Raximov Sharifjon Esonalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mashinasozlik uchun fizik modifikatsiyalangan kompozision termoreaktiv polimer materiallarning tarkibi va ulardan qoplamalar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 05.02.01 - Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T3805.
Ilmiy rahbar: Negmatov Sayibjan Sadikovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Riskulov Alimjon Axmadjonovich, texnika fanlari doktori, professor; Eshkobilov Olim Xolikulovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mashinasozlik uchun fizik modifikatsiyalangan kompozision termoreaktiv polimer materiallarning tarkibi va ulardan qoplamalar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fizik modifikatsiyalangan kompozision termoreaktiv polimer materiallar va ular asosidagi qoplamalarning fizik-mexanik xususiyatlarini polimer va organomineral to‘ldiruvchilarning turi, miqdori, nisbati va elektromagnit ishlov berish rejimlarining ta’sirida o‘zgarishi aniqlangan;
termoreaktiv polimerlar va organomineral to‘ldiruvchilarning turi, miqdori va nisbati, elektromagnit ishlov berish rejimlari va texnologik parametrlarning kompozisiyaning antifriksion xususiyatlariga ta’sirini aniqlash orqali modifikatsiyalangan antifriksion kompozision epoksid termoreaktiv polimer materiallarining va ular asosidagi qoplamalarning samarali tarkiblari ishlab chiqilgan;
kompozision termoreaktiv polimer materiallar va ular asosidagi qoplamalarga 12-16∙104 A/m kuchlanishga ega bo‘lgan magnit maydoni bilan 1200 s vaqt davomida ta’sir etish natijasida substrat sirt yuzasining zarrachalarining faollashuvi, polimer makromolekulalarining orientatsiyalanishi va makromolekulalarning zichlashishi xisobiga qoplamaning mustaxkamligi magnit maydonida ishlov berilmaganiga nisbatan 1,3-1,7 marta ortishi asoslangan;
antifriksion kompozision epoksid termoreaktiv polimer materiallar asosidagi qoplamalarni fizik modifikatsiyalash natijasida ularning adgezion mustaxkamligi 2-4 marta, eyilishbardoshligi va atmosfera ta’siriga chidamligi 1,8-2,2 marta ortishi xisobiga mashina va mexanizmlarning umrboqiyligi 2-4 marta ortishi aniqlangan;
paxtani qayta ishlash mashinalari va mexanizmlarining ishchi organlarining ishqalanish agregatlarida foydalanish uchun organomineral to‘ldiruvchilar asosida elektromagnit ishlov berish orqali fizik modifikatsiyalangan kompozision termoreaktiv polimer materiallar va ular asosidagi qoplamalarni olishning samarali texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mashinasozlik uchun fizik modifikatsiyalangan kompozision termoreaktiv polimer epoksid materiallarining samarali tarkiblari va ular asosida qoplamalar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan fizik modifikatsiyalangan antifriksion kompozision polimer materiallar va ular asosidagi qoplamalar Piskent paxta tozalash zavodi mashina va mexanizmlarning ishchi organlarida amaliyotga joriy etilgan (“O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi paxtachilik kengashining ilmiy tadqiqot organi”ning 2024 yil 20 martdagi 02-11/122a - sonli ma’lumotnomasi). Natijada, modifikatsiyalangan kompozision termoreaktiv polimer qoplamalar ishchi qismlarning eyilishbardoshliligini 2,2-2,5 barobar, paxta tozalash mashinalarining ishchi organlarining ishqalanish agregatlarini ishlash muddatini 2,0-2,2 barobarga oshirish imkonini bergan;
yuqori fizik-mexanik va ekspluatatsion xususiyatlarini ta’minlovchi, fizik modifikatsiyalangan kompozision termoreaktiv polimer qoplamalarni olishning ishlab chiqilgan samarali texnologiyasi Piskent paxta tozalash zavodi mashina va mexanizmlarning ishchi organlarida amaliyotga joriy etilgan (“O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi paxtachilik kengashining ilmiy tadqiqot organi” ning 2024 yil 20 martdagi 02-11/122a - sonli ma’lumotnomasi). Natijada, paxta tozalash mashina va mexanizmlarining ishchi organlarining ishqalanish agregatlarida antifriksion polimer qoplamalarni qo‘llash orqali ularni ishlash qobiliyatini 2 martadan ko‘proq, eyilishga va atmosfera ta’siriga bardoshliligini 1,8-2,2 martaga oshirish imkonini bergan.