Hazratqulova Shahnoza Usmonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kuzgi bug‘doy sifat ko‘rsatkichlariga genotip va tashqi muhitning o‘zaro ta’siri», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Qx24.
Ilmiy rahbar: Ram Chandra Sharma, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Don va dukkakli ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Rahmonqulov Said-Akbar Rahmonqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Boboev Saidmurod Kimsanboevich, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kuzgi yumshoq va qattiq bug‘doy nav namunalarining turli tabiiy iqlim sharoitlarda yuqori hosildorlik va barqaror don sifat ko‘rsatkichlariga ega, kasalliklarga, yotib qolishga chidamli nav namunalarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tashqi muhitning turli xil noqulay sharoitlarida zang kasalligiga chidamli va don tarkibidagi oqsil hamda kleykovina miqdori o‘zgarmaydigan genotiplar aniqlanib, ularning tuproq-iqlim sharoitlariga moslashuvchanligi (plastiklik qobiliyati) aniqlangan;
yangidan yaratilgan “Xazrati Bashir”, “G‘ozg‘on” va “Elamon” navlarning har ikkala mintaqa uchun yuqori hosildorligi va sifat ko‘rsatkichlarining saqlab qolishi bu navlarning stabil holga kelganligi aniqlangan;
qattiq bug‘doy nav namunalaridan ertapishar, tashqi muhit sharoitlariga tez moslashadigan va har qanday sharoitda barqaror hosil beradigan genotiplar ajratib olingan;
sug‘oriladigan maydonlar uchun hosildor don sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan, makaron va konditer mahsulotlari talablariga to‘la javob beradigan qattiq bug‘doyning yangi “Nasaf” navi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kuzgi bug‘doy seleksiyasi va urug‘chiligi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
yangidan yaratilgan yumshoq bug‘doyning “Elomon” va “Hazrati Bashir” navlari 2015 yildan istiqbolli navlar sifatida qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini ekish uchun Davlat reestriga kiritilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 14 apreldagi 02/21-232-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu navlar mazkur mintaqada g‘allachilik fermer xo‘jaliklari maydonlarida asosiy nav sifatida ekilgan;
qishloq xo‘jaligi uchun qimmatli-xo‘jalik belgilarini namoyon etgan va tanlab olingan kuzgi bug‘doyning «G‘ozg‘on», «Elomon» va «Hazrati Bashir» navlari Qashqadaryo viloyatining Qamashi, Nishon va Qarshi tumanlari fermer xo‘jaliklarida jami 32 gektar maydonga urug‘lik sifatida ekishga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 14 apreldagi 02/21-232-son ma’lumotnomasi). Ushbu navlardan andoza «Kroshka» naviga nisbatan gektaridan 7,7-10,6 sentner qo‘shimcha don hosili olingan va iqtisodiy samaradorlik gektariga 983,5-1143 ming so‘mni tashkil etgan.