Magdiev Xasan Nigmatjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston er usti suv resurslari monitoringida GAT texnologiyalarini qo‘llash», 11.00.03-Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Gr119.
Ilmiy rahbar: Hikmatov Fazliddin Hikmatovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27/30.12.2019.Gr.47.01.
Rasmiy opponentlar: Chembarisov El`mir Ismailovich, geografiya fanlari doktori, professor; Dergacheva Irina Viktorovna, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston er usti suvlari - daryolari, ko‘llari, suv omborlarining gidrologik rejimi va suv resurslari monitoringi usullarini zamonaviy GAT texnologiyalarini qo‘llash asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
er usti suv ob’ektlari rejimi elementlarini kuzatish ma’lumotlarini birlamchi qayta ishlash, umumlashtirish va tizimlashtirish usullari GAT texnologiyalarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
O‘zbekiston va unga tutash hududlardagi daryolar (Q, m3/s; M, l/s·km2; U, mm), ko‘llar va suv omborlari (h, m; F, km2; W, km3) suv resurslarining asosiy miqdoriy gidrologik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
suv ob’ektlari va resurslarining GAT gidrologik ma’lumotlar bazasi ularning gidrografik, morfometrik, suv oqimi, gidrokimyoviy va boshqa ko‘rsatkichlarini xaritalashtirishda foydalanish maqsadida yaratilgan;
daryolar, ko‘llar, suv omborlari va havfli gidrologik hodisalar monitoringi xaritalarini MapInfoPro, ArcGISPro kabi standart kompter dasturlarida yaratish texnologiyasi takomillashtirilgan;
O‘zbekiston va unga tutash hududlardagi er usti suv ob’ektlari rejimi va resurslari monitoringining raqamli gidrologik xaritalari GAT texnologiyalarini qo‘llash asosida yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
GAT texnologiyalaridan foydalangan holda, O‘zbekiston er usti suv resurslari monitoringi usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
daryolarning gidrologik rejimi elementlari haqidagi ma’lumotlar bazasidan, xususan, daryolarning oqim moduli, ularning balandlik zonalari bo‘yicha taqsimlanishi ko‘rsatkichlaridan Kadastr agentligining “Kartografiya” Davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasi (DIICh)da O‘zbekiston Milliy atlasining “Daryolarning to‘yinish manbalari. M: 1:3500000” kartasini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2023 yil 25 apreldagi 08-02914-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston va unga tutash hududlardagi to‘yinishiga ko‘ra turli tipga mansub bo‘lgan daryolar suv resurslari monitoringi sifatini yaxshilashning qo‘shimcha imkoniyatlari yaratilgan;
ko‘llarning oxirgi o‘n yilliklardagi gidrologik ma’lumotlarini hisobga olgan holda aniqlangan asosiy miqdoriy va sifatiy gidrologik ko‘rsatkichlari, xususan, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimiga oid materiallardan Kadastr agentligining “Kartografiya” DIICh korxonasida O‘zbekiston Milliy atlasining “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi. M: 1:8500000” kartasini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2023 yil 25 apreldagi 08-02914-son ma’lumotnomasi). Natijada, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi suv rejimi va suv balansi elementlari monitoringini tezkor tashkil etish imkonini bergan;
O‘zbekistondagi yirik suv omborlarining asosiy gidrologik ko‘rsatkichlari (umumiy hajmi, me’yoriy suv sathidagi maydoni va boshqa) ma’lumotlaridan Kadastr agentligining “Kartografiya” DIICh korxonasida O‘zbekiston Milliy atlasining “Suv omborlari. M: 1:3500000” kartasini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2023 yil 25 apreldagi 08-02914-son ma’lumotnomasi). Natijada suv omborlarining suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishning qo‘shimcha imkoniyatlari yaratilgan;
respublikamizning Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlaridagi suv omborlarining morfometrik, gidrografik, gidrologik va boshqa ko‘rsatkichlari haqidagi  ma’lumotlar bazasidan Kadastr agentligining “Kartografiya” DIICh korxonasida O‘zbekiston Milliy atlasining “Suv omborlari: Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlari. M: 1:1600000” kartasini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2023 yil 25 apreldagi 08-02914-son ma’lumotnomasi). Natijada, Farg‘ona vodiysidagi suv omborlaridan kompleks foydalanish samaradorligini oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilgan;
daryolar, ko‘llar, suv omborlari, qor ko‘chkilari va sel oqimlarining raqamli mavzuli xaritalaridan Gidrometeorologiya xizmati agentligida gidrometeorologiya tarmog‘i ishini tashkil etish va rivojlantirishning istiqbol rejalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligining 2024 yil 02 fevraldagi 04/11-941-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zgidrometning daryolar, ko‘llar, suv omborlari va boshqa suv ob’ektlaridagi gidrometeologiya tarmog‘ini modernizatsiya qilishning istiqbol rejalariga aniqlik kiritishning qo‘shimcha imkoniyatlari yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish