Annaeva Nazokat Rajapbaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Gender identifikatsiya vositasida talabalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash metodikasini takomillashtirish (falsafa fani misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (falsafa) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Ped267.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Xajieva Maksuda Sultanovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmonova Muqaddas Qahramonovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Xamraev Alijon Ruzikulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Qodirov Quvondiq Aytbaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi gender identifikatsiya vositasida talabalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik va falsafiy mexanizmlarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gender identifikatsiyasida ma’naviy-axloqiy, siyosiy, huquqiy va diniy tushunchalarning pedagogik imkoniyatlari mantiqiy umumlashtiruvchi induktiv bilish usullarini aniqlashtirish hamda standart va nostandart vaziyatlarda pedagogik muammolarning ratsional echimini topishga ustuvorlik berishning amaliy mexanizmlarini metodik va didaktik jihatdan takomillashtirish asosida aniqlashtirilgan;
Sharq va G‘arb ta’lim tizimidagi gender identifikatsiyasi to‘g‘risidagi qarashlarning qiyosiy tahlili shaxsning ma’naviy-ruhiy tarbiyasida milliy identifikatsiyaning o‘rnini aniqlshtirish va ijtimoiy vaziyatlarni boshqarish, o‘z-o‘zini anglash, empatiya hamda mantiqiy xulosalar chiqarishning gender munosabatlarda faollik ko‘rsatishga ta’sirini konstruktiv asosda takomillshtirish asosida ochib berilgan;
gender identifikatsiyani ma’naviy-axloqiy takomillashtirishning didaktik ta’minoti turli jins vakillarining ijtimoiy faolligini oshirishning kumulyativ, aksiologik, akmeologik, sotsiokreativ qonuniyatlarini etnomadaniy, intellektual tashabbus omillari va gender identifikatsiyani ma’naviy-axloqiy rivojlantirishning didaktik vositalariga gorizontal va vertical integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
gender identifikatsiyasining yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasining yuksalishida tutgan o‘rni talabalarning intellektual salohiyatini axloqiy bilim, shaxsiy-tajriba, mustaqil faoliyat, tashabbuskorlik mezonlariga muvofiq oshirish hamda an’anaviylik va zamonaviylik mezonlarini gender xususiyatlariga muvofiq ta’lim amaliyotiga tatbiq etish texnologiyasini kasbiy kompetentlik nuqtai nazaridan takomillashtirish asosida aniqlshtirilgan;
oliy ta’limda ma’naviy-axloqiy tarbiyaga yo‘naltirilgan jarayonning samaradorligi gender identifikatsiyasining ma’naviy-axloqiy, falsafiy-mantiqiy paradigmalarini ta’lim va tarbiya uyg‘unligini ta’minlashga qaratilgan tizimga tatbiq etishning amaliy va texnologik mexanizmlariga uzviylik va izchillik tamoyillariga muvofiq tatbiq etish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gender identifikatsiya vositasida talabalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik mexanizmini takomillashtirishni ilmiy-amaliy jihatdan o‘rganish asosida:
mantiqiy umumlashtiruvchi induktiv bilish usullarini aniqlashtirish hamda standart va nostandart vaziyatlarda pedagogik muammolarning ratsional echimini topishga ustuvorlik berishning amaliy mexanizmlarini metodik va didaktik jihatdan takomillashtirish asosida aniqlashtirilgan gender identifikatsiyasida ma’naviy-axloqiy, siyosiy, huquqiy va diniy tushunchalarning pedagogik imkoniyatlariga oid takliflar “Jamiyat va inson falsafasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 29-sentyabrdagi 438-son buyrug‘i). Natijada, gender identifikatsiyasining pedagogik mazmun-mohiyatini belgilovchi ma’naviy-axloqiy, siyosiy, huquqiy va diniy tushunchalarning mantiqiy umumlashtiruvchi bilish usullari aniqlashtirish imkonini bergan;
shaxsning ma’naviy-ruhiy tarbiyasida milliy identifikatsiyaning o‘rnini aniqlshtirish va ijtimoiy vaziyatlarni boshqarish, o‘z-o‘zini anglash, empatiya hamda mantiqiy xulosalar chiqarishning gender munosabatlarda faollik ko‘rsatishga ta’sirini konstruktiv asosda takomillshtirish asosida ochib berilgan Sharq va G‘arb ta’lim tizimidagi gender identifikatsiyasi to‘g‘risidagi qarashlarning qiyosiy tahlili bo‘yicha ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170913120 sonli “Oliy ta’limda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2024 yil 22-iyundagi 04/11-5200-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimiz ijtimoiy turmush tarzidan kelib chiqqan holda gender munosabatlarining normal holati, uning asosiy ko‘rinishlari va omillarini, inson xulq-atvoriga ta’sirini, milliy ta’lim tizimida gender qonuniyatlarini kuchayishini o‘rganishga doir targ‘ibot ishlari samaradorligini amalga oshirishga xizmat qilgan;
turli jins vakillarining ijtimoiy faolligini oshirishning kumulyativ, aksiologik, akmeologik, sotsiokreativ qonuniyatlarini etnomadaniy, intellektual tashabbus omillari va gender identifikatsiyani ma’naviy-axloqiy rivojlantirishning didaktik vositalariga gorizontal va vertical integratsiyalsh asosida takomillashtirilgan gender identifikatsiyani ma’naviy-axloqiy takomillashtirishning didaktik ta’minoti bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170913120-son “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2024 yil 22-iyundagi 04/11-5200 son ma’lumotnomasi). Natijada, gender identifikatsiyasining ijtimoiy-falsafiy, sotsiologik, ijtimoiy-psixologik, iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy muammolarini o‘rganish bo‘yicha markazdagi o‘quv-uslubiy adabiyotlar mazmun-mohiyati yanada boyitilgan;
talabalarning intellektual salohiyatini axloqiy bilim, shaxsiy-tajriba, mustaqil faoliyat, tashabbuskorlik mezonlariga muvofiq oshirish hamda an’anaviylik va zamonaviylik mezonlarini gender xususiyatlariga muvofiq ta’lim amaliyotiga tatbiq etish texnologiyasini kasbiy kompetentlik nuqtai nazaridan takomillashtirish asosida aniqlshtirilgan gender identifikatsiyasining yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasining yuksalishida tutgan o‘rni, gender identifikatsiyasining ma’naviy-axloqiy, falsafiy-mantiqiy paradigmalarini ta’lim va tarbiya uyg‘unligini ta’minlashga qaratilgan tizimga tatbiq etishning amaliy va texnologik mexanizmlariga uzviylik va izchillik tamoyillariga muvofiq tatbiq etish orqali takomillashtirilgan oliy ta’limda ma’naviy-axloqiy tarbiyaga yo‘naltirilgan jarayonning samaradorligiga oid takliflar “Jamiyat va inson falsafasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 29-sentyabrdagi 438-son buyrug‘i). Natijada, gender munosabatlarga yo‘naltirilgan an’anaviylik va zamonaviylik, axloqiy bilim, shaxsiy-tajriba, mustaqil faoliyat, tashabbuskorlik mezonlari ochib berilgan.