Tajieva Umida Rajabbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Xiva xonligida tabiatdan foydalanish masalalari tarixiy jarayonlar kontekstida  (XVIII-XX asr boshi), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tar873.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Raxmonova Yulduzxon Madrimovna, tarix fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Urganch davlat univesiteti.
 IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Karlibaev Makset Abdibaevich, tarix fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Abdullaev Timur Pulatovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XVIII – XX asr boshlarida Xiva xonligida tabiatdan foydalanish masalalarini tarixiy jarayonlar kontekstida  ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xiva xonligiga oid mahalliy va xorijiy manbalarda aniqlangan ma’lumotlar o‘sha davr tabiati (iqlim, er, suv manbalari, flora va fauna) va tabiat hodisalari  (shiddatli sovuq, ekinlarga chigirtkalar hujumi, vabo ofati, oy tutilishi, zilzila, chaqmoq urishi va boshqalar)ni tavsiflash imkonini berishi dalillangan;
Xorazm vohasining tabiiy sharoitidan kelib chiqqan holda asosiy sug‘orish kanallariga, xonlik markaziga yaqin joylashgan unumdor dalalar bug‘doy va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini etishtirishga hamda bog‘dorchilikka yo‘naltirilganligi, suvi kam chekka hududlarda poliz mahsulotlari etishtirilgani, chorvachilik  asosiy o‘rinni tutganligi, dengiz, ko‘llar va daryolar baliqchilik rivojlanishiga xizmat qilgani ko‘rsatib berilgan;
Xiva xonligida er-suv resurslaridan foydalanishda xon hokimiyatining sug‘oriladigan erlarni kengaytirish va taqsimlashdagi markaziy roli, yangi sug‘orish loyihalari faqat xon va uning vazirlari boshchiligida amalga oshirilganligi, shuningdek, vohaning tabiiy sharoitiga ko‘ra nisbiy izolyasiyasi va aholi zichligining pastligi Qo‘ng‘irotlar sulolasining markazlashuviga yordam bergan muhim omillardan bo‘lganligi ochiqlangan;
Suv tanqisligi sharoitida ko‘p yillar davomida mahalliy aholining tabiatdan foydalanish jarayonida to‘plangan boy tajribasi erlarni  tayyorlash, o‘g‘itlash va sug‘orishning o‘ziga xos usullarini shakllantirishga xizmat qilgani, xonlikdagi muhofazalangan erlar (yaylovlar, ovchilik hududlari, bog‘lar va xon qabristonlari) tabiiy resurslarni qo‘riqlash instituti sifatida ham namoyon bo‘lishi asoslangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan taklif va xulosalar asosida:
Xiva xonligiga oid mahalliy va xorijiy manbalarda aniqlangan ma’lumotlar o‘sha davr tabiati (iqlim, er, suv manbalari, flora va fauna) va tabiat hodisalari  (shiddatli sovuq, ekinlarga chigirtkalar hujumi, vabo ofati, oy tutilishi, zilzila, chaqmoq urishi va boshqalar)ni tavsiflash imkonini berishi bo‘yicha natijalardan “Ichan-qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasining “Tabiat muzeyi” ekspozisiyasini boyitishda va ekskursiya jarayonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 16-maydagi 05-12-15-3210-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ilmiy xulosalar, vohaning tabiati, hozirgi kunda Qizil kitobga kiritilgan, yo‘qolgan va yo‘qolib borayotgan o‘simlik va hayvonot olami haqida qiziquvchilar, sayyohlarga yanada kengroq ma’lumot berishda asos bo‘lib xizmat qilmoqda;
Xorazm vohasining tabiiy sharoitidan kelib chiqqan holda asosiy sug‘orish kanallariga, xonlik markaziga yaqin joylashgan unumdor dalalar bug‘doy va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini etishtirishga hamda bog‘dorchilikka yo‘naltirilganligi, suvi kam chekka hududlarda poliz mahsulotlari etishtirilgani, chorvachilik  asosiy o‘rinni tutganligi, dengiz, ko‘llar va daryolar baliqchilik rivojlanishiga xizmat qilgani haqidagi natijalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan "Mavzu" ko‘rsatuvlarining senariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokanalining 2023-yil 15-avgustdagi 06-28-1236-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar xonlikda tabiatdan foydalanish va xo‘jalik tizimining xususiyatlarini ochib berishga xizmat qilgan;
Xiva xonligida er-suv resurslaridan foydalanishda xon hokimiyatining sug‘oriladigan erlarni kengaytirish va taqsimlashdagi markaziy roli, yangi sug‘orish loyihalari faqat xon va uning vazirlari boshchiligida amalga oshirilganligi, shuningdek, vohaning tabiiy sharoitiga ko‘ra nisbiy izolyasiyasi va aholi zichligining pastligi Qo‘ng‘irotlar sulolasining markazlashuviga yordam bergan muhim omillardan bo‘lganligi bilan bog‘liq natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Xorazm Ma’mun akademiyasining 2018 – 2020-yillarda amalga oshirilgan I-FA-2019-25 shifrli “Xorazm shaharlarining tarixi, madaniy meroslari, obidalari va san’at asarlarining tadqiqotlari asosida smart texnologiyalarini yaratish” loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi  Fanlar Akademiyasining 2023-yil 19-iyuldagi 3/1255-1515-sonli ma’lumotnomasi). Olingan natijalar Xiva xonligi hududidagi urbanizatsiya jarayonlarida muhim o‘rin tutgan tabiiy-geografik omillarni tadqiq etishga xizmat qilgan;
Suv tanqisligi sharoitida ko‘p yillar davomida mahalliy aholining tabiatdan foydalanish jarayonida to‘plangan boy tajribasi erlarni  tayyorlash, o‘g‘itlash va sug‘orishning o‘ziga xos usullarini shakllantirishga xizmat qilgani, xonlikdagi muhofazalangan erlar (yaylovlar, ovchilik hududlari, bog‘lar va xon qabristonlari) tabiiy resurslarni qo‘riqlash instituti sifatida ham namoyon bo‘lishi haqidagi xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan "Mavzu" ko‘rsatuvlarining senariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokanalining 2023-yil 15-avgustdagi 06-28-1236-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar xonlikda tabiiy resurslardan foydalanish va muhofaza qilish haqidagi bilimlarni boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish