Xudayberdieva Nargiza Nizomiddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xizmat ko‘rsatish korxonalarida innovatsion jarayonlarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.13 – Menejment, 08.00.05–Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtiodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2670
Ilmiy rahbar: Xankeldieva Guzal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03.
Rasmiy opponentlar: Alieva Mahbuba To‘ychievna,  iqtisodiyot fanlari doktori, professor;   Oqbaev Alisher Rasuljanovich,  iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xizmat ko‘rsatish korxonalarida innovatsiya jarayonlarini boshqarish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “innovatsion jarayonlarni boshqarish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni xizmat ko‘rsatish korxonalariga tatbiqan xizmat ko‘rsatish jarayonlarining samaradorligini oshirish va bozor talabiga muvofiq sifatini yaxshilashni ta’minlovchi yangiliklarning yaratilishi hamda joriy etilishi jarayonlarini rag‘batlantirish, optimallashtirish va maqsadga muvofiq tartibga solish nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan;
Namangan viloyati xizmat ko‘rsatish korxonalarida innovatsion jarayonlarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishda innovatsion xizmat turining yo‘lga qo‘yilishi (IJy=0,5), faoliyat sifatida joriy etilishi (IJj=0,3), yondosh faoliyat turlariga diffuziyalash (IJd=0,2) fazalari o‘rtasidagi maqbul nisbatni ta’minlash taklifi asoslangan;
Namangan viloyatida mehmonxona xizmatlari ko‘rsatuvchi majmualarda buyurtmalarni qabul qilishda dasturiy ta’minot va mobil ilova platformasi yordamida “yashirin talab”ni raqamli rezervlash amaliyotidan foydalanish orqali xizmat ko‘rsatish hajmini oshirish asoslangan;
 O‘zbekistondagi asosiy kapitalga investisiyalar hajmi, mehmonxonalardagi mavjud o‘rinlar soni, jon boshiga to‘g‘ri keluvchi real umumiy daromadlar hajmi va aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan xizmatlar hajmi asosida mehmonxona xizmatlaridan foydalanish hajmining 2027-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish korxonalarida innovatsiya jarayonlarini boshqarish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “innovatsion jarayonlarni boshqarish” tushunchasining iqtisodiy mazmunini xizmat ko‘rsatish korxonalariga tatbiqan xizmat ko‘rsatish jarayonlarining samaradorligini oshirish va bozor talabiga muvofiq sifatini yaxshilashni ta’minlovchi yangiliklarning yaratilishi hamda joriy etilishi jarayonlarini rag‘batlantirish, optimallashtirish va maqsadga muvofiq tartibga solish nuqtayi nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Restoran ishi” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy vao‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda innovatsion jarayonlarni boshqarish tushunchasining takomillashtirilgan iqtisodiy mazmuni yuzasidan kengaytirilgan nazariy bilimlar hosil qilish imkoni yaratilgan;
 Namangan viloyati xizmat ko‘rsatish korxonalarida innovatsion jarayonlarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishda innovatsion xizmat turining yo‘lga qo‘yilishi (IJY=0,5), faoliyat sifatida joriy etilishi (IJJ=0,3), yondosh faoliyat turlariga diffuziyalash (IJD=0,2), fazalari o‘rtasidagi maqbul nisbatni ta’minlash taklifi  asoslanganligi bo‘yicha ilmiy yangilikdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-son “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga 2-ilova sifatida tasdiqlangan 2019-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining 3-bob. “Turizmni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari”ning 4-bandida ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 27-iyundagi 03-12-17-3955-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida Namangan viloyati xizmat ko‘rsatish korxonalarida innovatsion xizmat turining yo‘lga qo‘yilishi fazalari o‘rtasidagi maqbul nisbatni ta’minlash imkoniyati yaratilgan;
Namangan viloyatida mehmonxona xizmatlari ko‘rsatuvchi majmualarda buyurtmalarni qabul qilishda dasturiy ta’minot va mobil ilova platformasi yordamida “yashirin talab”ni raqamli rezervlash amaliyotidan foydalanish orqali xizmat ko‘rsatish hajmini oshirish asoslangan(O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 27-iyundagi 03-12-17-3955-son ma’lumotnomasi).Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida Namangan viloyatida mehmonxona xizmatlari ko‘rsatuvchi majmualarda buyurtmalarni qabul qilishda “yashirin talab”ni raqamli rezervlash amaliyotidan foydalanish orqali xizmat ko‘rsatish hajmini oshirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistondagi asosiy kapitalga investisiyalar hajmi, mehmonxonalardagi mavjud o‘rinlar soni, jon boshiga to‘g‘ri keluvchi real umumiy daromadlar hajmi va aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan xizmatlar hajmi asosida mehmonxona xizmatlaridan foydalanish hajmining 2027-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan(O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 27-iyundagi 03-12-17-3955-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlarda uzoq muddatli istiqbolda mehmonxona xizmatlaridan foydalanish hajmi asosiy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish