Mo‘minov Feruzjon Ilxomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Pedagogik loyihalash asosida yosh futbolchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped5245.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Ilmiy rahbar: Kadirov Rashid Xamidovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Rasmiy opponentlar: Raximov Vladimir Shavkatovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Talibdjanov Asqar Imamdjanovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 12-13 yoshli futbolchilarning mashg‘ulot jarayonini pedagogik loyihalash asosida jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yosh futbolchilarining jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish uchun asosiy integral ko‘rsatkichlari sifatida jismoniy qobiliyat kattaliklarini aniqlashga qaratilgan oylik mashg‘ulot metodikasini ishlab chiqish hisobiga yuklama ta’sirida organizmning funksional darajasini yaxshilash imkoniyati takomillashtirilgan;
12-13 yoshdagi futbolchilarining maxsus jismoniy sifatlarini rivojlantirish uchun musobaqa jarayonida yuzaga keladigan murakkab vaziyatlarda o‘yin ampulasi bo‘yicha tezkor chidamlilikni oshirishga qaratilgan mashqlarni kiritish hisobiga maxsus jismoniy tayyorgarlik jarayoni tabaqalashtirilgan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi futbolchilarning mashg‘ulot jarayonini rejalashtirish va boshqarishda o‘yin ampulasining o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan turli ustivorlikka ega hamda mikrotsikl mashg‘ulotlarida ish qobiliyatini tez tiklashga qaratilgan pedagogik loyihalash modelini ishlab chiqish hisobiga jismoniy va funksional tayyorgarligini baholash imkoniyatlari kengaytirilgan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi futbolchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirishda mashg‘ulotning asosiy qismida aerob va anaerob chidamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan (5 ta to‘siqni aylanib o‘tib darvozaga zarba berish kabi) dinamik mashqlarni va qo‘shimcha ergogen vositalarini mashg‘ulotlarga kiritish hisobiga individual texnik harakatlarni o‘zlashtirish samaradorligi oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogik loyihalash asosida yosh futbolchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
yosh futbolchilarining jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish uchun asosiy integral ko‘rsatkichlari sifatida jismoniy qobiliyat kattaliklarini aniqlashga qaratilgan oylik mashg‘ulot metodikasi PFK “Buxoro”ga qarashli 3-son bolalar va o‘smirlar futbol maktabining futbol mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023 yil 4-sentyabdagi 03-01/04/20/8973-son ma’lumotnomasi). Natijada, organizmning funksional tayyorgarlik darajasi 17 % ga oshgan;
12-13 yoshdagi futbolchilarining maxsus jismoniy sifatlarini rivojlantirish uchun musobaqa jarayonida yuzaga keladigan murakkab vaziyatlarda o‘yin ampulasiga ko‘ra tezkor chidamlilikni oshirishga qaratilgan mashqlarni qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Tanlangan sport turi nazariyasi va uslubiyoti (futbol)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrug‘iga asosan 302-0653-son ruxsatnomasi). Natijada, maxsus jismoniy tayyorgarligi 14%ga yaxshilangan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi futbolchilarning mashg‘ulot jarayonini rejalashtirish va boshqarishda o‘yin ampulasining o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan turli usvorlikka ega hamda mikrotsikl mashg‘ulotlarida ish qobiliyatini tez tiklashga qaratilgan pedagogik loyihalash modeli “Sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi (futbol)” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘iga asosan 68-637-sonli ruxsatnomasi). Natijada, jismoniy tayyorgarligi 21 % ga o‘sishiga erishilgan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi futbolchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirishda mashg‘ulotning asosiy qismida aerob va anaerob chidamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan (5 ta to‘siqni aylanib o‘tib darvozaga zarba berish kabi) dinamik mashqlarni va qo‘shimcha ergogen vositalarini mashg‘ulotlarda qo‘llash bo‘yicha takliflar Samarqand viloyat sportning o‘yin turlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi futbol mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023 yil 4-sentyabdagi 03-01/04/20/8973-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnik tayyorgarligi 19 % ga oshgan.