro amirligining Qushbegi arxivi hujjatlarida amirlikdagi ma’muriy-siyosiy birliklarga oid ma’lumotlarni tarixiy-geografik jihatdan tadqiq etish orqali so‘nggi o‘rta asrlarda mintaqada yuz bergan ijtimoiy- demografik hamda ma’muriy-hududiy o‘zgarish jarayonlarini ilmiy tahlil etishdan iborat. iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Buxoro Qushbegi arxivi hujjatlarini o‘rganish natijasida hujjatlar mazmun-mohiyatiga qarab boshqaruv, huquqiy, mulkiy, soliq tizimi, shaxsiy arznoma va turli xabarnomalardan iborat ekanligi va ushbu hujjatlarning ko‘pchiligi turli amaldorlarning muhrlari bilan tasdiqlanganligi aniqlandi;
Qushbegi arxivi hujjatlaridagi muhrlar o‘rganilganda, ulardagi yozuvlarda muhr egalarining nomlari, lavozimlari, hujjat tasdig‘iga daxldor shaxslar haqida ma’lumotlar berilgan. Masalan, F-132 raqamli hujjat muhrida Abu Hafizbiy Inoqi Kalon  ismi, uning inoq martabasi, ya’ni inoqlik darajasining «katta inoq» maqomidagi amaldor ekanligi dalillandi;
Buxoro amirligida, ayniqsa, uning boshqaruv markazi – Buxoro shahri aholisining etnik o‘zlikni anglash masalasida asosan geografik va diniy omil ustuvorlik qilganligi, shahar aholisi o‘zlarini asosan “buxorolik”, “musulmon” deb bilganliklari, etnik mansublik masalasi esa ikkilamchi bo‘lganligi aniqlandi;
Qushbegi arxiv xujjatlarini o‘rganish natijasida. Buxoro amirligida 1702-yildan 1920-yilgacha bo‘lgan davrda Qushbegi lavozimida ishlagan 14 nafar amaldorlarning shaxsi va faoliyat yuritgan davri aniqlandi. O‘rganish natijasida Amir Haydar davridan boshlab mahalliy urugʻ boshliqlarini markaziy hokimiyatga qarshi kurashlarini cheklash maqsadida Qushbegi lavozimiga eron shia maxzabiga mansub shaxslardan tayinlanganligi aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoro amirligining Qushbegi hujjatlarida amirlik ma’muriy birliklariga oid ma’lumotlar tarixiy-geografik tahlili natijasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Buxoro Qushbegi arxivi hujjatlarini o‘rganish natijasida hujjatlar mazmun-mohiyatiga qarab boshqaruv, huquqiy, mulkiy, soliq tizimi, shaxsiy arznoma va turli xabarnomalardan iborat ekanligi va ushbu hujjatlarning ko‘pchiligi turli amaldorlarning muhrlari bilan tasdiqlanganligi haqidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2023 yi 29 martda efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali Davlat Muassasasining 2023-yil 29-mart 0-06-465-son ma’lumotnomasi). Natijada Buxoro amirligining yirik ma’muriy markazlari va ijtimoiy-siyosiy hamda etnik tarkibini yozma manbalar, xususan, Qushbegi hujjatlari asosida hamda amirlik markaz iy hududlaridagi ma’muriy birliklar va ular aholisining ijtimoiy hamda etnomadaniy holati bilan bog‘liq masalalar ko‘rsatuv mazmunini o‘rganishda hal qiluvchi ro‘l o‘ynagan;
Qushbegi arxivi hujjatlaridagi muhrlar o‘rganilganda, ulardagi yozuvlarda muhr egalarining nomlari, lavozimlari, hujjat tasdig‘iga daxldor shaxslar haqida ma’lumotlar berilgan. Masalan, F-132 raqamli hujjat muhrida Abu Hafizbiy Inoqi Kalon ismi, uning inoq martabasi, yaʼni inoqlik darajasining «katta inoq» maqomidagi amaldor ekanligi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2023 yi 29 martda efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi  “O‘zbekiston tarixi” telekanali Davlat Muassasasining 2023-yil 29-mart 0-06-465-son ma’lumotnomasi). Natijada Qushbegi arxivi hujjatlarida alohida e’tibor qaratilgan inoqlik darajasi, unga oid muhrlar haqidagi ma’lumotlar teletomoshabinlarga yangi manbalar asosida etkazish orqali ko‘rsatuv saviyasini yanada oshishiga xizmat qilgan.
Buxoro amirligida, ayniqsa, uning boshqaruv markazi – Buxoro shahri aholisining etnik o‘zlikni anglash masalasida asosan geografik va diniy omil ustuvorlik qilganligi, shahar aholisi o‘zlarini asosan “buxorolik”, “musulmon” deb bilganliklari, etnik mansublik masalasi esa ikkilamchi bo‘lganligi haqidagi ma’lumotlardan foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya fondining 2023- yil 23-martdagi 01-25/ 03.23 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada Buxoro, Surxon, sharqiy Buxoro hamda Qashqadaryo vohalari, Amudaryoning o‘rta havzasidagi siyosiy-ma’muriy birliklar aholisi hamda ulardagi etnik jarayonlar ma’muriy birliklarning etnomadaniy faolligi tarixi ilmiy adabiyotlarni boyitishga hissa qo‘shgan.
Qushbegi arxiv hujjatlarini o‘rganish natijasida. Buxoro amirligida 1702-yildan 1920-yilgacha bo‘lgan davrda Qushbegi lavozimida ishlagan 14 nafar amaldorlarning shaxsi va faoliyat yuritgan davri aniqlandi. O‘rganish natijasida Amir Haydar davridan boshlab mahalliy urugʻ boshliqlarini markaziy hokimiyatga qarshi kurashlarini cheklash maqsadida Qushbegi lavozimiga eron shia maxzabiga mansub shaxslardan tayinlanganligi haqidagi ma’lumotlardan foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya fondining 2023- yil 23-martdagi 01-25/ 03.23 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada Buxoro amirligida 1702-yildan 1920-yilgacha bo‘lgan davrda Qushbegi lavozimida ishlagan 14 nafar amaldorlarning shaxsi va faoliyat yuritgan davri tarixi ilmiy adabiyotlarni boyitishga hissa qo‘shgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish