Teshaboev Oybek Abdumannob o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Momiqni tashuvchi va tozalovchi, tebranuvchi to‘rli yuzali vintli konveer konstruksiyasini takomillashtirish va parametrlarini asoslash” 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T3312
Ilmiy rahbar Djuraev Anvar Djuraevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Safarov Nazirjon Muhammadjonovich, texnika fanlari doktori, professor, Xudoyqulov Shavkatbek Soyibjanovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zRFA M.T.O‘rozboev nomidagi Mehanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Momiqni tashuvchi va tozalovchi teshiklari egri, og‘ma bo‘lgan tebranuvchi to‘rli yuzali vintli konveerning samarali konstruksiyasini ishlab chiqish, kompleks nazariy va tajribaviy tadqiqotlar natijasida parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
momiqni tashuvchi va tozalovchi vintli konveer konstruksiyasi to‘rli yuzalari zonalar bo‘yicha korpusga rezinali amortizatorlar orqali biriktirilib tebranma harakat qilishini, chiqindilarni samarali ajratishni ta’minlaydigon og‘ma egri teshiklar bilan jixozlangan, vint sirti to‘lqinsimon qilib takomillashtirilgan;
momiqni tashuvchi va tozalovchi vintli konveer to‘rt massali mashina agregati dinamik va matematik modellarini echish asosida reduktori chiqish validagi, mufta va vint vallaridagi burchak tezliklar va burovchi momentlarni ish unumiga bog‘liq ravishda o‘zgarish qonuniyatlari aniqlangan;
tashilayotgan va tozalanayotgan momiqdan kelayotgan texnologik qarshilik kuchlari ta’sirida rezinali amortizator bikrlik-dissipatsiya xarakteristikalarini inobatga oluvchi to‘rli yuzani zonalar bo‘yicha vertikal va og‘ma tebranishlari xarakat qonunlarini ifodalovchi motematik model ishlab chiqilgan;
momiqni to‘lqinsimon sirtli vint hamda tebranuvchi to‘rli yuzadan o‘tib turli xil iflosliklardan tozalanishi asosida vint vali aylanish tezligi, to‘rli yuza teshiklari og‘maligi hamda to‘rli yuza tayanchlarining rezinali amortizatori bikrlik koeffisientlarini maqbul qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Momiqni tashuvchi va tozalovchi, tebranuvchi to‘rli yuzali vintli konveer konstruksiyasini takomillashtirish va parametrlarini asoslashga doir olingan ilmiy natijalar asosida:
momiqni tashuvchi va tozalovchi, tebranuvchi to‘rli yuzali vintli konveer konstruksiyasi “Art Soft Cluster Holding” MChJga qarashli Pop paxta tozalash zavodiga joriy etilgan (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2023-yil 20-sentyabrdagi №03/22-629-son ma’lumotnomasi). Natijada momiqlar orasidagi turli kuch bilan ilashgan chiqindilar samarali ajralib, teshiklari ovalsimon shaklda 50x6, 45x4.5, 40x4 mm o‘lchamda tayyorlangan qayishqoq elementli tayanchlarga o‘rnatilgan to‘rli yuzalar orqali pastga tushirilgan. Natijada tavsiya qilingan yangi konstruksiyali vintli konveerni qo‘llash asosida, tashilayotgan momiqni tozalash samaradorligi 6,94% dan 11,48% gacha oshirilishiga erishilgan.