Uraimov Sanjar Ro‘zmatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumta’lim maktablari o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligini darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida oshirish metodologiyasi”, 13.00.04– Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Ilmiy maslahatchi: Xankeldiev Sher Xakimovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratulla Inoyativich, biologiya fanlari doktori, professor; Olimov Muxsin Sotivoldievich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Rahimov Vladimir Shavkatovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablari o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligini darsdan tashqari jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari jarayonida oshirish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jismoniy tarbiya darsida chegaralangan vaqt doirasida o‘quvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish va salomatligini mustahkamlash bo‘yicha ta’lim vazifasini to‘laqonli tashkil qilishni darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida kompensatsiya qilishga mo‘ljallangan “To‘rt darajali jismoniy mashg‘ulotlar zinasi” ishlab chiqilgan;
o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligini darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida “To‘rt darajali jismoniy mashg‘ulotlar zinasi” dasturi doirasida aerob zonada ishlashda 4 blokli “4+C4” aylanma mashg‘ulotlar majmuasidan foydalanib, pastki uch boshli va to‘rt boshli mushaklar hamda oyoq pay bog‘lamlarini mustahkamlashga qaratilgan yuqori faollik darajasini oshirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
umumta’lim maktablaridagi darsdan tashqari jismoniy mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilarning jismoniy faollik to‘g‘risidagi ma’lumotlarini individual jismoniy rivojlanganlik ko‘rsatkichlari (bo‘y, vazn va ko‘krak qafasi aylanasi kabi)ni aniqlash va qulay mashqlar majmuasi (jismoniy faollikning boshlang‘ich fazasida tizza osti paylarini statik cho‘zish kabi)ni tanlashga qaratilgan “Barcha yoshdagilar uchun jismoniy tarbiyaning integratsiyalashgan” modelini amaliyotga tatbiq qilish hisobiga jismoniy tayyorgarlik darajasi oshirilgan;
umumta’lim maktablari o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligi darajasini oshirish uchun zaruriy harakat sifatlarini variativ tanlashga asoslangan holda rivojlantirish, ta’sir qilish xususiyati bo‘yicha organizmni mustahkamlashga qaratilgan kardio mashg‘ulot vositalari (yurak-qon tomir tizimini mustahkamlash va umumiy jismoniy holatni yaxshilash)ni qo‘llash asosida tezkorlik, kuch, portlovchi kuch va muvozanatni saqlash qobiliyatini rivojlantiruvchi yordamchi mashqlardan foydalanish imkoniyati kengaytirilgan;
barcha yoshdagi o‘quvchilarning jismoniy sifatlarini anatomik belgilar bo‘yicha oshirish maqsadida “To‘rt darajali jismoniy mashg‘ulotlar zinasi”da bajariladigan jismoniy mashqlarni tavsiflash majmuasini ishlab chiqish hisobiga ushbu ko‘p bosqichli mashqlar majmuasidan foydalanish bilan cheklangan surʼatda harakatlanish doirasida qo‘l, son, tos hamda boldir mushaklarini mashqlantirishda yuqori samarali usul ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktablari o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligini darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan tajriba tadqiqotlari davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
umumta’lim maktablari o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligini darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida oshirishga qaratilgan “To‘rt darajali jismoniy mashg‘ulotlar zinasi”ni (Patent mualliflik huquqini ro‘yxatga olish raqami №02411) amaliyotda qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Farg‘ona viloyati umumta’lim maktablarining darsdan tashqari jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 23-maydagi 01/11-01/11-409-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning tezkorlik sifati 15,9% ga yaxshilangan;
o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligini darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida “To‘rt darajali jismoniy mashg‘ulotlar zinasi” dasturi doirasida aerob zonada ishlashning 4 blokli (4+C4) aylanma mashg‘ulotlar majmuasidan foydalanish samaradorligini oshirish uslubiyati Namangan viloyati umumta’lim maktablarining darsdan tashqari sport mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 30-martdagi 03-06/3165-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda sonning pastki uch boshli va to‘rt boshli mushaklari hamda oyoq pay bog‘lamlarining mustahkamligi ko‘rsatkichlari 13,8%ga yaxshilangan;
umumta’lim maktablaridagi darsdan tashqari jismoniy mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilarning jismoniy faollik to‘g‘risidagi ma’lumotlaridan to‘g‘ri foyfalanish orqali qulay mashqlar majmuasi (jismoniy faollikning boshlang‘ich fazasida tizza osti paylarini statik cho‘zish kabi)ni tanlashga qaratilgan “Barcha yoshdagilar uchun jismoniy tarbiyaning integratsiyalashgan” modelini amaliyotga tatbiq qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Farg‘ona va Andijon viloyatlari umumta’lim maktablarining darsdan tashqari mashg‘ulotlari jarayoniga “To‘rt darajali jismoniy mashg‘ulotlar zinasi”ni qo‘llash uslubiyoti tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 23-maydagi 01/11-01/11-409-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari 12,9%ga oshgan;
umumta’lim maktablari o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligi darajasini variativ tanlashga asoslangan holda oshirish uchun zarur harakat sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan, ta’sir qilish xususiyati bo‘yicha organizmni mustahkamlovchi kardiomashg‘ulot vositalarini kaskadli (bir mashqning yakunlanish jarayoni yangi mashqning boshlanish jarayoniga ulanishi) usulda qo‘llash asosida tezkorlik, kuch, portlovchi kuch va muvozanatni rivojlantiruvchi yordamchi mashqlardan foydalanish bo‘yicha takliflar Farg‘ona viloyati umumta’lim maktablarining darsdan tashqari mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2024-yil 30-martdagi 03-06/3165-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning tezkorlik, kuch, portlovchi kuch sifatlari va muvozanatni saqlash qobiliyatlarini rivojlantiruvchi yordamchi mashqlardan foydalanish imkoniyati 10,8 % ga oshgan;
barcha yoshdagi o‘quvchilarning jismoniy salomatlik darajasi va jismoniy sifatlarini oshirish uchun “To‘rt darajali jismoniy mashg‘ulotlar zinasi”da bajariladigan mashqlarni tavsiflanish dasturiy tuzilmasidagi ko‘p bosqichli mashqlar kompleksidan variativ tanlab foydalanish usuli Farg‘ona viloyati umumta’lim maktablarining darsdan tashqari mashg‘ulotlari jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 23-maydagi 01/11-01/11-409-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning kuch va portlovchi kuch sifatlari 17,8 % ga yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish