Kilichev Alisher Akramovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Korxona moliyaviy siyosatini amalga oshirish amaliyotini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Iqt1901.
Ilmiy rahbar: Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Alimardonov Ilxom Muzrabshoxovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raxmatullaev Botirjon Jo‘raxonovich, Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi korxona moliyaviy barqarorligini boshqarish tizimining shakllanishi va samarali faoliyatini ta’minlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “korxona moliyaviy barqarorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni xo‘jalik sub’ektining o‘z faoliyatini kengaytirilgan asosda moliyalashtirish, tashqi nobarqaror muhit ta’siriga qarshi tura olishlik va noxush holatlarda ham o‘zining to‘lovga layoqatliligini saqlay olishga qaratilgan qobiliyat nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
korxona balansining likvidligini monitoring qilish algoritmi klassik likvidlikni tahlil qilish natijalari orqali aniqlanuvchi tengsizlik, aniqlangan likvidlik tahlilini qo‘llash hamda kelgusi davrda balans likvidligini saqlash tendensiyasi baholashga asoslangan uch bosqichli jarayon asosida takomillashtirilgan;
“O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar moliyasini samarali boshqarishga yo‘naltirilgan ichki nazoratning maxsus bo‘limi sifatida korporativ soliq xizmatini joriy etish orqali korxonalarida moliyaviy barqarorlikni oshirishni ta’minlash taklifi asoslangan;
 “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi “Qo‘qon superfosfat zavodi” AJ faoliyatiga jalb etiladigan investisiyalar, kreditorlik qarzlari, umumiy daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida 2026 yilga qadar sof foyda hajmining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Korxona moliyaviy barqarorligini boshqarish tizimining shakllanishi va samarali faoliyatini ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “korxona moliyaviy barqarorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini xo‘jalik sub’ektining o‘z faoliyatini kengaytirilgan asosda moliyalashtirish, tashqi nobarqaror muhit ta’siriga qarshi tura olishlik va noxush holatlarda ham o‘zining to‘lovga layoqatliligini saqlay olishga qaratilgan qobiliyat nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Moliya asoslari” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2024-yil 29-fevraldagi 45-sonli buyrug‘i). Mazkur taklifning amaliyotiga joriy etilishi natijasida talabalarda xo‘jalik sub’ektining o‘z faoliyatini kengaytirilgan asosda moliyalashtirishga qaratilgan qobiliyat nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “korxona moliyaviy barqarorligi” tushunchasi yuzasidan nazariy bilimlarni yanada chuqurlashtirish imkoni yaratilgan;
korxona balansining likvidligini monitoring qilish algoritmi klassik likvidlikni tahlil qilish natijalari orqali aniqlanuvchi tengsizlik, aniqlangan likvidlik tahlilini qo‘llash hamda kelgusi davrda balans likvidligini saqlash tendensiyasi baholashga asoslangan uch bosqichli jarayon asosida takomillashtirish taklifi «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati amaliyotiga joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyatining 2023-yil 4-apreldagi № 19-1-934-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotiga joriy etilishi natijasida “korxona byudjetining mukammallashtirilishi” orqali tegishli loyihalar bo‘yicha harajatlarni samarali boshqarish, majburiyatlarni vaqtida to‘liq ijro etish va daromadlardan samarali foydalanish hisobiga “Qo‘qon superfosfat zavodi” AJ 3-sho‘ba korxonasi ixtiyorida qoladigan sof foyda miqdori 2022-yilda  2020-yildagiga nisbatan 1,29 martaga o‘sishiga erishilgan va buning asosida korxona moliyaviy barqarorligi oshishi ta’minlangan;
“O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar moliyasini samarali boshqarishga yo‘naltirilgan ichki nazoratning maxsus bo‘limi sifatida korporativ soliq xizmatini joriy etish orqali korxonalarida moliyaviy barqarorlikni oshirishni ta’minlash taklifi “O‘zkimyosanoat” AJ korxonalarida foyda solig‘i bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirishga oid boshqaruv qarorlarini qabul qilishda foydalanilgan («O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyatining 2023-yil 4-apreldagi № 19-1-934-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ishlab chiqilgan uslubiyotni “Qo‘qon superfosfat zavodi” AJ 3-sho‘ba korxonasi faoliyatida qo‘llash foyda solig‘iga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash asosida soliq xarajatlarini optimallashtirish bo‘yicha samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkonini yaratgan;
“O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi “Qo‘qon superfosfat zavodi” AJ faoliyatiga jalb etiladigan investisiyalar, kreditorlik qarzlari, umumiy daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida 2026-yilga qadar ishlab chiqilgan sof foyda hajmining prognoz ko‘rsatkichlari «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati amaliyotiga joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyatining 2023-yil 4-apreldagi № 19-1-934-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotiga joriy etilishi natijasida “Qo‘qon superfosfat zavodi” AJ faoliyati asosida 2026 yilga qadar ishlab chiqilgan sof foyda hajmining prognoz ko‘rsatkichlari yordamida korxona moliyaviy barqarorligini ta’minlashning asosiy parametrlari o‘rtasidagi muvofiqlik shartlarini aniqlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish