Ergashev Shohruh Vosiljon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida milliy tansport infratuzilmasini takomillashtirish yo‘nalishlari (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ misolida)”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt1873.
Ilmiy rahbar: Xashimova Naima Abitovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.07.2022.I.16.05 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Nazarova Fotima Xakimovna iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Is’xokov Abdulaxat Qayumovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijov mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida milliy transport infratuzilmasini takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy transport infratuzilmasi samaradorligini resurslarni solishtirma og‘irligi  va nosozliklarni solishtirma og‘irligi kabi integral ko‘rsatkich asosida xususiy indekslar orqali baholashning uslubiy yondashuvi muallif tomonidan taklif qilingan ishonchlilik indeksi  I_ISHCHnni kiritish asosida takomillashtirilgan;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda transport va logistik xizmatlarni rivojlantirish doirasidagi jarayonlarni yagona tizim asosida boshqarishga asoslangan “Temir yo‘llar infratuzilmasini boshqarish” yagona avtomatlashtirilgan axborot bazasi vositasida temir yo‘llarda yuk tashish va konteyner tashish xarajatlarini kamaytirish hamda temir yo‘l tashish xavfsizligini ta’minlash taklifi asoslangan;
temir yo‘llar infratuzilmasidan foydalanishda yuk tashish ishtirokchilarini yagona axborot boshqaruv tizimiga jalb qilish imkonini beruvchi “logistik transport zanjiri”ni shakllantirishda raqamli hisoblagichni yaratish orqali vagonlar aylanmasi bilan bog‘liq ekspluatasiya xarajatlarini (EXo‘yx ≈17-18%) qisqartirish taklifi asoslangan;
ARIMA modeli asosida infratuzilmasini takomillashtirishga qilingan xarajatlarning temir yo‘llar orqali tashiladigan yuk va yo‘lovchi hajmiga ta’sirining 2027 yilgacha pessimistik, optimistik va o‘rtacha variant ssenariylarining prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida milliy transport infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
milliy transport infratuzilmasi samaradorligini resurslarni solishtirma og‘irligi  va nosozliklarni solishtirma og‘irligi kabi integral ko‘rsatkich asosida xususiy indekslar orqali baholashning uslubiy yondashuvi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ amaliyotiga (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ning 2024-yil  23-maydagi 03/1992-24-son ma’lumotnomasi) joriy etilgan. Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi mamlakat temir yo‘l infratuzilma kompleksini samaradorligi  integral ko‘rsatkichining pasayishiga sabab bo‘layotgan xo‘jalikni aniqlash va infratuzilma tarkibidagi barcha xo‘jaliklar bo‘yicha hisoblangan koeffisientlar indekslarning o‘zgarish sabablarini aniqlash imkonini berdi;
 temir yo‘llar infratuzilmasidan foydalanishda vagonlar aylanmasi bilan bog‘liq ekspluatatsiya xarajatlarining dinamik o‘sish sur’atlarini baholashga yo‘naltirilgan “elektron kalkulyator”ni yaratish orqali yuk tashish ishtirokchilarini yagona axborot boshqaruv tizimiga jalb qilishning “logistik transport zanjiri”ni shakllantirish taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ amaliyotiga (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ning 2024-yil  23-maydagi 03/1992-24-son ma’lumotnomasi) joriy etilgan. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llarida yuk tashish jarayonining barcha ishtirokchilarini yagona boshqaruv tizimiga jalb qilish va butun yuklarni birgalikda optimallashtirishni ta’minlaydigan “logistik transport zanjiri” shakllantirish va vagonlar aylanmasi bilan bog‘liq ekspluatatsiya xarajatlarining yillik hajmini o‘rtacha 17-18 foizga qisqartirish imkoniyatini bergan;
mamlakat transport-logistika infratuzilmasida raqamlashtirish jarayonlarining transport infratuzilmasini takomillashtirish va samaradorligiga ta’sirini operatsion, boshqaruv  va iqtisodiy samaradorlik mezonlari asosida baholash uslubiyoti taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ amaliyotiga (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ning 2024-yil 23-maydagi 03/1992-24-son ma’lumotnomasi) joriy etilgan. Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi raqamli texnologiyalar asosida transport - logistika tizimini takomillashtirishda kuchlar, mablag‘ va vaqtdan maqbul foydalanishni ta’minlash imkonini beradi;
ARIMA modeli asosida temir yo‘llar orqali tashiladigan yuk va yo‘lovchi hajmining 2027-yilgacha pessimistik, optimistik va o‘rtacha variant ssenariylarining prognoz qiymatlari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ amaliyotida qo‘llanilgan. (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ning 2024-yil  23-maydagi 03/1992-24-son ma’lumotnomasi) Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ  2027-yilgacha rivojlanish strategiyasini takomillashtirish xamda korxonaning istiqboldagi parametrlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkoniyati yaratildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish