Isakulov Mamadoli Ruzimurodovichning
falsafa doktori(PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Yuqori sinf o‘quvchilarini jaholatga qarshi ma’rifat ruhida tarbiyalashning pedagogik asoslari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1261.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Kushvaktov Nemat Xusanovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Pazilova Meruert Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori; Baymurzaev Azamat Dosmurzaevich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori sinf o‘quvchilarini jaholatga qarshi ma’rifat ruhida tarbiyalashga doir ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori sinf o‘quvchilarini jaholatga qarshi ma’rifat ruhida tarbiyalashning shakl, metod va vositalari shaxsga yo‘naltirilgan, kreativ fikrlashga undovchi va innovatsion o‘quv muhitni boshqaruvchi texnologiyalarni funksional integratsiyalash hamda mantiqiy va ijodiy fikrlashga qaratilgan kompetensiyalarni tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan;
yuqori sinf o‘quvchilarini jaholatga qarshi ma’rifat ruhida tarbiyalashning mazmuni va uni rivojlantirish modeli o‘quvchi shaxsining ichki imkoniyatlaridan kreativ foydalanish va jaholatga qarshi ma’rifat g‘oyalari bilan qurollantirishning shakl, metod va vositalari innovatsion baholash tamoyilining o‘quv maqsadlariga asoslanganlik, haqqoniylik, ishonchlilik va qulaylik kabi parametrlari mazmunini shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar imkoniyatini kengaytirish asosida takomillashtirilgan;
yuqori sinf o‘quvchilarini jaholatga qarshi ma’rifat ruhida tarbiyalashning nazariy asoslari buyuk mutafakkirlarning pedagogik qarashlari va ilmiy manbalarning mazmunini ochib beruvchi motivatsion, funksional, psixologik munosabatlarni interpretatsialash va natijalar samaradorligi omillariga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
yuqori sinf o‘quvchilarini jaholatga qarshi ma’rifat ruhida tarbiyalashning samaradorlik darajasi shaxs ma’naviy rivojlanishiga dinamik ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan tarbiyalanganlik darajasi, ijtimoiy ongning yuksalishiga oid jamoa hissiy boyligi singari baholash mezonlarini kiritish orqali aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuqori sinf o‘quvchilariga jaholatga qarshi ma’rifat ruhida tarbiyalashning pedagogik asoslariga doir tadqiqot natijalari asosida:
yuqori sinf o‘quvchilarini jaholatga qarshi ma’rifat ruhida tarbiyalashning nazariy asoslari buyuk mutafakkirlarning pedagogik qarashlari va ilmiy manbalarning mazmunini ochib beruvchi motivatsion, funksional, psixologik munosabatlarni interpretatsialash va natijalar samaradorligi omillariga ustvorlik berish orqali aniqlashtirishga oid ma’lumotlar 5111700-Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish bakalavriat yo‘nalishi uchun tayyorlangan “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31-maydagi 237 –sonli buyrug‘i, 237-206 raqamli guvohnoma). Natijada yuqori sinf o‘quvchilarini jaholatga qarshi ma’rifat ruhida tarbiyalashning pedagogik asoslarini aniqlashtirishga erishilgan;
yuqori sinf o‘quvchilarini jaholatga qarshi ma’rifat ruhida tarbiyalashning shakl, metod va vositalari shaxsga yo‘naltirilgan, kreativ fikrlashga undovchi va innovatsion o‘quv muhitni boshqaruvchi texnologiyalarni funksional integratsiyalash hamda mantiqiy va ijodiy fikrlashga qaratilgan kompetensiyalarni tizimlashtirish asosida takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar PZ-20170923121 raqamli «Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish» nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalarni hal etishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi TDPUning 2022-yil 18-maydagi 02.07.1353/04-son dalolatnomasi). Natijada yuqori sinf o‘quvchilariga jaholatga qarshi ma’rifat ruhida tarbiyalash texnologiyalarini takomillashtirish imkoni yaratilgan;
yuqori sinf o‘quvchilarini jaholatga qarshi ma’rifat ruhida tarbiyalashning mazmuni va uni rivojlantirish modeli o‘quvchi shaxsining ichki imkoniyatlaridan kreativ foydalanish va jaholatga qarshi ma’rifat g‘oyalari bilan qurollantirishning shakl, metod va vositalari innovatsion baholash tamoyilining o‘quv maqsadlariga asoslanganlik, haqqoniylik, ishonchlilik va qulaylik kabi parametrlari mazmunini shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar imkoniyatini kengaytirish asosida takomillashtirishga doir xulosa va tavsiyalardan OT-F1-049 raqamli “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” (2017-2021) mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni hal etishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi TDPUning 2022-yil 18-maydagi 02.07.1353/04-son dalolatnomasi). Natijada yuqori sinf o‘quvchilarini jaholatga qarshi ma’rifat ruhida tarbiyalashga doir bilimlarini rivojlantirishga erishilgan;
yuqori sinf o‘quvchilarini jaholatga qarshi ma’rifat ruhida tarbiyalashning samaradorlik darajasi shaxs ma’naviy rivojlanishiga dinamik ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan tarbiyalanganlik darajasi, ijtimoiy ongning yuksalishiga oid jamoa hissiy boyligi singari baholash mezonlarini kiritish orqali aniqlashtirishga doir tavsiyalar 5111700-Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish bakalavriat yo‘nalishi uchun tayyorlangan “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31-maydagi 237 –sonli buyrug‘i, 237-206 raqamli guvohnoma). Natijada yuqori sinf o‘quvchilarini jaholatga qarshi ma’rifat ruhida tarbiyalashning samaradorligi ortgan.