Ziyodullaev Akmal Raupovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): « Ingliz va o‘zbek tilida eponimlarning lingvokognitiv hamda lingvokulturologik xususiyatlari », 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2022.3.PhD/Fil2757.
Ilmiy rahbar: O‘raeva Darmon Saidaxmedovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Oybek Saparboevich, filologiya fanlari doktori, professor; Kilichev Bayramali Ergashovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tilida eponimlarning lingvokognitiv hamda lingvokulturologik xususiyatlarining mushtarak va o‘ziga xos jihatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli tizimli ingliz va o‘zbek tillaridagi eponimlarning lingvokognitiv va lingvomadaniy tabiati, ularning fanlar, sohalar, ishlab chiqarilgan yoki kashf qilingan narsa-buyumlar nomlarini bildiruvchi so‘zlar sifatida nutqda qo‘llanish xususiyatlari til leksikasi va terminologiyani boyitishga xizmat qilishi aniqlangan;
eponimlar milliy va xalqaro turlarga bo‘lingan holda murakkab onomastik til birligi sifatida orfografik, derivatsion, motivatsion, funksiyalilik, semantik, omonimik xususiyatlarga egaligi, subtillarda turli metaforik imkoniyatlari va modellari, gender xususiyati, antropotsentrik omillari asoslangan;
qiyoslanayotgan tillarda ot, sifat, fe’l tarkibli eponimlarning denotativ va konnotativ qo‘llanishi, obrazlantirilishiga xos lingvopoetik, lingvostilistik qirralari, muayyan shaxs nomi bilan atalgan narsa yoki tushuncha ifodalamasligi kabi jihatlar mulkiy eponimlarning umumiy yoxud jenerik tovar belgisini namoyon etishida voqelanishi dalillangan;
eponimlar qo‘llanishiga ko‘ra tavsiflovchi, leksik kesishmali, qisqartma yoki akronim ko‘rinishlarida uchrashi, madaniy aspektda determinatsiyalangan tipik xarakterga ega ma’lumotlarni namoyon etishi kabi xususiyatlariga ko‘ra internatsional, milliy, tarixiy-madaniy, madaniy-ijtimoiy eponimlarga bo‘linishi, turli tillar va madaniyatlarda o‘zaro farqlanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tilida eponimlarning lingvokognitiv hamda lingvokulturologik xususiyatlarini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillarida eponimlar tizimi, ularning shakllanish omillari, ko‘pincha mifonim, antroponim va toponim asosli ekani, morfologik belgilari, leksik-semantik mohiyati, tabiatan demonimlar bilan uyg‘unligi, eponimiya va eponimizatsiyaga xos tamoyillar oid nazariy xulosalardan Buxoro davlat universitetida 2017-2020 yillarda bajarilgan OT-F-1-002 – “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2023-yil 7-sentyabrdagi 04/2618-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillaridagi eponimlar qiyosiy aspektda o‘rganilib, yangi ilmiy-nazariy qarashlar bilan boyitishga erishilgan.
turli tizimli ingliz va o‘zbek tillaridagi eponimlarning lingvokognitiv va lingvomadaniy tabiati, ularning fanlar, sohalar, ishlab chiqarilgan yoki kashf qilingan narsa-buyumlar nomlarini bildiruvchi so‘zlar sifatida nutqda qo‘llanish xususiyatlari, til leksikasi va terminologiyani boyitishdagi ustivorligiga oid nazariy va amaliy materiallardan Buxoro davlat universitetida 2021-2022-yillarga bajarilgan PZ-202005236 raqamli “Oila psixologiyasi” fanidan multimedia mahsulotlarini yaratish mavzusidagi innovatsion loyihani bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2023-yil 7-sentyabrdagi 04/2620-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek eponimlarining leksik-semantik mohiyati, til va nutqdagi o‘rni, morfologik, sintaktik xususiyatlari ishlab chiqilgan;
eponimlar milliy va xalqaro turlarga bo‘linishi, murakkab onomastik til birligi sifatida orfografik, derivatsion, motivatsion, funksiyalilik, semantik, omonimik xususiyatlarga egaligi, subtillarda turli metaforik imkoniyatlari va modellari, gender xususiyati, antropotsentrik omillari bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Najot bilimda”, “Assalom, Buxoro” ko‘rsatuvlari va “Buxoro” radiosining “Ta’limdagi muammolar” radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 21-sentyabrdagi 02-09-267-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ilmiy-nazariy dalillarga boy bo‘lishi taminlangan hamda adabiy ko‘rsatuvlar ilmiy-ommabopligini ta’minlashga xizmat qilgan.