Fozilova Firangiza Komilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuqori qo‘shimcha qiymatga ega kimyo sanoati mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2 PhD / Iqt2106
Ilmiy rahbar: Maxmudov Nosir Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.07.2022.I.16.05
Rasmiy opponentlar: Nazarova Fotima Xakimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Karabaeva Gulnora Sharafitdinovna iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan kimyo sanoati mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalqaro standartlarga muvofiq holda yaratilgan polipropilen va polietilen asosidagi yangi brendlarni joriy etish orqali kimyo sanoati korxonalarining plastmassa ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan eksport hajmini 10 foizga oshirish asoslangan;
O‘zbekistonda kimyo sanoati korxonalarining raqobatbardoshligini baholashda mahsulotlar eksport jarayonlari zanjiridagi yuqori qo‘shimcha qiymat yaratish salohiyatiga ustunlik berishga ko‘ra ishlab chiqarish tarkibida fosforli o‘g‘itlar salmog‘ini oshirish taklifi asoslangan;
bozor konyunkturasi o‘zgarishiga ko‘ra kimyo sanoati mahsulotlarining tarkibiy tuzilmasini muvofiqlashtirish asosida yangi brendni yaratish orqali tashqi bozordagi sifat va raqobatbardoshlikni oshirish yondashuvi ishlab chiqilib, uning asosida kaliyli o‘g‘itning ichki tarkibiga gumus kislotasini qo‘shish orqali yangi “Activ-humic” brendi joriy etilgan;
O‘zbekistonda kimyo sanoatining rivojlanishi va iqtisodiy xavfsizligiga ta’sir etuvchi ko‘p omilli ekonometrik model asosida tarmoq ishlab chiqarish hajmi, mahalliylashtirish va qo‘shilgan qiymatli kimyoviy mahsulotlar eksportidagi o‘zgarishlarning 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan kimyo sanoati mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
xalqaro standartlarga muvofiq holda yaratilgan polipropilen va polietilen asosidagi yangi brendlarni joriy etish orqali kimyo sanoati korxonalarining plastmassa ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan eksport hajmini 10 foizga oshirish taklifi “O‘zkimyosanoat” AJning faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2024-yil 26-apreldagi 1358-08-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida plastik kompaniyalarning ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, tayyor mahsulot sifatini yaxshilash imkoni yaratilib, bu kimyo sanoati kompaniyasi salohiyatining iqtisodiy o‘sishiga olib kelgan;
O‘zbekistonda kimyo sanoati korxonalarining raqobatbardoshligini baholashda mahsulotlar eksport jarayonlari zanjiridagi yuqori qo‘shimcha qiymat yaratish salohiyatiga ustunlik berishga ko‘ra ishlab chiqarish tarkibida fosforli o‘g‘itlar salmog‘ini oshirish taklifi “O‘zkimyosanoat” AJning faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2024-yil 26-apreldagi 1358-08-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kompaniyaning mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini sanoatning iqtisodiy o‘sishi va eksport salohiyatiga erishish yo‘nalishida ko‘paytirish imkoni yaratilgan;
bozor konyunkturasi o‘zgarishiga ko‘ra kimyo sanoati mahsulotlarining tarkibiy tuzilmasini muvofiqlashtirish asosida yangi brendni yaratish orqali tashqi bozordagi sifat va raqobatbardoshlikni oshirish yondashuvi ishlab chiqilib, uning asosida kaliyli o‘g‘itning ichki tarkibiga gumus kislotasini qo‘shish orqali yangi “Activ-humic” brendini joriy etish taklifi “O‘zkimyosanoat” AJning faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2024-yil 26-apreldagi 1358-08-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston uchun xalqaro yo‘laklarni kengaytirish, yangi kaliy xlorid brendi orqali dunyoning eng yaxshi kompaniyalari bilan raqobatlashish, o‘z navbatida mamlakat kimyo sanoati eksportini kengaytirish imkonini yaratgan;
O‘zbekistonda kimyo sanoatining rivojlanishi va iqtisodiy xavfsizligiga ta’sir etuvchi ko‘p omilli ekonometrik model asosida tarmoq ishlab chiqarish hajmi, mahalliylashtirish va qo‘shilgan qiymatli kimyoviy mahsulotlar eksportidagi o‘zgarishlarning 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish taklifi “O‘zkimyosanoat” AJning faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2024-yil 26-apreldagi 1358-08-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2030 yilgacha O‘zbekistonda kimyo sanoati mahsulotlarining eksportini ularning o‘sishi va kimyo sanoatining raqobatbardoshligini oshirish yo‘nalishi va o‘z navbatida aholining turmush darajasini sanoatning holatini prognoz qilish imkonini bergan.