Isamatova Djamila Nigmatullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Suyuq uglevodorodlar gidrodinamikasini maqbullashtirish orqali qobiq quvurli issiqlik almashinish qurilmalari samaradorligini oshirish», 02.00.08 - Neft` va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T245.
Ilmiy rahbar: Ismailov Oybek Yuliboevich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Saydaxmedov Shamshiddinxo‘ja Muxtorovich, texnika fanlari doktori; Auesbaev Alisher Usnatdinovich, texnik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: quvurlar ichidagi konstruktiv o‘zgarishlarni amalga oshirish orqali qobiq quvurli issiqlik almashtirgichning issiqlik almashinish jarayonlarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uglevodorod fraksiyalarining fizik xususiyatlari qiymatlarini o‘lchash chegarasini aniqlash bo‘yicha hisoblash va tadqiqot usullari yordamida tavsiyalar ishlab chiqilgan;
qobiq quvurli issiqlik almashtirgich quvurlari ichidagi konstruktiv o‘zgarishlarni amalga oshirish hisobiga uglevodorod xom ashyosini sovutish uchun texnik suv sarfi 12% ga kamayishi aniqlangan;
diametri 15 mm bo‘lgan turbulator sterjenining samaradorligi past xom ashyo sarfida neftning oqim tezligini 2,29 barobar, gaz kondensatini 2,27 barobar oshirishi isbotlangan;
issiqlik almashtirgichning ichki quvuriga konstruktiv o‘zgartirishlar kiritish orqali xomashyo harorati qo‘shimcha 9oS ga ortishi aniqlangan;
issiqlik almashinish qurilmasi ichki quvuriga sterjen o‘rnatish orqali Reynol`ds soni 5676 dan 11883 gacha ortadi, shu bilan birga issiqlik almashinish jarayonining samaradorligi 16% ga ortishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Oqim gidrodinamik rejimlarini o‘zgartirish orqali qobiq quvurli issiqlik almashtirgichlarning samaradorligini optimallashtirish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
issiqlik almashtirgich trubkasi ichiga sterjen o‘rnatish orqali issiqlik almashtirgichlarni takomillashtirish usuli «Sho‘rtan neft` va gaz qazib chiqarish boshqarmasi»ning 2025-2026 yillardagi amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yhatiga kiritilgan (Sho‘rtan neft` va gaz qazib chiqarish boshqarmasi 2023 yilning 3 apreldagi 02-son ma’lumotnomasi). Natijada, issiqlik berish koeffisienti 1,17% ga, issiqlik uzatish koeffisienti 6,2% ga oshirish imkonini beradi;
Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida issiqlik almashinuvi jarayonlarini jadallashtirish texnologiyasi «Sho‘rtan neft` va gaz qazib chiqarish boshqarmasi»ning 2025-2026 yillardagi amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yhatiga kiritilgan (Sho‘rtan neft` va gaz qazib chiqarish boshqarmasi 2023 yilning 3 apreldagi 02-son ma’lumotnomasi). Natijada, qurilmadagi energiya xarajatlarini 7,2% kamaytirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish