Tursunova Ozoda Abdullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ichki ishlar organlari xodimlari orasida suisidal xulq-atvor prevensiyasi (IIOda xavf guruhiga kiradigan xodimlar prevensiyasi)”, 19.00.03 – Inson kasbiy faoliyati psixologiyasi (kasb psixologiyasi) (psixologiya fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/R153.
Ilmiy rahbar: Sirliyev Baxtiyor Nazarovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Arzikulov Dilshod Ne’matovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Maxmudov A’zam Muxtorovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ichki ishlar organlari xodimlarining suisid sodir qilishga moyil xavf guruhining psixologik xususiyatlarini aniqlash va suisidal xulq-atvor prevensiyasi chora-tadbirlarini takomillashtirish bo‘yicha model ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy faoliyat va kundalik turmushda asab-psixik tizimidagi beqarorlik, stressli vaziyatlarda tavakkalchilik qila olmasligi sababli emotsional, irodaviy, intellektual regulyasiyalarning tarkib topmaganligi, shaxslararo munosabat funksiyalaridan adekvat va optimal foydalana olmaslik kabi disfunksional buzilishlar suisid xavfi yuqori xulq-atvori xos ekanligi aniqlangan;
xodimlarda suisidal xulq-atvorning kuchayib borishi fonida vaziyatni baholashda his-tuyg‘ularning aqliy nazoratdan ustuvorlik qilishi, suisidni bartaraf etishda o‘zining va boshqalarning hayotiy tajribasidan foydalanish malakasining etarli emasligi sababli o‘z joniga qasd qilish xohishi emotsional rigidlik bilan birgalikda kechishi dalillangan;
shaxsning psixologik profili shakllantirilganda quyi stenlarini ustuvorligi sababli muloqotga (sirlilik, tanqidiy, kamgap, shubhalanuvchan), emotsional barqarorlikka (zaiflik, hissiy beqarorlik, hissiyotlarning ta’siri ostida bo‘lish), jasurlik (jur’atsizlik), quvvatsizlik-keskinlikka (tortinchoq, qat’iyatsiz), xavotirlanishga (xavfli vaziyatlardan tez ta’sirlanuvchan), mustaqillik (agressivlik, yomon moslashuvchanlik, erishilgan narsadan norozilik)ka xos xususiyatlar suisid xavfi yuqori ichki ishlar organlari xodimlarining qiyofasini tavsiflashi aniqlangan;
psixokorreksiya muhitida shaxsning faoliyatida sub’ektiv nazoratni o‘zlashtirishga, maqsad qo‘yishga, muvaffaqiyatga erishishdagi o‘z rolini anglashga o‘rgatish orqali umumiy ichki internallikni o‘zini o‘zi qadrlashning muhim komponenti sifatida kuchaytirishi hisobiga etuklik yoshdagi xodimlarda ruhiy inqiroz va umidsizlikni bartaraf etishi suisid xavfini oldini olishning samarali usuli ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ichki ishlar organlari xodimlari orasida suisidal xulq-atvor prevensiyasi yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy faoliyat va kundalik turmushda asab-psixik tizimidagi beqarorlik, stressli vaziyatlarda tavakkalchilik qila olmasligi sababli emotsional, irodaviy, intellektual regulyasiyalarning tarkib topmaganligi, shaxslararo munosabat funksiyalaridan adekvat va optimal foydalana olmaslik kabi disfunksional buzilishlar suisid xavfi yuqori xulq-atvori xos ekanligi aniqlanga oid ilmiy natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 22 dekabrdagi PM-104-son buyrug‘i bilan “Kasbiy psixologiya” moduliga kiritilgan; 2023 yil 22 dekabrdagi PM-104-son buyrug‘i bilan “Shaxsning kasbiy faoliyatidagi ruhiy moslashuvchanligini ta’minlash va psixologik barqarorligini ta’minlashning metodik ta’minotini ishlab chiqish” vazifalarida o‘z aksini topgan hamda “Yuridik psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 2023 yil 28 dekabrdagi PM-104a-son ma’lumotnomasi). Natijada, psixologlarning shaxslarning kasbiy faoliyatidagi inqirozli holatlarda psixologik ko‘maklashish bilan bog‘liq kasbiy tayyorgarlik darajasini amaliy jihatdan oshirishga erishilgan;
xodimlarda suisidal xulq-atvorning kuchayib borishi fonida vaziyatni baholashda his-tuyg‘ularning aqliy nazoratdan ustunlik qilishi, suisidni bartaraf etishda o‘zining va boshqalarning hayotiy tajribasidan foydalanish malakasi etarli emasligi sababli o‘z joniga qasd qilish xohishi emotsional rigidlik bilan birgalikda kechishini dalillash bilan bog‘liq ilmiy yangiliklar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 22 dekabrdagi PM-104-son buyrug‘i bilan “Shaxsning ma’naviy va psixologik kamol topishining metodik ta’minotini ishlab chiqish” vazifalarida o‘z aksini topgan hamda “Umumiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 2023 yil 28 dekabrdagi PM-104a-son ma’lumotnomasi). Natijada, psixologlarning turli xil xodimlar bilan psixologik maslahatni tashkil etishga oid bilimlarini rivojlantirishga erishilgan;
shaxsning psixologik profili shakllantirilganda quyi stenlari ustuvorligi sababli muloqot (sirlilik, tanqidiy, kamgap, shubhalanuvchan), emotsional barqarorlik (zaiflik, hissiy beqarorlik, hissiyotlarning ta’siri ostida bo‘lish), jasurlik (jur’atsizlik), quvvatsizlik-keskinlik (tortinchoqlik, qat’iyatsizlik), xavotirlanish (xavfli vaziyatlardan tez ta’sirlanuvchanlik), mustaqillikka (tajovuzkorlik, yomon moslashuvchanlik, erishilgan narsadan norozilik) xos xususiyatlar suisid xavfi yuqori ichki ishlar organlari xodimlarining qiyofasini tavsiflashini aniqlashga doir ilmiy natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 22 dekabrdagi PM-104-son buyrug‘i bilan “Shaxsning ma’naviy va psixologik kamol topishining metodik ta’minotini ishlab chiqish” vazifalarida o‘z aksini topgan hamda “Kasbiy psixologiya” va “Umumiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 2023 yil 28 dekabrdagi PM-104a-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak psixolog mutaxassislarni tayyorlash, “Psixologik xizmat” o‘quv fani mavzular mazmuni takomillashtirilgan, fan dasturida psixologlarning prevensiyani tashkil etishga oid bilimlarining saviyasi oshirishiga xizmat qilgan;
psixokorreksiya muhitida shaxsning faoliyatida sub’ektiv nazoratni o‘zlashtirish, maqsad qo‘yish, muvaffaqiyatga erishishdagi o‘z rolini anglashga o‘rgatish orqali umumiy ichki internallikni o‘zini o‘zi qadrlashning muhim komponenti sifatida kuchaytirishi hisobiga etuk yoshdagi xodimlarda ruhiy inqiroz va umidsizlikni bartaraf etish suisid xavfining oldini olishning samarali usuli ekanini isbotlashga oid ilmiy materiallar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 22 dekabrdagi PM-104-son buyrug‘i bilan “Psixologik xizmat” vazifalarida o‘z aksini topgan hamda “Kasbiy psixologiya” va “Umumiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 28 dekabrdagi PM-104a-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliyotchi psixologlarning muammoli xodimlarning psixologik xizmat ko‘rsatishda psixoprofilaktik, psixologik maslahat berish ko‘nikmalari rivojlantirilishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish