Toxirova Sarvinoz Xusenovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Sadriddin Ayniy asarlarining Evropa adabiyotiga ta’siri va tarjimasi», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro'yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Fil3194.
Ilmiy rahbar: Hamroev Jumaqul, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko'rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Mo‘minov Fayzullo Abdullaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Cho‘ponov Otanazar Otojonovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sadriddin Ayniy asarlarining Evropa adabiyotiga ta’siri va tarjimalarida ijodiylik belgilarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fors-tojik adabiyotining Rudakiy, Firdavsiy, Xayyom, Sa’diy, Hofiz kabi atoqli namoyandalari asarlarining Evropa tillariga tarjima qilinishi natijasida G‘arb adabiyotida sharqona obrazlar, motivlar, syujetlar yaratilganligi, g‘arbu sharq adabiy-madaniy sintezi yuzaga kelganligi, turli madaniyatlarning biri-biriga ta’siri va yaqinlashuvi uchun xizmat qilganligi asoslangan;
Sadriddin Ayniy asarlaridagi bayon soddaligi, fikr aniqligi va obrazlarga boyligi, ijod betakrorligi, adib asarlarida ifoda etilgan fikr-g‘oyalarni chuqur anglagan holda tarjimada berish va xorijlik kitobxonga etkazishda asarning ta’sirchanlik kuchi, badiiy quvvati, tarjimonning mahorati, dunyoqarashi va psixologiyasi orqali ifodalanishi dalillangan;
adibning “Esdaliklar” asaridagi realiyalarning inglizcha tarjimasida kalka usulidan foydalanish afzalliklari, universaliyalarni o‘girishdagi yangi kompozision shakllar va g‘oyalar, tematik va janrning boyitilishi, tarjimaning madaniyatlararo kommunikativ almashinuv vositasi ekanligi, muallif va mutarjim ovozining yaxlitligi, umuminsoniy jihatlarning ustuvorligi kabi tamoyillar asosida kechishi aniqlangan;
yozuvchi asarlarida antroponimlar, zoonimlar, ideonimlar (biblionimlar, gemeronimlar, geortonimlar, xrononimlar) mifonimlar, toponimlar (drimonimlar, gidronimlar, astionim, katoykonimlar, ekklezionimlar, oronimlar, urbanonimlar kabi onomastik birliklar milliy hayot manzaralarini, tarixiy-maishiy turmush, milliy koloritni tasvirlashga xizmat qilganligi va ular tarjimasida kalka, kompensatsiya, eksplikatsiya, generalizatsiya usullarining funksional samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sadriddin Ayniy asarlarining Evropa adabiyotiga ta’siri va tarjimasi muammolarini tadqiq qilish jarayonida ishlab chiqilgan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
fors-tojik adabiyotining Rudakiy, Firdavsiy, Xayyom, Sa’diy, Hofiz kabi atoqli namoyandalari asarlarining Evropa tillariga tarjima qilinishi natijasida g‘arb adabiyotida sharqona obrazlar, motivlar, syujetlar yaratilganligi, g‘arbu sharq adabiy-madaniy sintezi yuzaga kelganligi, turli madaniyatlarning biri-biriga ta’siri va yaqinlashuvi uchun xizmat qilganligiga oid nazariy xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan FA-F1-GOO2 “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 15-oktyabrdagi 17.01/217-son ma’lumotnomasi). Natijada Sadriddin Ayniy asarlarining inglizcha tarjimasiga xos lingvistik xususiyatlarni qiyosiy aspektda tekshirish natijasida tarjima nazariyasi haqidagi olib borilgan tadqiqotlar ilmiy saviyasini oshirishga erishilgan;
Sadriddin Ayniy asarlaridagi bayon soddaligi, fikr aniqligi va obrazlarga boyligi, ijod betakrorligi, adib asarlarida ifoda etilgan fikr-g‘oyalarni chuqur anglagan holda tarjimada berish va xorijlik kitobxonga etkazishda asarning ta’sirchanlik kuchi, badiiy quvvatini belgilashi, tarjimonning mahorati, dunyoqarashi va psixologiyasi orqali ifodalanishiga oid nazariy xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F1-GOO5 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 29-oktyabrdagi 17.01/218-son ma’lumotnomasi). Natijada tojik adabiyoti nasriy asarlari, ayniqsa, Sadriddin Ayniy asarlarining inglizcha tarjimasiga badiiy til xususiyatlarini aniqlashga erishilgan;
adibning “Esdaliklar” asaridagi realiyalar inglizcha tarjimasida kalka usulidan foydalanish afzalliklari, universaliyalarni o‘girishdagi o‘ziga xosliklar, yangi kompozision shakllar va g‘oyalar, tematik va janrning boyitilishi, tarjimaning madaniyatlararo kommunikativ almashinuv vositasi ekanligi, muallif va mutarjim ovozining yaxlitligi, umuminsoniy jihatlarning ustuvorligi kabi tamoyillar asosida kechishiga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2016-2018 yillarda amalga oshirilgan Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+ CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy talim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli xorijiy loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 29-martdagi 817/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim tizimi jarayonini mustahkamlash maqsadida tayyorlangan ilmiy maqolalar, o‘quv qo‘llanmalar, monografiyalar hamda tarjima nazariyasi haqidagi olib borilgan tadqiqotlarni boyitishga xizmat qilgan;
yozuvchi asarlarida antroponimlar, zoonimlar, ideonimlar (biblionimlar, gemeronimlar, geortonimlar, xrononimlar) mifonimlar, toponimlar (drimonimlar, gidronimlar, astionim, katoykonimlar, ekklezionimlar, oronimlar, urbanonimlar kabi onomastik birliklar milliy hayot manzaralari, tarixiy-maishiy turmush, milliy koloritni tasvirlashga xizmat qilganligi va ular tarjimasida kalka, kompensatsiya, eksplikatsiya, generalizatsiya usullarining funksional samaradorligi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta'lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston Teleradiokanali”ning 2023-yil 26-yanvardagi 04-36-128-son ma’lumotnomasi). Natijada radiodasturlarda berilgan mazkur eshittirishlar o‘zbek tilidagi gazeta, jurnal, axborotnoma va boshqa davriy materiallarni boyitishga hamda ularning nomlanish xususiyatlarini o‘rganishga xizmat qilgan.