Uzakov Oybek Asiljanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Brusitni nitrat kislotali qayta ishlab donador va suspenziyali murakkab NPK-o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T3239.
Ilmiy rahbar: Tojiev Rustambek Rasulovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, DSc.03/30.04.2021.T.106.04.
Rasmiy opponentlar: Alimov Umar Kadirbergenovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Umirov Farxod Ergashovich. texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy  va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kaliy nitrat bilan qayta ishlab ozuqa komponenti yuqori bo‘lgan samarali o‘g‘itlar olishning resurstejamkor texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
magniy gidroksidni nitrat kislotasi bilan parchalashda kislotaning me’yoriga (1,1:1 nisbatda) bog‘liq holda konversiya jarayoni hamda maqbul sharoitlar (xarorat 1150S-1200S, pH 6,0-6,5 oralig‘ida) aniqlangan;
termokonsentratni EFKli qayta ishlash jarayonida kislota me’yori 20%-50% oralig‘ida olingan bo‘tqa tarkibidagi P2O5umum.= 16,67 dan 19,26 gacha ortishi hamda CaOumum.=43,04 dan 40,29 gacha pasayishi aniqlangan;
olingan massaga kaliy nitrat va o‘zida azot tutgan birikmalar asosida donador murakkab o‘g‘it olishda maqbul massa nisbatlarda (1:07:0,5; 1:1:0,5; 1:1:1) olingan donalarning mustahkamligi 2-2,5 barobarga ortishi aniqlangan;
EFK ning me’yori bir necha xil konsentratsiyalarda kaliy nitrat va azotli birikmalar yordamida suyuq holdagi murakkab o‘g‘it olingan, hamda N: P2O5: K2O = 1: 1: 1 nisbatlarda suspenziyalashgan kompleks o‘g‘it miqdoridagi ozuqa moddalarning 30% ko‘prog‘ini o‘z ichiga olishi asoslangan;
Kaliy nitrat, EFK va termokonsentratlar asosida olingan azot, fosfor va kaliyli o‘g‘itlar olishning material oqimi hisoblangan va texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Magniy gidoksidni nitrat kislotali parchalab kaliy xlorid bilan konversiyalash orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri murakkab o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
magniy nitratni kaliy xloridi bilan konversiyalab kaliy nitrat olish texnologiyasi “Farg‘onaazot” AJ ning “2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan (“Farg‘onaazot” AJning 2023 yil 27 apreldagi 08-1244 son ma’lumotnomasi), Natijada shudgorda solishga yaroqli bo‘lgan tarkibida 95,6% dan yuqori bo‘lgan kaliy nitrat o‘g‘itini olishga imkon beradi;
termokonsentratni kislotali qayta ishlab, unga kaliy nitrat, ammoniy nitrat va karbamid ta’sir ettirish orqali donador murakkab NPK-o‘g‘it olish texnologiyasi “Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” AJ ning “2026-2028 yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan (“Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” AJning 2024 yil 8 martdagi 02-208-son ma’lumotnomasi). Natijada donador holdagi azot-fosfor-kaliy tutgan Numum.–13,11%; P2O5umum.–13,07%; P2O5o‘z.–8,13%; K2O umum.– 13,02% tarkibli murakkab NPK–o‘g‘itlar olish imkoniyati yaratiladi;
ekstraksion fosfor kislotasi, kaliy nitrat, azotli komponentlari asosida murakkab suspenziyali NPK-o‘g‘it olish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” QK AJning “2026-2028 yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” QK AJning 2024 yil 26 apreldagi 71 son ma’lumotnomasi). Natijada, suspenziyalashgan azot-fosfor-kaliy tutgan Numum.–10,21%; P2O5umum.–10,25%; P2O5o‘z.–10,10%; K2O umum.– 10,24% tarkibli murakkab NPK–o‘g‘itlar olish imkoniyati yaratiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish