Radjabova Dilnoza Anvarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ingliz va o‘zbek tillarida qimmatbaho tosh, ma’dan nomlarining lingvomadaniy xususiyatlari», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3552.
Ilmiy rahbar: Abuzalova Mexriniso Kadirovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Gadoeva Mavlyuda Ibragimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Djumabaeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida qimmatbaho tosh, ma’dan nomlari lingvomadaniy xususiyatlarining universal va milliy o‘ziga xosliklarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillaridagi minerologik birliklar millatning milliy-mental qarashlarini ifodalash; har bir millatning o‘ziga xos urf-odati, an’anasi, maishiy hayoti, falsafasini aks ettirish; xalq tajribasi, bilimi, aql-zakovatini etkazib berish; boylik, xazina, kuch-qudrat semantik ma’nolari hamda pul birligini ifoda etish; beklik, zo‘rlik, mardlik, davlatmandlik ma’nolarini ifodalashda voqelanishi isbotlangan;
har ikkala til kommunikativ jarayonida voqelanadigan qimmatbaho tosh va ma’dan nomlari metaforik o‘xshatish vositasi hamda baho, qadriyat timsollari sifatida nozik metaforik birliklar, yuksak poetik ko‘chimlar, badiiy tasvir namunalari nutqni boyitish va ekspressiv ta’sirni yuksaltirishga xizmat qilishi asoslangan;
ingliz tilida qimmatbaho tosh va ma’dan nomlari, asosan, morfologik (affiksatsiya) va sintaktik (kompozisiya) usullarda, o‘zbek tilida esa minerologik birliklarning aksariyati yasama so‘z emas, balki tub so‘z sifatida qabul qilinishi hamda morfemalarga ajratilmaydigan yaxlit birlik sifatida namoyon bo‘lishi aniqlangan;
qiyoslanayotgan tillar badiiy matnlarida qimmatbaho tosh va ma’dan nomlari qo‘llanish ko‘lami bo‘yicha turli xil uslubiy vazifalarni: narsa yoki buyumning rangi, shakli, tibbiy xususiyati, vazifasi, kimyoviy xossasini; qahramonning ruhiy holati, ichki kechinmalari, tashqi ko‘rinishi, husn-u jamoli va yoshi; go‘zallik, jozibadorlik, soflik, noziklik, maftunkorlikni; inson tabiati, fe’l atvori, xulqi; shaxs va buyumning inson uchun ahamiyati, qadri, jamiyatdagi mavqeyi; pul birligi; aql zakovatli, etuk tafakkurli, yuksak qadrlanadigan shaxs obrazini ifodalashda xizmat qilishi  dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida qimmatbaho tosh, ma’dan nomlarining lingvomadaniy xususiyatlarini tadqiq qilish jarayonida erishilgan ilmiy natija va xulosalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillaridagi minerologik birliklar millatning milliy-mental qarashlarini ifodalash; har bir millatning o‘ziga xos urf-odati, an’anasi, maishiy hayoti, falsafasini aks ettirish; xalq tajribasi, bilimi, aql-zakovatini etkazib berish; boylik, xazina, kuch-qudrat, pul birligi semantik ma’nolarini ifoda etish; beklik, zo‘rlik, mardlik, davlatmandlik ma’nolarini ifodalashda voqelanishiga oid nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020- yillarda bajarilgan OT-F1-030 “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7 jild) chop etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 21-dekabrdagi 04/1-2760-son ma’lumotnomasi). Natijada matn tarkibida qo‘llanilgan bunday nomlanishlarning denotativ ma’nodan tashqari metaforik ma’nolarni ham bildirganligi bilan bog‘liq qarashlar loyiha huquqiy asoslarining boyish imkonini bergan;
turli tizimli tillarda qimmatbaho toshlarning nomlari grammatik, leksik va frazeologik xususiyatlari semantik, struktural va funksional maydon konstituentlarining tasnifiy omillari ekanligi va ularning dominant komponent (yadro) atrofida birlashuvchi ikkilamchi (periferik) elementlar qo‘llanishini voqelantiruvchi kuch ekanligiga oid nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2019-2022- yillarda bajarilgan A-OT-2019-10 “O‘zbek tilida neyming: me’yoriy huquqiy asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 17-avgustdagi 04/1-1520-son ma’lumotnomasi). Natijada aniqlangan minerologik xrematonimlar asosida ingliz tilida ular miqdori o‘zbek tilidagiga nisbatan ko‘pligi, ularning yasalish tamoyillari, mavzuviy va tarkibiy-semantik belgilarini aniqlashga xizmat qilgan.  
har ikkala til kommunikativ jarayonida voqelanadigan qimmatbaho tosh va ma’dan nomlari metaforik o‘xshatish vositasi hamda baho, qadriyat timsollari sifatida nozik metaforik birliklar, yuksak poetik ko‘chimlar, badiiy tasvir namunalari nutqni boyitish va ekspressiv ta’sirni yuksaltirishga xizmat qilishi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Buxoro” teleradiokanalining “Ayol va jamiyat”, “Assalom, Buxoro”, “Yaxshi kayfiyat”, “Psixolog huzurida”, “Mening huquqim” dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 28-iyuldagi 02-09-190 son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillarida qimmatbaho tosh va ma’dan nomlarining qiyosiy tahlili bilan bog‘liq ayrim mulohazalar teleradiokompaniya ijodiy jamoasining qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik muammolari haqida mulohaza yuritish, teledastur materiallari ilmiyligini boyitish, mukammallashtirish hamda ommabopligini kuchaytirish masalalariga yordam bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish