To‘yinov Botir Ismatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oliy ta’lim muassasalari smeta xarajatlari ijrosining hisobi va auditini takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi iqtisodiy tahlil va audit.( iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3842.
Ilmiy rahbar: Xasanov Bahodir Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Rizaev Nurbek Qodirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamatqulov Murodjon Shukurovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash sharoitida oliy ta’lim muassasalari smeta xarajatlari ijrosi hisobi va auditini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
byudjet tashkilotining innovatsion xarajatlarini aks ettiruvchi 223 415-“Nou-xau” subscheti va hisob registrini hisob siyosatiga kiritish asosida nomodiy aktivlarni hisobga olish va buxgalteriya o‘tkazmalarida aks ettirish takomillashtirilgan;
innovatsiya, fan, ta’lim va amaliyotning integratsiyalashuv jarayonlarining chuqurlashuvi sharoitida oliy ta’lim muassasalari xarajatlari smetasini tuzishda soatbay ish haqi fondini shtat jadvali umumiy hajmiga nisbatan amaldagi 4% dan xalqaro me’yorlarga mos ravishda 12% gacha oshirish orqali xorijiy pedagoglar va amaliyotchi mutaxassislarni sohaga keng jalb qilish taklifi asoslangan;
daromadlar va xarajatlar smetasi ijrosi bo‘yicha buxgalteriya balansining takomillashgan shaklini ishlab chiqish orqali xususiy kapital tarkibida byudjet tashkilotining jamg‘armalarini shakllantirish va balans moddalarini reformatsiya qilish taklifi asoslangan;
oliy ta’lim muassasalarida smeta xarajatlarini byudjetlashtirish va ijro etish jarayonida ichki nazorat tizimi samaradorligini baholashning dekadalar kesimida ekspress audit ko‘rsatkichlarini qo‘llash taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash sharoitida oliy ta’lim muassasalari smeta xarajatlari ijrosi hisobi va auditini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
byudjet tashkilotining innovatsion xarajatlarini aks ettiruvchi 223 415-“Nou-xau” subscheti va hisob registrini hisob siyosatiga kiritish asosida nomodiy aktivlarni hisobga olish va buxgalteriya o‘tkazmalarida aks ettirishni takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan smeta va xodimlar ro‘yxatini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 15-iyuldagi 03/20-1991-son ma’lumotnomasi va O‘zbekiston Respublikasi auditorlar palatasining 2024-yil 10-iyuldagi 69-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga qo‘llanishi natijasida oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy hisobotlari hisob jarayonining yakuniy bosqichi sanalib, barcha foydalanuvchilarga mablag‘larning qanday maqsadlarga sarflanganligi, daromad va xarajatlar smetasi ijrosi, ya’ni asosiy moliyaviy rejasi qanday amalga oshirilganligi to‘g‘risida shaffof va to‘g‘ri ma’lumotlarni olish imkoni yaratilgan;
innovatsiya, fan, ta’lim va amaliyotning integratsiyalashuv jarayonlarining chuqurlashuvi sharoitida oliy ta’lim muassasalari xarajatlari smetasini tuzishda soatbay ish haqi fondini shtat jadvali umumiy hajmiga nisbatan amaldagi 4% dan xalqaro me’yorlarga mos ravishda 12% gacha oshirish orqali xorijiy pedagoglar va amaliyotchi mutaxassislarni sohaga keng jalb qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan smeta xarajatlari balansi ijrosini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 15-iyuldagi 03/20-1991-son ma’lumotnomasi va O‘zbekiston Respublikasi auditorlar palatasining 2024-yil 10-iyuldagi 69-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida buxgalteriya balansida balansdan tashqari schetlarning aks ettirilayotganligi, tashkilot mulkining manbalari ko‘rsatilganligi, innovatsiyaga doir nomoddiy aktivlarga tegishli satrlarning kiritilganligi byudjet hisobi va hisobotini xalqaro standartlarga transformatsiya qilish imkoni yaratilgan;
daromadlar va xarajatlar smetasi ijrosi bo‘yicha buxgalteriya balansining takomillashgan shaklini ishlab chiqish orqali xususiy kapital tarkibida byudjet tashkilotining jamg‘armalarini shakllantirish va balans moddalarini reformatsiya qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan smeta va xodimlar ro‘yxatini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 15-iyuldagi 03/20-1991-son ma’lumotnomasi va O‘zbekiston Respublikasi auditorlar palatasining 2024-yil 10-iyuldagi 69-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklif asosida oliy ta’lim muassasalari smeta xarajatlarida soatbay haq to‘lash tizimi xalkaro tajribalar asosida takomillashtirilishi natijasida ta’lim muassasalariga tajribali xorijiy pedagoglar va amaliyotchi mutaxassislarni soatbay haq to‘lash asosida keng ta’limga jalb etish imkoni yaratilgan;
oliy ta’lim muassasalarida smeta xarajatlarini byudjetlashtirish va ijro etish jarayonida ichki nazorat tizimi samaradorligini baholashning dekadalar kesimida ekspress audit ko‘rsatkichlarini qo‘llash taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan smetalar monitoringi jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 15- iyuldagi 03/20-1991-son ma’lumotnomasi va O‘zbekiston Respublikasi auditorlar palatasining 2024-yil 10-iyuldagi 69-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga qo‘llanilishi oliy ta’lim muassasalarida smeta xarajatlarini tuzish, ichki nazorat tizimi samaradorligini doimiy baholab borish imkonini yaratgan.