Najimova Gulyaim Batirjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Ingliz va qoraqalpoq tillarida kinetik vositalarining lingvokognitiv xususiyatlari», 10.00.06 – «Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik» (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fil751.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Paluanova Xalifa Daribaevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.04.2022.Fil.20.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Najimov Perdebay Aymanovich, filologiya fanlari doktori, professor; Ermetova Jamiyla Ismaylovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va qoraqalpoq tillaridagi kinetik vositalarning lingvokognitiv xususiyatlarini belgilash, ushbu vositalarni aniqlash va kinetik vositalarning lingvokognitiv xususiyatlarini kodlash/dekodlashni avtomatlashtirish imkoniyatlarini ochib berishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:    
lisoniy iboralarni shakllantirishda va ma'nosini uzatishda dunyoni konseptuallashtirish va og‘zaki bo‘lmagan signallarning madaniy kontekstdagi noverbal muloqotni talqin qilishda madaniy o‘ziga xosligi, ingliz va qoraqalpoq madaniyatga tegishli kommunikativ-pragmatik, lingvo-kognitiv xususiyatlari o‘zaro bog‘liqligi belgilangan;
kognitiv lingvistika, madaniy semiotika va paralingvistikani integratsiyalash, kinetik aloqani o‘rganishda madaniy-semiotik yondashuv, fanlararo sintez va integratsiyaning innovatsion usullari, ingliz va qoraqalpoq lingvomadaniyatlarida paralingvistik vositalarning verbal va noverbal nutq intizomining qoida va me’yorlari, milliy mentalitet va xarakter, hayot tarzi, milliy an’analarni aks ettiruvchi o‘ziga xos milliy madaniy xususiyatlari aniqlangan;
og‘zaki bo‘lmagan imo-ishoralarni talqin qilishdagi aloqa jarayonida paralingvistik vositalar madaniy farqlar, tana harakatining yurish-turish, imo-ishora, qarash, yuz ifodalari va teginishlar kognitiv asoslari dunyoning konseptualizatsiyasi va og‘zaki bo‘lmagan ishoralarning semiotik o‘lchovi kabi kinetik aloqaning yaxlit va ko‘p o‘lchovli ko‘rinishining yangi jihatlari ochib berilgan;
madaniyatlararo o‘zaro ta’sirda ma’noni anglatuvchi semiotik tizim sifatida kinesikaning roli haqidagi mavjud g‘oyalarni to‘ldiradigan tana harakatlari o‘rtasidagi aloqalar, dunyoni konsepsiyalash va og‘zaki bo‘lmagan xatti-harakatlarning kognitiv jarayonlarida ingliz va qoraqalpoq tillarida noverbal vositalarning lisoniy ifodasi bo‘lmish ishora kommunikatsiyadagi kinesikaning ahamiyati va madaniy farqlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va qoraqalpoq tillaridagi kinetik vositalarning lingvokognitiv xususiyatlarini o‘rganish natijasida olingan ilmiy natijalar asosida:
kognitiv lingvistika, madaniy semiotika va paralingvistikani integratsiyalash, kinetik aloqani o‘rganishda madaniy-semiotik yondashuv, fanlararo sintez va integratsiyaning innovatsion usullari, ingliz va qoraqalpoq lingvomadaniyatlarida paralingvistik vositalarning verbal va noverbal nutq intizomining qoida va me’yorlari, milliy mentalitet va xarakter, xayot tarzi, milliy an’analarni aks ettiruvchi o‘ziga xos milliy madaniy xususiyatlariga oid ilmiy-nazariy qarashlari “Paralingvistika” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2021-yil 25-dekabrdagi 538-son buyrug‘i asosida o‘quv qo‘llanmasini nashr etishga ruxsat berish uchun 538-t-007 ro‘yxatidan o‘tkazilgan). Natijada Ingliz tilshunosligi kafedrasi magistratura talabalariga Paralingvistika fanidan muloqotda noverbal xulq-atvorga oid asosiy bilimlarni berish imkoniyati yaratilgan;
lisoniy iboralarni shakllantirishda va ma'nosini uzatishda dunyoni konseptuallashtirish va og‘zaki bo‘lmagan signallarning madaniy kontekstdagi noverbal muloqotni talqin qilishda madaniy o‘ziga xosligi, ingliz va qoraqalpoq madaniyatga tegishli, kommunikativ-pragmatik, lingvo-kognitiv xususiyatlari o‘zaro bog‘liqligi haqidagi ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bajarilgan “Magistratura mutaxassisligi (ingliz tili) nazariy fanlaridan ingliz tilidan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar yaratish va o‘zbekcha-inglizcha-ruscha tilshunoslik atamalari lug‘atini tuzish” amaliy loyihasida belgilangan vazifalarga muvofiq o‘zbekcha-inglizcha-ruscha tilshunoslik atamalarining izohli lug‘atini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2023-yil 10-fevraldagi 24/58-son ma'lumotnomasi). Natijada, tadqiqot materiallari mazkur loyiha doirasida yaratilgan zamonaviy tilshunoslikka oid darsliklarni tayyorlashda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
og‘zaki bo‘lmagan imo-ishoralarni talqin qilishdagi aloqa jarayonida paralingvistik vositalar madaniy farqlar, tana harakatining yurish-turish, imo-ishora, qarash, yuz ifodalari va teginishlar kognitiv asoslari dunyoning konseptualizatsiyasi va og‘zaki bo‘lmagan ishoralarning semiotik o‘lchovi kabi kinetik aloqaning yaxlit va ko‘p o‘lchovli ko‘rinishi yangi jihatlariga oid ilmiy xulosalar “Qoraqalpog‘iston” telekanalidagi “Oltin meros” ko‘rsatuvida yoritildi, shuningdek, Qoraqalpog‘iston radiokanalining “Adabiyot va Davr” radiodasturida madaniyatlararo o‘zaro ta’sirda ma’noni anglatuvchi semiotik tizim sifatida kinesikaning roli haqidagi mavjud g‘oyalarni to‘ldiradigan tana harakatlari o‘rtasidagi aloqalar, dunyoni konsepsiyalash va og‘zaki bo‘lmagan xatti-harakatlarning kognitiv jarayonlarida ingliz va qoraqalpoq tillarida noverbal vositalarning lisoniy ifodasi bo‘lmish ishora kommunikatsiyadagi kinesikaning ahamiyati va madaniy farqlari muhokama qilingan (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2022-yil 10-avgustdagi 05-22/530-son guvohnomasi). Natijada, bu madaniyatlararo kompetensiyani rivojlantirishga yordam bergan, radio tinglovchilarining muloqotda noverbal xatti-harakatlari qoidalarini bilish darajasi oshdi, chet ellik odamlar bilan muloqotda tushunmovchiliklarning oldini olish va o‘zlarining noverbal xatti-harakatlarini to‘g‘ri ifodalash uchun ushbu dastur uchun muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish