Narbaeva Gulnoza Xusanovnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Olamning frazeologik manzarasida konseptual metaforalarning o‘rni (ispan va rus tillari materialida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil49.
Ilmiy rahbar: Bakieva Gulandom Hisomovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Siddiqova Iroda Abduzuxurovna, filologiya fanlari doktori, professor; Jose Ramon Garsiya Gonsales, filologiya fanlari doktori, professor (Ispaniya).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi olamning ispan va rus tillaridagi lisoniy manzarasini ispan va rus tillari frazeologik birliklaridagi konseptual metaforalar orqali aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
konseptual metaforalarning "yashirin" semantik ma’nolarni o‘z ichiga olgan OFM ni yaratish mexanizmi sifatida ispan va rus madaniyatidagi maqollarni tushunish, anglash va qo‘llash bo‘yicha ilmiy bilimlar va ma’lumotlarni taqdim etuvchi funksional maqomi olam ob’ektlarini konseptual tizimlashtirish orqali isbotlangan;
rus va ispan maqollarida gender metaforalarni aniqlash orqali erkak va ayollarning gender rollari haqidagi tasavvurlari rus madaniyatida ayolni kamsitish, ispan madaniyatida esa xiyonatga oid kontseptual metaforalar orqali namoyon bo‘lishi kognitiv modellashtirish mexanizmi asosida aniqlangan;
ODAM – HAYVON, ODAM – PREDMET metaforasining har ikki til madaniyatiga xos ekanligini aniqlash orqali maqsad maydoniga oid xususiyatlarning (hayvonlar va narsalar) inson xarakteriga mos keluvchi konseptual metaforalar strukturasida aks etishi metaforik hosila yaratuvchi ontologik va orientatsion metaforalar asosida isbotlangan;
talabalarning ispan maqollarini faol qo‘llash va talqin qilish kompetentsiyasi darajasini ijtimoiy-lingvistik yondashuvga asoslangan empirik so‘rovnomalar asosida aniqlash orqali fanlararo-chog‘ishtirma aspektda konseptual metaforalarni OFM ni shakllantirishdagi antroposentrik mohiyati isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olamning frazeologik manzarasida konseptual metaforalarning o‘rni (ispan va rus tillari materialida) mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
konseptual metaforalarning "yashirin" semantik ma’nolarni o‘z ichiga olgan OFM ni yaratish mexanizmi sifatida ispan va rus madaniyatidagi maqollarni tushunish, anglash va qo‘llash bo‘yicha ilmiy bilimlar va ma’lumotlarni taqdim etuvchi funksional maqomi olam ob’ektlarini konseptual tizimlashtirishga oid natijalaridan Evropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi doirasida Latviyaning Rezekna texnologiyalar Akademiyasi, Angliyaning London Metropoliten universiteti bilan xamkorlikda bajarilgan “561624-EPP-1-1-UK-EPPKA2-CBHE-SP IMEP” mavzusidagi xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillar universitetining IRD/23 156-son maʼlumotnomasi). Natijada, xorijiy til o‘qituvchilarining malakasini oshirish bo‘yicha yaratilgan o‘quv-qo‘llanmada talabalarning kasbiy kompetentligini shakllantirishda texnologik yondashuvlarni mujassamlashtirishda foydalanilgan;
rus va ispan maqollarida gender metaforalarni aniqlash orqali erkak va ayollarning gender rollari haqidagi tasavvurlari rus madaniyatida ayolni kamsitish, ispan madaniyatida esa xiyonatga oid kontseptual metaforalar orqali namoyon bo‘lishi kognitiv modellashtirish mexanizmiga oid xulosalardan Evropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi doirasida Ispaniyaning Vallladolid universiteti bilan hamkorlikda bajarilgan “2019-1-ES01-KA107-036589”-sonli xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillar universitetining IRD/23 208-son maʼlumotnomasi). Natijada, xorijiy til o‘qituvchilarining malakasini oshirish bo‘yicha yaratilgan o‘quv-qo‘llanma mazmuni erkaklar va ayollarning gender vazifalari bo‘yicha qarashlardagi farqlarining tahlili bilan boyitilgan;
ODAM – HAYVON, ODAM – PREDMET metaforasining har ikki til madaniyatiga xos ekanligini aniqlash orqali maqsad maydoniga oid xususiyatlarning (hayvonlar va narsalar) inson xarakteriga mos keluvchi konseptual metaforalar strukturasida aks etishi metaforik hosila yaratuvchi ontologik va orientatsion metaforalarga oid xulosalardan Evropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi doirasida Ispaniyaning Kastilya la Mancha universiteti o‘rtasida 2020-2023 yillarga mo‘ljallangan “Credit Mobility” 2020-1-ES01-KA107-079868-sonli xalqaro loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillar universitetining IRD/23 148-son maʼlumotnomasi). Natijada, har ikki til madaniyatida odamlarni xususiyatiga muvofiq keluvchi konseptual metaforalarni samarali qo‘llashga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishda foydalanilgan;
talabalarning ispan maqollarini faol qo‘llash va talqin qilish kompetentsiyasi darajasini ijtimoiy-lingvistik yondashuvga asoslangan empirik so‘rovnomalar asosida aniqlash orqali fanlararo-chog‘ishtirma aspektda konseptual metaforalarni OFM ni shakllantirishdagi antroposentrik mohiyatiga oid xulosalardan Evropa Ittifoqining ERASMUS dasturi doirasida Ispaniyaning Vallladolid universiteti bilan hamkorlikda bajarilgan “2019-1-ES01-KA107-036589”-sonli xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillar universitetining IRD/23 208-son maʼlumotnomasi). Natijada, shet tili o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqish jarayonida gender masalalari bo‘yicha erkaklar va ayollarning qarashlaridagi farqlarni tahlil qilish, shu orqali uning mazmuni yanada boyitilgan.