Muxtorov Sohibjon Abdufatto o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Metallopolimerlar asosida antifriksion o‘zini-o‘zi moylaydigan kompozision sirpanish podshipniklarini olish texnologiyasini ishlab chiqish», 05.02.01 - Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4200.
Ilmiy rahbar: Qarshiev Mamarayim, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: O‘lmasov To‘lqin Usmanovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Shernaev Anvar Normatovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: metallopolimerlar asosida antifriksion o‘zini-o‘zi moylaydigan kompozision sirpanish podshipniklarini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
vakuum sharoitida past bosimlarda shimdirish yo‘li bilan antifriksion-eyilishbardoshli metallopolimer materialni olinishi asoslangan;
BrOF-10-1 markali metall bronza kukunidan shimdirish uchun karkaz olishni texnologik jarayonining optimal parametrlari: karkaz zarrachalarining optimal o‘lchami (+800-1000) mkm, vodorod muhitida 1 soat davomida kuydirib pishirish harorati 810°C aniqlangan;
qishloq xo‘jaligi sanoatining mashina va mexanizmlarining ishqalanish agregatlarida ishlatiladigan antifriksion-eyilishbardoshli metallopolimer materiallarining optimal tarkibi aniqlangan;
kompozisiyani ishlov beriladigan karkazning g‘ovak kanallariga shimdirish usuli orqali ishqalanish agregatlarida foydalanish uchun antifriksion-eyilishbardoshli metallopolimer materiallarini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan va jarayonning optimal parametrlari: T=30-400S haroratda polimerni, plastifikatorni, erituvchi va to‘ldiruvchini aralashtirish harorati, aralashtirish vaqti 10-15 daqiqa, vakuum bosimi 13,3 Pa va shimdirish vaqti 5-7 daqiqaga tengligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Metallopolimerlar asosida antifriksion o‘zini-o‘zi moylaydigan kompozision sirpanish podshipniklarini olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan metallopolimerlar asosidagi antifriksion kompozision o‘z-o‘zini moylaydigan sirpanish podshipniklari Farg‘ona viloyati «Kuvamashservis» MTP MChJ qoshidagi SChX-4B markali paxta ekish seyalkalari ishchi organlarining ishqalanish agregatlarida joriy qilingan («O‘zagroservis» AJning 09-02/102-1241 2023 yil 19 dekabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, sirpanish podshipniklarining chidamliligini 1,3 baravar oshirish imkonini bergan;
metallopolimerlar asosidagi antifriksion o‘z-o‘zini moylaydigan sirpanish podshipniklari Farg‘ona viloyati «Kuvamashservis» MTP MChJda amaliyotga joriy etilgan («Uzagroservis» AJning 09-02/102-1241 2023 yil 19 dekabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, ishqalanish koeffisienti va edirilish intensivligini 2 baravar kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish