Berdieva Xurshida Karimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “10-11 yoshli gandbolchi qizlarni tayyorlashda harakatli o‘yinlarni qo‘llash samaradorligi”, 13.00.04– Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped1133.
Ilmiy rahbar: Usmanxodjaev Tal’at Saidovich, pedagogika fanlari doktori, professor.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘yrsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Tajibaev Soyib Samijanovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Nabiev Temur Erikovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichda 10-11 yoshli gandbolchi qizlarning o‘quv mashg‘ulotlari jarayonida harakatli o‘yinlarni qo‘llash asosida tayyorgarlik samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
10-11 yoshli boshlang‘ich tayyorgarlik guruhi gandbolchi qizlarining lokomotor harakat amallarini oshirishga qaratilgan (yugurish, sakrash, qo‘l panjasi kichik motorikasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan) mashg‘ulotning tayyorlov, asosiy qismlarida jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi harakatli o‘yinlarni qo‘llash hisobiga dastlabki maqsadli tayyorlash imkoniyati kengaytirilgan;
10-11 yoshli boshlang‘ich tayyorgarlik guruhi gandbolchi qizlarining o‘quv mashg‘ulotlari jarayonida integral tayyorgarlikni oshirish uchun sensomotorika ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan yuqori harakat faolligiga, yuqori faollikka va harakat faolligi yuqori bo‘lmagan guruhlarga yo‘naltirilgan harakatli o‘yinlar kompleksi modulini ishlab chiqish hisobiga funksional holatlar bo‘yicha imkoniyatlarni aniqlash usullarida aerob, aralash va anaerob rejimidagi ish qobiliyatlari yurak qisqarish soniyasini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
10-11 yoshli boshlang‘ich tayyorgarlik guruhi gandbolchi qizlarining mashg‘ulotlarida turli vaziyatlarda bir vaqtning o‘zida to‘p bilan harakatlanish hamda o‘yin jarayonidagi o‘zgarishlarga reaksiya ko‘rsatishga yo‘naltirilgan gandbol texnik elementlarini rivojlantiruvchi to‘pni erga urib olib yurish, uzatish, ilib olish, to‘pni nishonga aniq otish kabi harakatlarni mujassam etuvchi o‘yinlarni mashg‘ulot jarayoniga kiritish hisobiga texnik-taktik harakatlari rivojlantirilgan;
10-11 yoshli boshlang‘ich tayyorgarlik guruhlari gandbolchi qizlarning jismoniy, koordinatsion va texnik-taktik shuningdek, gandbol o‘yiniga qiziqishini ortishi va ijobiy munosabatlarni rivojlantirish maqsadida turli shiddatlarda bajariladigan harakatli o‘yinlarni me’yorlashtirilgan dasturini ishlab chiqish hisobiga harakat ko‘nikmalarini shakllantirish uslubiyati takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 10-11 yoshli gandbolchi qizlarning tayyorgarligini oshirishda ularning o‘quv mashg‘ulotlari jarayonida harakatli o‘yinlarni qo‘llash bo‘yicha sport maktablari sharoitlarida o‘tkazilgan tajribalar  asosida:
10-11 yoshli gandbolchi qizlarning tayyorgarligini oshirishda ularning o‘quv mashg‘ulotlari jarayonida harakatli o‘yinlarni qo‘llash bo‘yicha takliflar “Jismoniy tarbiya va sport fanidan nazariy va amaliy mashg‘ulot materiallari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 6-oktyabrdagi 522-son buyrug‘iga asosan 522-127-raqamli guvohnoma). Natijada, boshlang‘ich tayyorlov guruhi mashg‘ulotlarida harakatli o‘yinlarni qo‘llagan holda 11 yoshli gandbolchi qizlarni 30 metrga to‘pni olib yurish texnikasi 11,42% ga, 30 metrga to‘pni o‘ng qo‘l bilan olib yurish texnikasi 11,28% ga, 30 metrga to‘pni chap qo‘l bilan olib yurish texnikasi 10,49% ga, 30 metrdan to‘pni ustunlararo olib yurish texnikasi 12,21% ga, 30 metrdan to‘pni ustunlararo olib o‘tib, darvozaning yuqori burchaklariga to‘p otish texnikasi 10,45%  ga, darvozaning burchaklaridagi 60x60 sm nishonga to‘p otish 27,13% ga, to‘pni bir-biriga 5 metr masofadan otish texnikasi 12,42% ga oshirilgan;
10-11 yoshli boshlang‘ich tayyorgarlik guruhi gandbolchi qizlarining lokomotor harakat amallarini oshirishga qaratilgan, ya’ni yugurish, sakrash, qo‘l panjasining kichik motorikasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan harakatli o‘yinlarni o‘quv mashg‘ulotining tayyorlov va asosiy qismlarida qo‘llash bo‘yicha berilgan takliflar Qumqo‘rg‘on tumani sport maktabi yosh gandbolchilarining o‘quv mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 15-fevraldagi 04-01/04/20/1246-son ma’lumotnomasi).  Natijada, 10 yoshli gandbolchi qizlarda tezkorlik qobiliyati 10,18% ga, chaqqonlik 10,06% ga, chidamlilik 21,14% ga, kuch qobiliyati 13,67% ga va egiluvchanlik qobiliyati 22,85% ga, 11 yoshli gandbolchi qizlarning tezkorlik qobiliyati 10,48% ga, chaqqonlik 11,46% ga, chidamlilik 22,53% ga, kuch qobiliyati 13,84% ga va egiluvchanlik qobiliyati 23,88 % ga oshirilgan;
10-11 yoshli boshlang‘ich tayyorgarlik guruhi gandbolchi qizlarining o‘quv  mashg‘ulotlari jarayonida integral tayyorgarligini oshirish uchun sensomotorika  ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan hamda harakat faolligini oshiruvchi harakatli o‘yinlar kompleksi modulini qo‘llagan holda shug‘ullanuvchilarning funksional holatlari bo‘yicha imkoniyatlarini aniqlash usullarida aerob, aralash va anaerob rejimdagi ish qobiliyatlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Termiz shahar sport maktabi yosh gandbolchilarining o‘quv mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 15-fevraldagi 04-01/04/20/1246-son ma’lumotnomasi). Natijada 10 yoshli gandbolchi qizlarda tezkorlik qobiliyati 6,5% ga, chaqqonlik 6,62% ga, chidamlilik 9,45% ga, kuch qobiliyati 6,36% ga va egiluvchanlik qobiliyati 10,19% ga, 11 yoshli gandbolchi qizlarning tezkorlik qobiliyati 7,65% ga, chaqqonlik 7,39% ga, chidamlilik 9,41% ga, kuch qobiliyati 6,14% ga va egiluvchanlik qobiliyati 10,39% ga oshirilgan;
10-11 yoshli boshlang‘ich tayyorgarlik guruhi gandbolchi qizlarining mashg‘ulotlarida turli vaziyatlarda bir vaqtning o‘zida to‘p bilan harakatlanish hamda o‘yin jarayonidagi o‘zgarishlarga reaksiya ko‘rsatishga yo‘naltirilgan gandbol texnik elementlarini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Qumqo‘rg‘on tumani sport maktabi yosh gandbolchilarining o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil  15-fevraldagi 04-01/04/20/1246-son ma’lumotnomasi). Natijada, 10 yoshli gandbolchi qizlarning 30 metrga to‘pni olib yurish texnikasi 10,36% ga, 30 metrga to‘pni o‘ng qo‘l bilan olib yurish texnikasi 10,97 % ga, 30 metrga to‘pni chap qo‘l bilan olib yurish texnikasi 9,88% ga, 30 metrdan to‘pni ustunlararo olib yurish texnikasi 6,7% ga, 30 metrdan to‘pni ustunlararo olib o‘tib, darvozaning yuqori burchaklariga to‘p otish texnikasi 7,31% ga, darvozaning burchaklaridagi 60x60 sm nishonga to‘p otish texnikasi 25,62% ga, to‘pni bir-biriga 5 metr masofadan otish texnikasi 10,76% ga oshirilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish