Nurulloev Laziz Latipovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishda engil atletika vositalarini qo‘llash metodikasi”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped.5309.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Mehriddin Junaydulloevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaboev Nizomjon Tursunalievich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Tanilberdiev Akmal Abdug‘anievich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi engil atletika vositalari orqali boshlang‘ich sinf o’quvchilarining jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan o‘tkaziladigan darsdan tashqari sport to‘garak mashg‘ulotlarida sport texnik tayyorgarligi va psixologik holatini engil atletika sport turiga nisbatan qiziqishini oshirishga qaratilgan motivatsion modulni kiritish hisobiga takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun engil atletikani maxsus harakat elementlarini bajarishda oyoq muskul kuchini rivojlantirishga qaratilgan (oyoqlarda navbatma-navbat depsinib yuqoriga sakrash kabi) murakkab koordinatsion mashlarni kiritish hisobiga tezkor-kuch qobiliyatini rivojlantirish imkoniyati oshirilgan;
8-10 yoshdagi o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishda darsdan tashqari mashg‘ulotlarining tayyorlov, asosiy va yakuniy qismlarida qo‘llaniladigan engil atletikaga xos bo‘lgan maxsus mashqlar hamda harakatli o‘yinlarni bajarishda yuklamalarning bajarilish vaqti, dam olish oraliqlari, takrorlashlar sonini belgilashda yurak qisqarish soni bo‘yicha yakunlovchi yugurish mashqlarini har bir o‘quvchiga nisbatan differensiyalash hisobiga jismoniy sifatlari yaxshilangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining maxsus jismoniy sifatlarini rivojlantirishda harakat shiddati va tarkibiy tuzilishiga ko‘ra engil atletika sport turiga xos bo‘lgan harakatli o‘yinlarni to‘rtta (yuqori, aralash, o‘rta va past darajali kabi) guruhlarga tizimlashtirib mashg‘ulotlarga kiritish hisobiga jismoniy tayyorgarlik darajasi oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o’quvchilarining jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishda engil atletika vositalarini qo’llash metodikasi yuzasidan o’tkazilgan tajribalar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan o‘tkaziladigan darsdan tashqari sport to‘garak mashg‘ulotlarida sport texnik tayyorgarligi va psixologik holatini engil atletika sport turiga nisbatan qiziqishini oshirishga qaratilgan motivatsion modulini qo‘llash uslubiyati Buxoro shahar 29-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilarining darsdan tashqari mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq etilgan (O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 1-sentabrdagi 04-02/3-855-son dalolatnomasi). Natijada, o’quvchilarning texnik elementlarni o‘zlashtirish samaradorligi 12,5% ga yaxshilangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun engil atletikani maxsus harakat elementlarini bajarishda oyoq muskul kuchini rivojlantirishga qaratilgan (oyoqlarda navbatma-navbat depsinib yuqoriga sakrash kabi) murakkab koordinatsion mashlarni qo‘llash bo’yicha takliflar Buxoro shahar 10-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilarining darsdan tashqari mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq etilgan (O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 1-sentyabrdagi 04-02/3-855-son dalolatnomasi). Natijada, o’quvchilarning tezkor-kuch qobiliyati 26% ga oshgan;
8-10 yoshdagi o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishda darsdan tashqari mashg‘ulotlarining tayyorlov, asosiy va yakuniy qismlarida qo‘llaniladigan engil atletikaga xos bo‘lgan maxsus mashqlar hamda harakatli o‘yinlarni bajarishda yuklamalarning bajarilish vaqti, dam olish oraliqlari, takrorlashlar sonini belgilashda yurak qisqarish soniga ko‘ra yakunlovchi yugurish mashqlarini har bir o‘quvchiga nisbatan differensiyalash bo‘yicha takliflar “Amaliy jismoniy tayyorgarlik” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 429-son buyrug‘iga asosan 429-350-sonli ruxsatnomasi). Natijada, o’quvchilarning maxsus jismoniy sifatlari 11 % ga yaxshilangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining maxsus jismoniy sifatlarini rivojlantirishda harakat shiddati va tarkibiy tuzilishiga ko‘ra engil atletika sport turiga xos bo‘lgan harakatli o‘yinlarni to‘rtta (yuqori, aralash, o‘rta va past darajali kabi) guruhlarga tizimlashtirilgan holda qo‘llash bo’yicha takliflar “Amaliy jismoniy tayyorgarlik” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 429-son buyrug‘iga asosan 429-350-sonli ruxsatnomasi). Natijada, o’quvchilarning jismoniy tayyorgarligi 10,5% ga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish