Djonibekova Nafosat Ergash qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Uzum navlarini genetik kolleksiyasini in vitro usulida ko‘paytirish”, 06.01.05 – Seleksiya va urug‘chilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Qx898
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Sirojiddin Turdiqulovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: M.Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti, Samarqand ilmiy tajriba stansiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/30.09.2022.Qx.152.01.
Rasmiy opponentlar: Sanaev Sobir Toyirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Rajametov Sherzod Nigmatullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resuslari ilmiy tadqiqot insituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi uzum navlari kolleksiyasini morfo-biologik xususiyatlari, qimmatli xo‘jalik belgilarining yuqori darajadagi ijobiy majmuasiga ega bo‘lgan navlari va duragay shakllarini ajratish hamda in vitro usulida ko‘paytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba uzumning mahalliy va xorij seleksiyasiga mansub navlarni, o‘zaro chatishrishtirilgan duragay shakllarni biologik va xo‘jalik xususiyatlari bo‘yicha baholangan;
yuqori sifatli mahsulot beradigan istiqbolli uzumning 4-27-11 (Kitob surxaki × Kishmish chorniy) va 4-29-8 (Pobeda × Shakarak) duragay shakllari aniqlangan;
uzumning texnik navlarida keng tarqalgan oidium, antraknoz, dog‘li nekroz kasalliklarga bardoshliligi baholangan;
istiqbolli uzum duragay shakllari uzumboshi va g‘ujumining mexanik tarkibi, g‘ujum sharbatining kimyoviy tarkibi va texnologik xususiyatlarini baholash asosida sharobchilik hom-ashyo bazasini boyitish imkonini beruvchi istiqbolli 4-36-35 (Muskat Uzbekistanskiy × Kishmish Zarafshan), Andijanskiy chorniy, Djanjal kara, Kattaqo‘rg‘on, Parkent, Pobeda (Mers) nav namunalari ajratilgan;
uzum navlarini in vitro sharoitida yuza sterillashda maqbul preparat, natriy gipoxloridning (NaOCl) 1 % li eritmasi aniqlangan;
uzum navlarini in vitro sharoiti regeneratsiyasida, eksplantlarning shoxlanish soni yuqori bo‘lgan maqbul ozuqa muhiti MS 4,4mg/l + NAA (0,01 va 0,5 mg/l) + BAP 0,5; 1,0 mg/l; DKW 5,3mg/l + NAA (0,01 va 0,5 mg/l) + BAP 0,1; 0,5; 1,0 mg/l konsentratsiya miqdori maqbul deb topilgan va eksplantlarning regeneratsiyasi 90 % ga yuqori bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uzumning mahalliy va xorij seleksiyasiga mansub navlarni hamda o‘zaro chatishtirilgan duragay shakllarni biologik va xo‘jalik xususiyatlarni o‘rganish, yuqori sifatli mahsulot beradigan istiqbolli navlarini, duragay shakllarini tanlash va in vitro usulida ko‘paytirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
Toshkent viloyati Qibray tumani “De Nova Agro” MChJ in vitro laboratoriyasida uzumning Tayfi rozoviy, Rizamat, Pobeda (Mers), Xusayne beliy navlari uchun maqbul yuza sterillash vositasi hamda maqbul konsentratsiyasi aniqlanib amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 14-fevraldagi №06/22-05/898-son maʼlumotnomasi). Natijada, tanlangan uzum obektlarini yuza sterillashda maqbul steril vosita sifatida natriy gipoxlorid (NaOCl) bo‘lib, sterillash vaqti 10 daqiqa deb belgilangan, qo‘llash uchun 1 % konsentratsiya miqdorida yuqori samaradorlikka erishilgan;
O‘zbekistonning mahalliy uzum navlarini in vitro sharoitda regeneratsiyasi uchun ozuqa muhitining auksin va sitokinin birikmalarining yangi konsentratsiyasi ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 14-fevraldagi №06/22-05/898-son maʼlumotnomasi). Natijada, uzum navlarini in vitro sharoiti regeneratsiyasida, eksplantlarning shoxlanish soni yuqori bo‘lgan maqbul ozuqa muhiti deb MS 4,4mg/l + NAA (0,01 va 0,5 mg/l) + BAP 0,5; 1,0 mg/l miqdordagi konsentatsiyasi belgilangan. Eksplantning bo‘yiga o‘sishi va ildiz otish ko‘rsatkichlari bo‘yicha DKW 5,3mg/l + NAA (0,01 va 0,5 mg/l) + BAP 0,1; 0,5; 1,0 mg/l konsentratsiya miqdori maqbul deb topilgan va eksplantlarning regeneratsiyasi 90 % ga yuqori bo‘lgan; uzumning Tayfi oq navining regeneratsiyasi uchun ozuqa muhiti, turli konsentratsiyali o‘stiruvchi moddalar aniqlangan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 14-fevraldagi №06/22-05/898-son maʼlumotnomasi). Natijada, nazorat variantga nisbatan, 9-variantdagi MS (4,4 mg/l), saxaroza (30 gr), BAP (2,0 mg/l), IBA (0,1mg/l), antibiotik (500 mg/l), fitogel (3 gr) ozuqa muhitidagi ko‘rsatkichlar, kallus hosil qilishi 10 % ga, shoxlanishi 14 % ga, ildiz otishi 1 barobarga yuqori bo‘lgan.
Toshkent viloyati Parkent tumani “Changi Agroservis” fermer xo‘jaligida in vitro usulida tayyorlangan, uzumning mahalliy Tayfi rozoviy, Rizamat, Pobeda (Mers), Xusayne beliy nav ko‘chatlaridan 10 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 14-fevraldagi №06/22-05/898-son maʼlumotnomasi). Natijada, anʼanaviy usulda tayyorlangan uzum ko‘chatlariga nisbatan, in vitro usulida tayyorlangan uzum ko‘chatlari tutib ketishi, kasalliklarga chidamliligi va hosildorligi bo‘yicha 90 % yuqori bo‘lgan.