Yuldashev Bekzod Baxramovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «G‘o‘zaga ishlov berish mashinalarida qo‘llash uchun polimer kompozisiyaning tarkibi va ular asosida rezervuarlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4360.
Ilmiy rahbar: Xalimjonov Toxir Salimovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Adilov Ravshan Irkinovich, texnika fanlari doktori, professor; Yulchieva Surayyo Baxramovna, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: g‘o‘zaga ishlov berish mashinalarida qo‘llash uchun polimer kompozisiyaning tarkibi va ular asosida rezervuarlar olish texnologiyasini ishlab chiqish chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
g‘o‘zani kimyoviy qayta ishlash uchun mashina rezervuarlarining optimal konstruksiyasi va ularni rotatsion qoliplash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
kompozision polimer materiallarining tarkibiga kiritilgan ingredientlarning tabiati, turi, tuzilishi, miqdori, yorug‘lik va termik stabilizatorlarning rotatsion qoliplash uchun o‘rtacha zichlikdagi polietilenning fizik-mexanik va ekspluatatsion xususiyatlariga ta’siri aniqlangan;
ishlab chiqilgan poliolefin kompozisiyalari asosida rezervuarlarni rotatsion qoliplash uchun polietilen asosidagi polimer kompozisiyasining tarkibi, tuzilishi va ekspluatatsion sharoitlarini va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda namunaviy qurilma ishlab chiqilgan;
rezervuarlarning konstruksion xususiyatlariga qarab rotatsion qolipga texnologik parametrlarning ta’siri aniqlangan;
o‘rtacha zichlikdagi polietilen asosidagi kompozision polimer materiallardan tayyorlangan rezervuarlarni rotatsion qoliplash texnologik jarayonining optimal harorat va tezlik parametrlari aniqlangan;
yuqori texnologik, fizik-mexanik va ekspluatatsion xususiyatlarga ega bo‘lgan rezervuarlarni rotatsion qoliplash uchun samarali kompozision polietilen materiallarining bir qator yangi tarkiblari va reseptlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
G‘o‘zaga ishlov berish mashinalarida qo‘llash uchun polimer kompozisiyaning tarkibi va ular asosida rezervuarlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
g‘o‘zani kimyoviy qayta ishlovchi mashina rezervuarlari uchun ishlab chiqilgan polimer kompozisiyalarining optimal tarkibi «Kuvamashtexservis» MTP MChJda amaliyotga joriy etilgan («O'ZAGROSERVIS» JOINT STOCK COMPANYning 2024 yil 26 martdagi 03-02/102-463-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘zani kimyoviy qayta ishlovchi kompozision polimer rezervuarlarning ob-havoga chidamliligi va agressiv hamda ishqoriy muhitga chidamliligini 1,5 barobar oshirish imkonini bergan;
kompozision materiallardan rezervuarlar ishlab chiqarishning takomillashgan texnologiyasi «Kuvamashtexservis» MTP MChJda amaliyotga joriy etilgan («O'ZAGROSERVIS» JOINT STOCK COMPANYning 2024 yil 26 martdagi 03-02/102-463-son ma’lumotnomasi). Natijada, rezervuarlarning umrboqiyligini 1,5 baravar oshirish imkonini bergan.