Abduraxmonov Hayrulloh Xakimjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sport maktabi o‘quvchilarini engil atletika turlariga saralash uslubiyati”, 13.00.04 - “Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4620.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Ilmiy rahbar: To‘xtaboev Nizomjon Tursunalievich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratulla Inoyatovich, biologiya fanlari doktori, professor; Abdullaev Mexriddin Junoydulloevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi 10-12 yoshli engil atletikachilarni jismoniy va funksional tayyorgarligi holatini baholash orqali saralash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi 10-12 yoshli shug‘ullanuvchilarning  kelajakdagi natijalarga erishishda iqtidorlilarni (funksional, jismoniy va maxsus jismoniy tayyotgarligi bo‘yicha) aniqlash va qaror  qabul qilish uchun engil atletika sport turlariga saralashning asosiy talablari bo‘yicha har bir bosqichning vazifalari asosida to‘rt bosqichli (dastlabki, oraliq, asosiy va yakuniy) texnologiyani takomillashtirish hisobiga yosh sportchilarni tanlab olish va alohida turlarga maqsadli tayyorlash imkoniyati kengaytirilgan;
10-12 yoshli shug‘ullanuvchilarni boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichiga saralash uchun rivojlantiruvchi mikrotsiklda mashqlarni (nazorat mashqlarini rivojlantiruvchi elementlar asosida) engil atletika yo‘nalishlariga ixtisoslashtirish va yaqinlashtiruvchi mikrotsiklda tiklovchi hamda ayrim maxsus sifatlarni barqarorligini oshirishga qaratilgan yondoshtiruvchi mashqlarni engil atletika mahg‘ulotlariga kiritish hisobiga sportchilarni tayyorlash uslubiyati takomillashtirilgan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi yosh sportchilarning texnik elementlarini rivojlantirish uchun kuch va tezkor-kuch sifatlarini “yugurish formulasi”, “slalomli mokisimon yugurish” va “cheklangan joyda hatlab sakrash” maxsus harakatli o‘yinlar majmuasini mashg‘ulotning asosiy qismiga kiritish hisobiga engil atletikachilarning o‘zgaruvchan harakatlarga moslashish imkoniyati oshirilgan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi 10-12 yoshli sportchilarning jismoniy va funksional tayyorgarlik ko‘rsatgichlarini yaxshi, o‘rta va past darajalariga qarab bashorat qilish kompyuter dasturi mexanizmlarini (saralashda jismoniy va funksional tayyorgarlik ko‘rsatgichlarini aniqlash uchun maxsus baholash shkalasi) ishlab chiqish hisobiga engil atletikaning yugurish, sakrash va uloqtirish turlariga saralash imkoniyatlari oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Engil atletika sport turlariga  saralash tizimi bo‘yicha takomillashtirish uslubiyatini ishlab chiqish yuzasidan o‘tkazilgan tajribalar asosida:
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi 10-12 yoshli shug‘ullanuvchilarning  kelajakdagi natijalarga erishishda iqtidorlilarni (funksional, jismoniy va maxsus jismoniy tayyotgarligi bo‘yicha) aniqlash va qaror  qabul qilish uchun engil atletika sport turlariga saralashning asosiy talablari bo‘yicha har bir bosqichning vazifalari asosida to‘rt bosqichli (dastlabki, oraliq, asosiy va yakuniy) texnologiyani mashg‘ulotlarda qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Farg‘ona shahar, Dang‘ara tumani sport maktabi engil atletka bo‘limi o‘quv-mashg‘ulotlariga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va Sport vazirligining 2023-yil 31-oktyabr 03-01/04/20/11517-son ma’lumotnomasi). Natijada, 10-12 yoshli sport maktabi o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligi 22 % ga yaxshilangan;
10-12 yoshli shug‘ullanuvchilarni boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichiga saralash uchun rivojlantiruvchi mikrotsiklda mashqlarni (nazorat mashqlarini rivojlantiruvchi elementlar asosida) engil atletika yo‘nalishlariga ixtisoslashtirish va yaqinlashtiruvchi mikrotsiklda tiklovchi hamda ayrim maxsus sifatlarni barqarorligini oshirishga qaratilgan yondoshtiruvchi mashqlarni orqali sportchilarni tayyorlash uslubiyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Engil atletika va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi № 391-sonli buyrug‘iga asosan № 391166-raqamli guvohnoma). Natijada, 10-12 yoshli sport maktab o‘quvchilarning engil atletika sport turlarining texnik elementlari 18,2 % ga oshgan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi yosh sportchilarning texnik elementlarini rivojlantirish uchun kuch va tezkor-kuch sifatlarini maxsus harakatli o‘yinlar majmuasini mashg‘ulotning asosiy qismiga kiritish hisobiga engil atletikachilarning o‘zgaruvchan harakatlarga moslashish imkoniyati bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Engil atletika va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi № 391-sonli buyrug‘iga asosan № 391166-raqamli guvohnoma). Natijada 10-12 yoshli sport maktablarida boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichiga saralash samaradorligi 12,5%ga yaxshilangan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi 10-12 yoshli sportchilarning jismoniy va funksional tayyorgarlik ko‘rsatgichlarini yaxshi, o‘rta va past darajalariga qarab bashorat qilish kompyuter dasturi yordamida engil atletikaning yugurish, sakrash va uloqtirish turlariga saralash mexanizmi bo‘yicha taklif va tavsiyalar Farg‘ona shahar, Oltiariq tumani sport maktablarining engil atletka bo‘limi o‘quv-mashg‘ulotlariga joriy qilingan hamda “Engil atletika va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va Sport vazirligining 2023-yil 31-oktyabr 03-01/04/20/11517-son ma’lumotnomasi), Natijada 10-12 yoshli sport maktab o‘quvchilarning funksional tayyorgarliligi 18% ga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish