Yusupov Hamidbek Sultanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “XIX-XX asr boshlarida Xiva madrasalari” 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tar 1057
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Masharipov Qudrat Yuldashevich - tarix fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Koshanov Baxitbay Abdikerimovich - tarix fanlari doktori, professor.
Zamonov Akbar Turginovich - tarix fanlari falsafa doktori, (PhD) dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Nukus davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. XIX-XX asr boshlarigacha bo‘lgan davrdagi Xiva madrasalari tarixini hamda ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayonlarga o‘tkazgan ta’sirini tizimli asosda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Xiva xonligi madrasalarida faqat aslzodalarning (shahzodalar, amaldorlar, yirik er egalari va boylar) farzandlari bilim olish imkoniyatiga ega bo‘lganligi haqidagi eski qarashlarning haqiqatga zid ekanligi, madrasalarda ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar xonlik fuqarolarining katta qismi bilim olish imkoniyatiga ega bo‘lganliklari tarixiy manbalar asosida dalillangan;
Xiva xonligida XIX asr birinchi choragiga kelib, Xiva xonlari madaniy hayot sohalarida muayyan islohotlarni amalga oshirishlari asosida, madrasalar soni ko‘paygan bo‘lsa-da, ammo faqat mazkur davr ijtimoiy-iqtisodiy talablariga mos mutaxassislar etishtirib berish bilan cheklanilganligi, madrasalarda shu davr jahon ilm-fan va madaniy-ma’rifiy andozalariga mos kelmaydigan ta’lim tizimining saqlanib qolinganligi, zamonaviy dunyoviy fanlarning o‘qitilishiga juda kam e’tibor qaratilganligi natijasida xonlikning ilm-fan va madaniy taraqqiyotda zamondan orqada qolib ketishiga sabab bo‘lganligi isbotlangan;
Asrlar davomida ilm-ma’rifat maskanlari bo‘lib kelgan madrasalar bir tarafdan Rossiya imperiyasining va keyinchalik esa totalitar sovet rejimining islom diniga hamda musulmon ma’rifatiga qarshi kurashi oqibatida, ikkinchi tarafdan madrasalar mutaassib ulamolarining buyuk ajdodlarimizning va ma’rifatparvar jadid allomalarining taraqqiyotga xizmat qiluvchi yutuqlariga, ilmiy kashfiyotlarga e’tibor qaratmay va, aksincha, bu qarashlarga qat’iyan qarshi bo‘lganliklari sababli madrasalarning madaniyat va ma’rifat markazlari vazifasini ilgaridek bajara olmay qolishiga olib kelganligi asoslangan;
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Xiva xonligida ilm-fan va madaniyat taraqqiyoti Uyg‘onish davrlari (IX-XII va XIV-XV asrlar) darajasida taraqqiy qilmagan bo‘lsa-da, ammo baribir rus-chor hukumati va sovet hukumati amaldorlari tomonidan xonlik aholisini savodsiz, qoloq, madaniyasiz deb baho berganliklari asossiz ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XIX-XX asr boshlarida Xiva madrasalari mavzusi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Xiva xonligi madrasalarida faqat aslzodalarning (shahzodalar, amaldorlar, yirik er egalari va boylar) farzandlari bilim olish imkoniyatiga ega bo‘lganligi haqidagi eski qarashlarning haqiqatga zid ekanligi, madrasalarda ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar xonlik fuqarolarining katta qismi bilim olish imkoniyatiga ega bo‘lganliklari tarixiy manbalar asosida dalillanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2022-yil 23-dekabr 405-sonli ma’lumotnomasi). Dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiyalardan xalq tafakkurida tarixiy ongning shakllanishi va mustahkamlanishiga, mamlakatimiz tarixini o‘rganishga qaratilgan ilmiy ko‘nikma va yondashuvlar bo‘yicha malakaga ega bo‘lishga, tarix sohasidagi bilimlarini oshirishga imkon yaratgan;
Xiva xonligida XIX asr birinchi choragiga kelib, Xiva xonlari madaniy hayot sohalarida muayyan islohotlarni amalga oshirishlari asosida, madrasalar soni ko‘paygan bo‘lsa-da, ammo faqat mazkur davr ijtimoiy-iqtisodiy talablariga mos mutaxassislar etishtirib berish bilan cheklanilganligi, madrasalarda shu davr jahon ilm-fan va madaniy-ma’rifiy andozalariga mos kelmaydigan ta’lim tizimining saqlanib qolinganligi, zamonaviy dunyoviy fanlarning o‘qitilishiga juda kam e’tibor qaratilganligi natijasida xonlikning ilm-fan va madaniy taraqqiyotda zamondan orqada qolib ketishiga sabab bo‘lganligi to‘g‘risidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi tizimida amalga oshirilgan turli tadbirlarda foydalanilgan hamda Xivadagi “Ichan-Qal’a” muzey-qo‘riqxonasida ekspozisiyalarni boyitishda, xorijiy va mahalliy sayyohlarga ekskursiyalar o‘tkazishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining 2023-yil 10-yanvar 01-20/61-sonli ma’lumotnomasi). Bu ma’lumotlar o‘zbek xalqining tarixiy-madaniy merosini saqlash, tadqiq etish va kelgusi avlodlarga etkazishga qaratilgan davlat dasturlarini bajarishga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni saqlash, targ‘ib etishga bag‘ishlangan loyihalarni ishlab chiqishga hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimidagi o‘quv muassasalarida tarixiy manbashunoslik bo‘yicha talabalar uchun darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratishga asos bo‘lib xizmat qilgan;
asrlar davomida ilm-ma’rifat maskanlari bo‘lib kelgan madrasalar bir tarafdan Rossiya imperiyasining va keyinchalik esa totalitar sovet rejimining islom diniga hamda musulmon ma’rifatiga qarshi kurashi oqibatida, ikkinchi tarafdan madrasalar mutaassib ulamolarining buyuk ajdodlarimizning va ma’rifatparvar jadid allomalarining taraqqiyotga xizmat qiluvchi yutuqlariga, ilmiy kashfiyotlarga e’tibor qaratmay va, aksincha, bu qarashlarga qat’iyan qarshi bo‘lganliklari sababli madrasalarning madaniyat va ma’rifat markazlari vazifasini ilgaridek bajara olmay qolishiga olib kelganligi aniq ilmiy mulohazalar, fikrlar, xulosalar va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” DUK qoshidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Taqdimot” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda (“O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2023-yil 30-yanvardagi 06-21-88-son ma’lumotnomasi) hamda Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining “Adabiy muhit”, “Xorazmnoma”, “Assalom Xorazm” ko‘rsatuvlarini ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 5- yanvar 1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Xiva xonligida ta’lim tizimi va bu tizimda madrasalarning o‘rni borasida dissertatsiyada keltirilgan ma’lumotlar yoshlarda umuminsoniy qadriyatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilgan;
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Xiva xonligida ilm-fan va madaniyat taraqqiyoti Uyg‘onish davrlari (IX-XII va XIV-XV asrlar) darajasida taraqqiy qilmagan bo‘lsa-da, ammo baribir rus-chor hukumati va sovet hukumati amaldorlari tomonidan xonlik aholisini savodsiz, qoloq, madaniyasiz deb baho berganliklari asossiz ekanligi dalillangan ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” DUK qoshidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Taqdimot” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda (“O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2023-yil 30-yanvardagi 06-21-88-son ma’lumotnomasi) hamda Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining “Adabiy muhit”, “Xorazmnoma”, “Assalom Xorazm” ko‘rsatuvlarini ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 5- yanvar 1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Xiva xonligida ta’lim tizimi va bu tizimda madrasalarning o‘rni borasida dissertatsiyada keltirilgan ma’lumotlar yoshlarda umuminsoniy qadriyatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilgan.