Boltaeva Gulsanam Xasanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tabiiy yog‘ kislotalari asosida noionogen sirt faol moddalarning sintezi va ularning kolloid-kimyoviy xususiyatlari», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/K795.
Ilmiy rahbar: Abdikamalova Aziza Baxtiyarovna, kimyo fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Adizov Bobir Zamirovich, texnika fanlari doktori, professor; Buxarov Shuxrat Burievich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy yog‘ kislotalari asosida noinogen SFMlarni sintez qilish va ularning kolloid-kimyoviy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sintez qilingan SFMlarning konsentratsiyasi 0,5-0,6% gacha oshirilganda ularning sirt tarangligi kamayishi, shundan so‘ng, PAVMS, PAVXS , PAVVJ , PAVKJ va PAVKM uchun mos ravishda 38,1; 43,2; 44,1; 43,1 va 48,2 mN/m qiymatlarda barqaror darajaga erishilib, bu havo va suv chegarasida SFM molekulalarining adsorbsiyasining ortishiga bog‘liqligi isbotlangan;
PAVMS, PAVXS va PAVKM uchun MKK1 past qiymatlarni (18,7; 15,6 va 15,3 mg/l), PAVVJ uchun esa KKM1 23,5 va KKM2 73,2 mg/l ni tashkil etib, bu uning boshqa SFMlarga nisbatan misella hosil qilishi uchun ancha yuqori sarfini talab qilishi aniqlangan;
PAVMS (58-60°C), PAVXS (57-59°C) va PAVKM (54-56°C) uchun xiralashish nuqtalari pastroq harorat oralig‘ida joylashib, bu ularni o‘rtacha harorat sharoitlarida fazaviy ajralishisiz qo‘llash imkoniyatini, PAVVJ (72-74°C) va PAVKJ (69-71°C)lar esa eritma bir jinsligini saqlash uchun yuqori harorat hamda misella hosil bo‘lishi uchun yuqori konsentratsiyalarni talab qilishi aniqlangan;
haroratning ortishi neft plenkalarini yuvish samaradorligini sezilarli darajada oshirib, 35°C da PAVKM 43,6% samaradorligiga 200 soniyada, 25°C da esa 500 soniyada erishib, bu nafaqat SFM tuzilishi, balki suv/neft` tizimi komponentlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning o‘zgarishi bilan ham bog‘liqligi aniqlangan;
suv va sintez qilingan anion SMF eritmalarida elektrolitlarning mavjudligi neft plenkalarini yuvish samaradorligini pasayttirib, bu erituvchi xususiyatlarining o‘zgarishi, jumladan, uning qutbliligini pasayishi va suv molekulalarining neft plenkalari orasidagi o‘zaro ta’siriga bog‘liqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘simlik moylari yog‘ kislotalari asosida SFM olish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
paxta moyi yog‘ kislotalari asosida olingan PAVXS sirt faol moddasi olish texnologiyasi «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning «2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJ ning 2024 yil 5 martdagi 02-03-01/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu SFMni 20 mg/l miqdorda qo‘llash neft` tarkibidagi suvni 4,11 foizdan 0,28 foizgacha kamaytirish imkonini beradi;
kungaboqar moyi yog‘ kislotalari asosida olingan PAVMS sirt faol moddasi yordamida neftni suvsizlantirishda qo‘llash usuli «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning «2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJ ning 2024 yil 5 martdagi 02-03-01/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu SFMni 190 mg/l miqdorda neftni suvsizlantirish va tuzsizlantirishda qo‘llash neft` tarkibidagi suv va tuz miqdorini 3,26 va 2797 dan 0,40 % va 296 mg/lgacha kamayttirish imkonini beradi.