Narzullaeva Baxora Xamidullaevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Millatlararo oilalarning do‘stlik aloqalarini takomillashtirish», 13.00.09 – Ijtimoiy pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped3298.
Ilmiy rahbar: Musurmanova Aynisa Musurmanovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.21/30.10.2020.Ped/S.127.01.
Rasmiy opponentlar: Quronov Muhammadjon, pedagogika fanlari doktori, professor; Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi millatlararo oilalarda do‘stlik aloqalarini mustahkamlashning ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash va mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
internatsional oilalarda millatlararo do‘stlik aloqalarining produktiv-progressiv namoyon bo‘lishiga ko‘ra, oila va mahalla ijtimoiy institutlarining pedagogik, siyosiy va ijtimoiy kontekstidagi kolloborativ hamkorligi natijasida «millatlararo do‘stlik», «barqaror ijtimoiy-ma’naviy munosabat», «to‘laqonli turmush» tushunchalari produktiv metodlarni sistemali qoʻllash orqali takomillashtirilgan;
millatlararo oilalarning integrativ, kollaborativ, tolerantlik, kollegial munosabatlariga «qarindoshlik», «qo‘shnichilik», «fuqarolik», «vatanparvarlik», «dahldorlik» kabi ijtimoiy sifatlarni maqsadli transformatsiya texnologiyasi orqali intergatsiyalash natijasida «internatsional dinamik pozitiv» munosabatlar shakllanishi aniqlagan;
«tolerantlik», «inson qadri», «loyallik» kabi mezonlarni produktiv, muammoli-izlanishli, mulohazali-diskussion, kreativ pedagogik metodlarni qo‘llash orqali shakllantirish natijasida millatlararo oilalarda doʻstlik aloqalarini rivojlantirishning «motivatsion-refleksiv», «kognitiv-situatsion», «ommabop-prognostik», «regulyasion-progressiv» mexanizmlari takomillashtirilgan;
mikro, makro va mezo muhitda dinamik ijobiy munosabatlarni hayot bumerangi, qadriyatlar zanjiri, orientatsion kombinativ maqsadlar texnologiyasi qo‘llash orqali ijtimoiy institutlarga «umummaqsadli», «realizatsion yoʻnalgan» va «xususiy manfaatlar uyg‘unligini» singdirish natijasida millatlararo oilalarda do‘stlik aloqalarini mustahkamlash identiv-innovatsion komponentlarni sistemali biriktirish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinganligi. Millatlararo oilalarda do‘stlik aloqalarining ahamiyati bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiya va takliflar asosida:
millatlararo do‘stlik aloqalarini namoyon bo‘lishiga ko‘ra, oila va mahalla ijtimoiy institutlarining pedagogik, siyosiy va ijtimoiy kontekstida “millatlararo do‘stlik”, “barqaror ijtimoiy-ma’naviy munosabat”, “to‘laqonli turmush” tushunchalarini produktiv metod orqali takomillashtirilishi asoslaganligiga doir amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining “Bag‘rikenglik forumi taraqqiyo poydevori” nomli ish rejasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2023-yil 8-iyundagi 14-07-668-son ma’lumotnomasi). Natijada “millatlararo do‘stlik”, “barqaror ijtimoiy-ma’naviy munosabat”, “to‘laqonli turmush” tushunchalarining mohiyati va ijtimoiy qadriyatlilik darajasini ochib berish, millatlararo oilalarda farzandlarni ijtimoiy munosabatlarga samarali tayyorlashda refleksiv, kognitiv, amaliy-metodik, motivatsion jihatdan ijobiy samara bergan;
 “qarindoshlik”, “qo‘shnichilik”, “fuqarolik” kabi ijtimoiy sifatlarni  millatlararo oilalarning integrativ, kollaborativ, tolerantlik munosabatlariga maqsadli transformatsiya texnologiyasi orqali intergatsiyalash natijasida millatlararo barqaror ijobiy munosabatlar shakllanishi aniqlaganligiga oid ilmiy yangligi O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining “Millatlararo totuvlikning huquqiy-me’yoriy asoslari va ijtimoiy ahamiyati” nomli ish rejasiga kiriltilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 2024-yil 8-apreldagi 02-02/491-son ma’lumotnomasi). Natijada millatlararo oilalarning ma’naviy va tarixiy kompetensiyalarini rivojlantirishning samaradorligini oshirishga erishilgan;
“bag‘rikenglik”, “inson qadri”, “vatanparvarlik” kabi mezonlarni produktiv, muammoli-izlanishli, kreativ pedagogik metodlarni qo‘llash orqali shakllantirish natijasida millatlararo oilalarda doʻstlik aloqalarini rivojlantirishning motivatsion-refleksiv, ommabop-prognostik mexanizmlari takomillashtirilganligiga oid takliflari O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyati tomonidan turli millat vakillarining milliy urf-odat va qadriyatlari, huquqiy kompetensiyalarini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyatining 2024-yil 28-martdagi 01/04-20-son ma’lumotnomasi). Natijada millatlararo oilalarda do‘stlik aloqalarini mustahkamlashning ijtimoiy-integratsion modeli qisqa muddatli sayyor treninglarning motivatsion-refleksiv, ommabop-prognostik bosqichlarida joriy etilgan;
millatlararo oilalarda samarali muloqotni shakllanishida, mikro va makro muhitda barqaror ijobiy munosabatlarni hayot bumerangi va qadriyatlar zanjiri texnologiyasi qo‘llash orqali ijtimoiy institutlarga umummaqsadli va xususiy manfaatlar uyg‘unligini singdirish natijasida millatlararo oilalarda do‘stlik aloqalarini mustahkamlash asoslagan oid taklif va tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining “Do‘stlik klublari faoliyatini rivojlantirish” nomli ish rejasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2023-yil 8-iyundagi 14-07-668-son ma’lumotnomasi). Natijada hududdagi millatlararo oilalarda do‘stlik aloqalarining mustahkamligini baholash mezonlari takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish