Matyakubov Shanozar Sabirovichning  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: XVI-XVIII asrning birinchi yarmida Xiva xonligi hunarmandchiligi tarixi, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tar 1111.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdullaev Timur Pulatovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Xorazm Ma’mun akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mavlonov Uktam Maxmasobirovich, tarix fanlari doktori, professor, Turganov Baxit Kurbanbaevich tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: XVI-XVIII asr birinchi yarmi Xorazm hunarmandchiligi tarixini manbashunoslik, arxeologik va etnologik tadqiqotlar asosida tadqiq qilish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Xorazmning qadimgi va o‘rta asrlarlar davrida qurol-aslahalarning takomillashuvi davlatchilik siyosati bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, Xorazmshohlar-Anushteginiylar davlatining harbiy salohiyati va qurol aslahalarga bo‘lgan ehtiyoji keyingi davrlarda hunarmandchilikning temirchilik yo‘nalishi rivojlanishining asosiy omili sifatida yuqori cho‘qqiga ko‘tarilishiga zamin yaratganligi  ko‘rsatib berilgan;
ixtisoslashgan hunarmandchilik sohasini ichki o‘zgartirish imkoniyati XVI–XVIII asrlarda shahar iqtisodiy bazasida faol taraqqiy etishi va kengayishining muhim omili bo‘lishi, o‘rganilayotgan davrda hunarmandchilikni texnik jihatdan tashkil qilishning takomillashuvi va murakkablashuvining yanada yaqqolroq ifodalanishi, hunarmandchilik faoliyatini amalda tashkil etishning turli shakllari va sharoitlari orqali kechganligi ochib berilgan;
o‘rganilayotgan davrda xorazmliklarga xos hunarmandchilik salohiyati, shuningdek, qo‘shni etnomadaniy hududlarda vohaning bozorbop mollariga bo‘lgan talabning kattaligi asosiy sabab bo‘lib, bu esa xorazmlik kulollar va temirchi ustalarning o‘sha yurtlarga borib, mahsulotlar tayyorlab, mahalliy aholiga sotishlariga turtki bo‘lganligi dalillangan;
Xiva xonligi hunarmandchiligining muhim jihati sifatida  kasbga oid risolalar va ustoz-shogird tizimi bu davrda an’anaviy tarzda davom etib, rus  mualliflari tomonidan yig‘ilgan 40 dan ortiq kasb-hunarga oid risolalar va ularning  mukammal  axloq-odob, ish normalari  haqidagi  talablari xonlikda yuksak madaniyat  og‘ir kunlarda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganligiga asos bo‘lganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XVI-XVIII asr birnchi yarmida Xiva xonligi hunarmandchiligi tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
Xorazmning qadimgi va o‘rta asrlarlar davrida qurol-aslahalarning takomillashuvi davlatchilik siyosati bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, Xorazmshohlar-Anushteginiylar davlatining harbiy salohiyati va qurol aslahalarga bo‘lgan ehtiyoji keyingi davrlarda hunarmandchilikning temirchilik yo‘nalishi rivojlanishining asosiy omili sifatida yuqori cho‘qqiga ko‘tarilishiga zamin yaratganligi  bo‘yicha natijalardang Xorazm Ma’mun akademiyasi tasarrufida 2019-2021-yillarda bajarilgan I-FA-2019-25-shifrli “Xorazm shaharlarining tarixi, madaniy meroslari, obidalari va san’at asarlarining tadqiqotlari asosida smart texnologiyalar yaartish” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zR FA Xorazm Ma’mun akademiyasining 2023-yil 16-fevraldagi 30/2-23-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur davr hunarmandchiligi yozma va arxeologik manbalar asosida tadqiqi hamda mamlakat iqtisodiy taraqqiyotidagi o‘rnini aniqlash, Xorazm hunarmandchiligini o‘zaro o‘xshash va farqli tomonlarini ko‘rsatib berishga xizmat qilgan;
ixtisoslashgan hunarmandchilik sohasini ichki o‘zgartirish imkoniyati XVI–XVIII asrlarda shahar iqtisodiy bazasida faol taraqqiy etishi va kengayishining muhim omili bo‘lishi, o‘rganilayotgan davrda hunarmandchilikni texnik jihatdan tashkil qilishning takomillashuvi va murakkablashuvining yanada yaqqolroq ifodalanishi, hunarmandchilik faoliyatini amalda tashkil etishning turli shakllari va sharoitlari orqali kechganligiga oid natijalardan “Ichan qal’a” muzey-qo‘riqxonasining ekspozisiyalarini boyitishda va ekskursiya jarayonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg֥armasi Madaniy meros agentligining 2023-yil 13-fevraldagi 02-10/332-sonli ma’lumotnomasi). Natijada sayyohlarning muzeyga qiziqishlarining orttirishga, yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan;
o‘rganilayotgan davrda xorazmliklarga xos hunarmandchilik salohiyati, shuningdek, qo‘shni etnomadaniy hududlarda vohaning bozorbop mollariga bo‘lgan talabning kattaligi asosiy sabab bo‘lib, bu esa xorazmlik kulollar va temirchi ustalarning o‘sha yurtlarga borib, mahsulotlar tayyorlab, mahalliy aholiga sotishlariga turtki bo‘lganligiga oid natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanali faoliyatida, jumladan “Tarix va yangi talqin” va “Tarixiy savol” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston MTRK “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasining 2023-yil 27-martdagi 06-28/451-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Xorazm moddiy madaniyat namunalarini xalqimizga namoyish etishda ssenariylarning boyishiga xizmat qilgan;
Xiva xonligi hunarmandchiligining muhim jihati sifatida  kasbga oid risolalar va ustoz-shogird tizimi bu davrda an’anaviy tarzda davom etib, rus  mualliflari tomonidan yig‘ilgan 40 dan ortiq kasb-hunarga oid risolalar va ularning  mukammal  axloq-odob, ish normalari  haqidagi  talablari xonlikda yuksak madaniyat  og‘ir kunlarda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganligiga asos bo‘lganligi bo‘yicha natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalida “Mavzu” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston MTRK “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasining 2023-yil 27-martdagi 06-28/451-sonli ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistonning ko‘hna va boy tarixi, xalqimizning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan g‘oyat katta ilmiy, madaniy va ma’naviy hissasi to‘g‘risidagi tasavvurlarining kengayishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish