Yusupov Zafarjon Zoirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gandbolchilarning ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida saralash texnologiyasi”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Ped366.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Ilmiy maslahatchi: Kerimov Fikrat Azizovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratulla Inoyatovich, biologiya fanlari doktori, professor; Koshbaxtiev Ildar Axmedovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Usmonxodjaev Tal’at Saidovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi gandbolchilarning ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida innovatsion metodlar yordamida saralash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
gandbolchilarning yosh guruhlari bo‘yicha tayyorgarlik turlariga qarab rivojlantirish uchun umumiy va maxsus jismoniy, texnik-taktik hamda musobaqa tayyorgarlik ko‘rsatkichlari dinamikasi me’yorlari oraliq shiddatini sport zaxirasini tayyorlash bosqichida rejalashtirish orqali sportchilarni guruhdan-guruhga o‘tkazish uslubiyati takomillashtirilgan;
gandbolchilarni o‘quv-mashg‘ulotlar jarayonida kompleks nazorat qilish uchun sport zaxirasi bosqichlarida o‘quv soatlar hajmining nisbiy ma’lumotlari asosida tayyorgarlik turlari ulushini to‘rt bo‘limda foiz ko‘rsatkichlari asosida me’yorlash hisobiga sportchilarni maqsadli saralash imkoniyatlari oshirilgan;
7-9 yoshdagi iqtidorli gandbolchilarni sport-sog‘lomlashtirish bosqichiga yo‘naltirish va saralash uchun umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasini tashxislash, diagnostika, analitika hamda qaror qabul qilish ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholash texnologiyasini mashg‘ulot jarayoniga kiritish hisobiga sportchilarni guruhga tanlab olish imkoniyati kengaytirilgan;
17-19 yoshdagi gandbolchilarni sport mahoratini takomillashtirish bosqichiga saralash uchun tayyorgarlik turlari (umumiy va maxsus jismoniy, texnik-taktik)da “Saralash-4” dasturi mazmuniga nazorat me’yor talablarini tashxislash va baholash mexanizmi asosida guruhdan-guruhga o‘tkazish jarayonini raqamlashtirish hisobiga malakali sportchilar natijalarini bashorat qilish uslubiyati takomillashtirilgan;
turli darajadagi gandbolchilarni ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida dastlabki va takroriy topshirilgan test natijalari orasidagi o‘sish dinamikasining birinchi hamda ikkinchi davrlarida erishilgan natija (rang)lar asosida yuqori, o‘rta va past darajalari bo‘yicha guruhlarga tabaqalashtirish hisobiga sport zaxirasini to‘ldirish imkoniyati oshirilgan;
gandbolchilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonini samarali tashkil etish uchun tayyorgarlik bo‘limlarini qiyosiy bosqichlari (sport-sog‘lomlashtirish, boshlang‘ich tayyorgarlik, o‘quv-mashq, sport mahoratini takomillashtirish va oliy sport mahorati) bo‘yicha o‘quv soatlarni mashg‘ulot yuklamalar hajmini me’yoriy setka asosida nazorat qilish hisobiga sportchilar natijalarini yaxshilash imkoniyati takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gandbolchilarning ko‘p yillik tayyorgarligining ilmiy-nazariy asoslari bo‘yicha pedagogik tajribalar davomida olingan natijalar asosida:
gandbolchilarning yosh guruhlari bo‘yicha tayyorgarlik turlariga qarab rivojlantirish uchun umumiy va maxsus jismoniy, texnik-taktik hamda musobaqa tayyorgarlik ko‘rsatkichlari dinamikasi me’yorlari oraliq shiddatini sport zaxirasini tayyorlash bosqichida rejalashtirish bo‘yicha takliflar “Sport va harakatli o‘yinlarni o‘rgatish metodikasi (Gandbol) 1-qism” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan ((Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining 2023 yil 21 martdagi 8-son buyrug‘iga asosan 81-raqamli guvohnoma). Natijada, gandbolchilarni ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida tayyorgarlik ko‘rsatkichlari dinamikasiga asosan saralash imkoniyati 16,4%ga oshgan;
gandbolchilarni o‘quv-mashg‘ulotlar jarayonida kompleks nazorat qilish uchun sport zaxirasi bosqichlarida o‘quv soatlar hajmining nisbiy ma’lumotlari asosida tayyorgarlik turlari ulushini to‘rt bo‘limda foiz ko‘rsatkichlari asosida me’yorlash bo‘yicha takliflar “Sport va harakatli o‘yinlarni o‘rgatish metodikasi (Gandbol) 2-qism” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining 2023 yil 21 martdagi 8-son buyrug‘iga asosan 83-raqamli guvohnoma). Natijada, o‘quv soatlar hajmining nisbiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha saralash imkoniyati 18,7%ga oshgan;
7-9 yoshdagi iqtidorli gandbolchilarni sport-sog‘lomlashtirish bosqichiga yo‘naltirish va saralash uchun umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasini tashxislash, diagnostika, analitika hamda qaror qabul qilish ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholash texnologiyasi Toshkent shahar Sergeli tumanidagi sport maktabi, Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanidagi 1-sonli sport maktabi o‘quv-mashg‘ulotlari jarayoniga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 03-01/04/20/13055-son ma’lumotnomasi). Natijada, gandbolchilarning texnik-taktik tayyorgarligi 17,2%ga yaxshilangan;
17-19 yoshdagi gandbolchilarni sport mahoratini takomillashtirish bosqichiga saralash uchun tayyorgarlik turlari (umumiy va maxsus jismoniy, texnik-taktik)da “Saralash-4” dasturi mazmuniga nazorat me’yor talablarini tashxislash va baholash mexanizmini qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi, Xorazm viloyati olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi o‘quv-mashg‘ulotlari jarayoniga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 03-01/04/20/13055-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Saralash-4” dasturi orqali gandbolchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligini aniqlash imkoniyati 15,2%ga yaxshilangan;
turli darajadagi gandbolchilarni ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida dastlabki va takroriy topshirilgan test natijalari orasidagi o‘sish dinamikasining birinchi hamda ikkinchi davrlarida erishilgan natija (rang)lar asosida yuqori, o‘rta va past darajalari bo‘yicha guruhlarga tabaqalashtirish ishlari Sport o‘yinlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabi, Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi o‘quv-mashg‘ulotlari jarayoniga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 03-01/04/20/13055-son ma’lumotnomasi). Natijada, gandbolchilarni maxsus jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha saralash imkoniyati 13,8%ga yaxshilangan;
gandbolchilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonini samarali tashkil etish uchun tayyorgarlik bo‘limlarini qiyosiy bosqichlari (sport-sog‘lomlashtirish, boshlang‘ich tayyorgarlik, o‘quv-mashq, sport mahoratini takomillashtirish va oliy sport mahorati) bo‘yicha o‘quv soatlarni mashg‘ulot yuklamalar hajmini me’yorlash bo‘yicha takliflar “Sport va harakatli o‘yinlarni o‘rgatish metodikasi (Gandbol) 1-qism” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining 2023 yil 21 martdagi 8-son buyrug‘iga asosan 81-raqamli guvohnoma). Natijada, guruhlarning o‘quv soatlari bo‘yicha manzillik ko‘rsatkichlari asosida saralash imkoniyati 15,3%ga oshgan.