Tojieva Maxliyoxon Jahongir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasining iqtisodiy rivojlanishini statistik baholash”, 08.00.06 – “Ekonometrika va statistika”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1684
Ilmiy rahbar: G‘oyibnazarov Bahodir Karimovich,
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Nosir Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Arzikulov Otabek Ali o‘g‘li., iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulugʻbek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariu va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. O‘zbekistonda turizm sektorining iqtisodiy faoliyatini statistik baholash va istiqbollarini prognozlash bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalqaro tasniflashlarni inobatga olib, iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha mahsulotlar (tovarlar, ishlar, xizmatlar)ning statistik tasniflagichi tarkibiga turistlar sayohatini tashkil qilish, dam olish va sog‘lomlashtirish xizmatlari kabi indikatorlarini kiritish orqali turizm xizmatini statistik hisobga olish tizimi va axborotlar bazasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar ishlab chiqilgan;
turizm sektorining statistik ko‘rsatkichlar tizimini kengaytirilgan holda tasniflash maqsadida hamda kompleks statistik baholashni amalga oshirish uchun katta sonlar qonuniga asoslanib, soha faoliyati, darajasi va dinamikasini ifodalovchi integral ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqilgan;
ko‘p omilli statistik tahlil usullaridan foydalanib, milliy iqtisodiyotning turizm sohasini strategik sektor sifatida rivojlantirishga ta’sir qiluvchi omillar ekonometrik modellarni tuzish asosida baholangan;
ekstensiv va intensiv omilarni hisobga olib, turizm infratuzilmasi hamda turistik oqim hajmining iqtisodiy rivojlanishga ta’sirini baholash maqsadida turizmni mamlakat iqtisodiy ko‘rsatkichlaridagi ulushi qo‘shimcha o‘sishining 2030 yilga qadar statistik prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot natijasida quyidagi ilmiy natijalar amaliyotga joriy etildi:
xalqaro tasniflashlarni inobatga olib, iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha mahsulotlar (tovarlar, ishlar, xizmatlar)ning statistik tasniflagichi tarkibiga turistlar sayohatini tashkil qilish, dam olish va sog‘lomlashtirish xizmatlari kabi indikatorlarini kiritish orqali turizm xizmatini statistik hisobga olish tizimi va axborotlar bazasini takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Turisticheskiy transport i distribusiya” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023 yil 26-iyundagi 211-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda mamlakat hududlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi o‘rtasidagi tafovutlarni qisqartirish jarayonlarini amalga oshirishda samarali vosita sifatidagi asosiy funksiyasi jihatidan takomillashtirilgan turizm sohasi tushunchasining iqtisodiy mazmuni bo‘yicha yangi nazariy bilim va ko‘nikmalar hosil qilish imkoni yaratilgan;
turizm sektorining statistik ko‘rsatkichlar tizimini kengaytirilgan holda tasniflash maqsadida hamda kompleks statistik baholashni amalga oshirish uchun katta sonlar qonuniga asoslanib, soha faoliyati, darajasi va dinamikasini ifodalovchi integral ko‘rsatkichlarini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024 yil 1 fevraldagi 03-12-17-471-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatda turizm sohasini turli umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar orqali statistik baholash imkoni oshirilgan;
turizm sektorining statistik ko‘rsatkichlar tizimini kengaytirilgan holda tasniflash maqsadida hamda kompleks statistik baholashni amalga oshirish uchun katta sonlar qonuniga asoslanib, soha faoliyati, darajasi va dinamikasini ifodalovchi integral ko‘rsatkichlar bo‘yicha berilgan ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024 yil 1 fevraldagi 03-12-17-471-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatda turizm sohasining iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini ko‘p omilli statistik tahlil qilish imkoni oshirilgan;
ekstensiv va intensiv omilarni hisobga olib, turizm infratuzilmasi hamda turistik oqim hajmining iqtisodiy rivojlanishga ta’sirini baholash maqsadida turizmni mamlakat iqtisodiy ko‘rsatkichlaridagi ulushi qo‘shimcha o‘sishining 2030 yilga qadar statistik prognoz parametrlari bo‘yicha berilgan ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024 yil 1 fevraldagi 03-12-17-471-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakat va uning hududlarida turizm sektorini istiqboldagi rivojlanish holatini statistik baholash imkoni yaratilgan.