Orazbaeva Gulbaxar Joldasovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oila va maktab hamkorligini ta’minlash texnologiyasi o‘quvchilarda mustaqillikni rivojlantirish omili sifatida”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped769.
Ilmiy rahbar: Yuzlikaev Farit Rafailovich, pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Dauletmuratov Boribay Koptileuovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Seytjanova Ulbosin Xudaybergenovna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarning o‘z-o‘zini namoyon etish omili sifatida oila va maktabning tizimli o‘zaro birgalikdagi harakati texnologiyasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oila va maktabning o‘zaro birgalikdagi harakatini ta’minlash orqali o‘quvchilarning o‘z-o‘zini namoyon etish jarayoni tuzilmasi ichki anglangan ehtiyoj, moslashuvchan xulq-atvor qobiliyati, motivatsion, kontentli-protsessual va irodaviy tarkibiy qismlarning o‘zaro birligi va ta’sir darajasini qat’iy belgilash mantiqiga barqaror ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
ota-onalarning maktab muhitiga faol ta’siri va samarali birgalikdagi harakatini tashkil etish mazmuni sub’ekt-sub’ekt tizimining shaxs mustaqilligi bilan identivlik darajasini bevosita hisobga olish ehtiyoji sababli ota-onalarning pedagogik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha empirik aspektlarning aniq belgilangan doirasini qat’iy belgilash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning o‘z-o‘zini namoyon etish jarayonining tuzilmali-funksional modeli oila va maktabning samarali o‘zaro birgalikdagi harakatini amalga oshirishga doir motivatsion-maqsadli, mazmunli-jarayonli, natijaviy-baholovchi bosqichlarining integratsion, ijtimoiy kompetentlik, uyg‘unlik, amaliy yoʻnaltirilganlik funksiyalari bilan qayta aloqasi intensivligini vaziyatli yondashuv asosida ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
oila va maktab hamkorligini ta’minlash texnologiyasi “oila–o‘quvchi–maktab” triadasiga muvofiq o‘zaro ta’sir ishtirokchilarining sub’ektiv pozisiyasini faollashtirish, ota-onalar va o‘qituvchilar bilan munosabatlarda o‘quvchining shaxsiy tabiatini bevosita hisobga olish kabi pedagogik shart-sharoitlarning validlik darajasi produktivligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarning o‘z-o‘zini namoyon etish omili sifatida oila va maktabning tizimli o‘zaro birgalikdagi harakati texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha erishilgan tadqiqot natijalari asosida:
oila va maktabning o‘zaro birgalikdagi harakatini ta’minlash orqali o‘quvchilarning o‘z-o‘zini namoyon etish jarayoni tuzilmasini ichki anglangan ehtiyoj, moslashuvchan xulq-atvor qobiliyati, motivatsion, kontentli-protsessual va irodaviy tarkibiy qismlarning o‘zaro birligi va ta’sir darajasini qat’iy belgilash mantiqiga barqaror ustuvorlik berish orqali aniqlashtirish, ota-onalarning maktab muhitiga faol ta’siri va samarali birgalikdagi harakatini tashkil etish mazmunini sub’ekt-sub’ekt tizimining shaxs mustaqilligi bilan identivlik darajasini bevosita hisobga olish ehtiyoji sababli ota-onalarning pedagogik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha empirik aspektlarning aniq belgilangan doirasini qat’iy belgilash asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining 2022-yil  28-fevraldagi “Ma’naviyat va ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish” to‘g‘risidagi 01-113-sonli Yoʻl xaritasining umumta’lim maktablarining “Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi”lari faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan uchrashuvlar va seminar-treninglar tashkil etish bo‘yicha 22-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 12-dekabrdagi 01/13-07-son ma’lumotnomasi). Natijada, oila va maktab hamkorligini ta’minlash mexanizmini takomillashtirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarning o‘z-o‘zini namoyon etish jarayonining tuzilmali-funksional modelini oila va maktabning samarali o‘zaro birgalikdagi harakatini amalga oshirishga doir motivatsion-maqsadli, mazmunli-jarayonli, natijaviy-baholovchi bosqichlarining integratsion, ijtimoiy kompetentlik, uyg‘unlik, amaliy yoʻnaltirilganlik funksiyalari bilan qayta aloqasi intensivligini vaziyatli yondashuv asosida ta’minlash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT-0-92997 “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” (2013-2014-yy.) amaliy loyihasining oila va maktab hamkorligi asosida o‘quvchi-yoshlarning shaxsiy qadriyatlar tizimini rivojlantirish qismini bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 19-maydagi 02-07-1840/04-son dalolatnomasi). Naijada, o‘quvchilarning mustaqilligini rivojlantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlardan foydalanish texnologiyasini takomillashtirishga erishilgan;
oila va maktab hamkorligini ta’minlash texnologiyasi “oila–o‘quvchi–pedagog” triadasiga muvofiq o‘zaro ta’sir ishtirokchilarining sub’ektiv pozisiyasini faollashtirish, ota-onalar va o‘qituvchilar bilan munosabatlarda o‘quvchining shaxsiy tabiatini bevosita hisobga olish kabi pedagogik shart-sharoitlarning validlik darajasi produktivligini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan II-XT-0-17222 “Qoraqalpoq milliy mentalitetini o'quvchi yoshlarda singdirishda xalq pedagogikasi imkoniyatlaridan foydalanish” (2014-2015-yy.) amaliy loyihasining oila va maktab hamkorligi asosida o‘quvchi-yoshlarning shaxsiy qadriyatlar tizimini rivojlantirish qismini bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 19-maydagi 02-07-1840/04-son dalolatnomasi). Natijada, oila va maktab hamkorligini ta’minlash texnologiyasini ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar jarayonida qo‘llash samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish