Xurramov Sanjar Ravshanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja berilgan fan ishlab chiqarish nomi): “Ta’lim tizimida boshqaruv kadrlarni tanlash mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.13 – “Menejment” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD.Iqt1146.
Ilmiy rahbar: Raximova Dilfuza Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.20/13.05.2020.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: i.f.d., akademik Abduraxmonov Qalandar Xodjaevich, i.f.n., dots. Ismailova Nilufar Sabitjanovna.
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xalq ta’limi tizimida boshqaruv kadrlarini tanlash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalq ta’limi tizimida boshqaruv kadrlarini tanlashda tashkilotni rivojlantirish istiqbol rejasi, hard skill va soft skill qobilyatlarini baholash, regression sinovdan o‘tkazish usullarini ustuvor darajada joriy etish ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan;
boshqaruv kadrlarini tanlash samaradorligini oshirish va ortiqcha sarf-xarajatlarning oldini olishda tanlov jarayonida ustuvor darajada aqliy va emotsional intellekt xususiyatlariga asoslanishning maqsadga muvofiqligi isbotlangan;
boshqaruv xodimlari kompetensiyalari asosida kadrlar lavozimlarini oshirib borish, fanlararo yondashuvga ko‘ra, boshqaruv sohasiga yo‘naltirilgan iqtisodiy resurslar samaradorligini oshirishga olib kelishi asoslangan;
boshqaruv faoliyati samaradorligini, xalq ta’limi tizimi boshqaruv kadrlari salohiyatini va boshqaruv qarorlari natijadorligini oshirishda rahbar kadrlarga nomzodlar moliyaviy savodxonligini oshirish va tanlov jarayonining ilk bosqichida barcha nomzodlarning o‘z cohasidan tashqari iqtisodiy-moliyaviy bilimlarini baholash zarurati asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xalq ta’limi tizimida boshqaruv kadrlarini tanlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xalq ta’limi tizimida boshqaruv kadrlarini tanlashda tashkilotni rivojlantirish istiqbol rejasi, hard skill va soft skill qobilyatlarini baholash, regression sinovdan o‘tkazish usullarini ustuvor darajada joriy etish ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi bo‘yicha takliflar O‘zbekicton Recpublikaci Xalq ta’limi vazirligining 2019 yil 26 noyabrdagi 378-con «Tajriba tariqacida xalq ta’limi bo‘limi mudiri, o‘rta ta’lim maktabi direktori lavozimiga tanlov o‘tkazish tartibini joriy etish to‘g‘ricida»gi buyrug‘i bilan amaliyotda joriy etilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 6 avguctdagi 02-02/5-362-con ma’lumotnomasi). Takliflar boshqaruv kadrlarini tanlash jarayoni ochiqligi, nomzodning boshqaruv portereti va hujjatlar tahlili natijalarini yanada asoslanganligi va jarayonga ko‘ra baholash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
xalq ta’limi tizimida boshqaruv kadrlarini tanlash samaradorligini oshirish va ortiqcha sarf-xarajatlarning oldini olishda tanlov jarayonida ustuvor darajada aqliy va emotsional intellekt xususiyatlariga asoslanish bo‘yicha taklif Xalq ta’limi vazirligining 2019 yil 10 dekabrdagi 02/02-1033-sonli topshiriq xati bilan amaliyotga joriy etilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 6 avguctdagi 02-02/5-362-con ma’lumotnomasi). Natijada, taklifda ko‘zda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi boshqaruv kadrilarni saralash jarayonida boshqaruv qarorlarining iqtisodiy-moliyaviy samaradorligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
boshqaruv xodimlari kompetensiyalari asosida kadrlar lavozimlarini oshirib borish, fanlararo yondashuvga ko‘ra boshqaruv sohasiga yo‘naltirilgan iqtisodiy resurslar samaradorligini oshirishga olib kelishi bo‘yicha takliflardan O‘zbekicton Recpublikaci Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi PQ-3931-con «Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘ricida»gi qarorining 7-, 9-bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 6 avgustdagi 02-02/5/363-son ma’lumotnomasi). Takliflarning amaliyotga joriy qilinishi xalq ta’limi tizimida boshqaruv kadrlarini tanlashda ularning mas’uliyatini yanada oshirish va boshqaruv salohiyatini yanada rivojlanitirib borish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
boshqaruv faoliyati samaradorligini oshirish, xalq ta’limi tizimi boshqaruv kadrlari salohiyatini yuksaltirish va boshqaruv qarorlari natijadorligini oshirishda rahbar kadrlarga nomzodlar moliyaviy savodxonligini oshirish va tanlov jarayonining ilk bosqichida barcha nomzodlarning o‘z sohasidan tashqari iqtisodiy-moliyaviy bilimlarini baholash zarurati bo‘yicha takliflar Xalq ta’limi vazirligining 2019 yil 26 noyabrdagi 378-con «Tajriba tariqasida xalq ta’limi bo‘limi mudiri, o‘rta ta’lim maktabi direktori lavozimiga tanlov o‘tkazish tartibini joriy etish to‘g‘ricida»gi buyrug‘i bilan amaliyotda joriy etilgan (A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining 2020 yil 14 dekabrdagi 01/09-904-con ma’lumotnomasi). Natijada, boshqaruv kadrlari nomzodlari malakasini uzlyuksiz oshirib borishga, boshqaruv kadrlarini tanlash va ularni baholash jarayonida ortiqcha vaqt va xarajatlar sarflanishining oldini olishga va kadrlar iqtisodiy faoliyat samaradorligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan.