Xamzaeva Dilfuza Samarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududlarda turistik mahsulotlarni diversifikatsiyalashning iqtisodiy usullarini takomillashtirish”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt2507
Ilmiy rahbar: Rajabov O‘tkir Do‘snaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, DSc.33/01.02.2022.I.145.01
Rasmiy opponentlar: Norchaev Asatullo Norbo‘taevch , iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mansurova Nargiza Shamsiddinovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hududlarda turistik mahsulotlarni diversifikatsiyalashning iqtisodiy usullarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turistik mavsum bo‘lmagan vaqtlarda o‘quvchilar, talabalar va korxona xodimlari ishtirokidagi 4 ming nafar aholining sayohatlarini nazarda tutuvchi   Boysun tumanida “Olma” sayli, Oltinsoy tumanida “Uzum” sayli, Sherobod tumanida “Anor” sayli va Denov tumanida “Milliy taomlar” sayillarini o‘tkazish bo‘yicha amaliy asoslangan takliflar ishlab chiqilgan;
Surxondaryo viloyatida xorijiy turistlarni jalb qilish yo‘nalishida “Termiziylar yurtiga sayohat qil!” sayohat dasturi asosida Tojikiston Respublikasidan yil davomida 100 ming sayyohni jalb qilishga mo‘ljallangan  Sariosiyo tumanidagi Xonjiza qishlog‘ida zamonaviy dam olish zonalari, mehmonxonalar, bolalar maydonchalari, suzish havzalarini barpo qilish  orqali, turistik mahsulotlarni diversifikatsiyalash bo‘yicha amaliy asoslangan takliflar ishlab chiqilgan;
ichki va tashqi tibbiy turizm rivojlanishini nazarda tutuvchi  Sherobod tumanidagi Chorbog‘ qishlog‘ida joylashgan sanatoriy va tuz g‘ori majmuini zamonaviy kapital rekonstruksiya qilish hamda davlat xususiy sheriklikning takomillashtirilgan modeli orqali barcha xizmatlarni tashkil etish va turistik mahsulotni diversifikatsiyalash maqsadga muvofiqligi asoslangan;
ekonometrik modellashtirish asosida mamlakatimizda turistik mahsulotlarni diversifikatsiyalash va mavsumiylashtirishning ta’sirini kamaytirish, hududlar turistik salohiyati va unga ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlarning prognoz hisob-kitoblari asosida 2030-yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Hududlarda turistik mahsulotlarni diversifikatsiyalashning iqtisodiy usullarini takomillashtirishi” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi bo‘yicha qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar asosida:
turistik mavsum bo‘lmagan vaqtda o‘quvchilar, talabalar va korxonalar xodimlarini jalb qilgan holda 4 ming nafar aholining sayohatlarini tashkil etish maqsadida Boysun tumanida “Olma” sayli, Oltinsoy tumanida “Uzum” sayli, Sherobod tumanida “Anor” sayli va Denov tumanida “Milliy taomlar” sayillarini o‘tkazish bo‘yicha amaliy asoslangan takliflar 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-135-sonli qarori ijrosi chora-tadbirlar rejasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 11-iyundagi 03-11-17-343-son ma’lumotnomasi). Natijada, turizm faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik subektlari soni ikki baravarga oshgan;
Surxondaryo viloyatida xorijiy turistlarni jalb qilish yo‘nalishida “Termiziylar yurtiga sayohat qil!” sayohat dasturi orqali Tojikiston Respublikasidan yil davomida 100 ming sayyohni jalb qilish asosida Sariosiyo tumanida joylashgan Xonjiza qishlog‘i hududida zamonaviy kompleks infratuzilma va turistik zonalar, shu jumladan dam olish zonalari, mehmonxonalar, bolalar maydonchalari, suzish havzalarini yaratishish orqali turistik mahsulotlarni diversifikatsiyalash bo‘yicha amaliy asoslangan takliflar 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-135-sonli qarori ijrosi chora-tadbirlar rejasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 11-iyundagi 03-11-17-343-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi Surxondaryo viloyatining turistik salohiyatidan oqilona foydalanish asosida hudud turizmiga mavsumiylik ta’sirini kamaytirishga va ko‘rsatiladigan turistik xizmatlar hajmini 1,7 baravar oshirishga imkon bergan;
Surxondaryo viloyati hududlari kesimida mavsumiylikni yumshatish maqsadida Sherobod tumani “Chorbog‘” qishlog‘ida sanatoriy va tuz g‘ori majmuini ta’mirlash hamda tibbiy turizmni rivojlantirish uchun Davlat xususiy sheriklikning takomillashtirilgan modeli orqali barcha xizmatlarni tashkil etilish va turistik mahsulotni diversifikatsiyalash bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-135-sonli qarori ijrosi chora-tadbirlar rejasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 11-iyundagi 03-11-17-343-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Davlat xususiy sheriklik asosida “Xo‘jaikon shifo” MChJ tomonidan qiymati 30 mlrd. so‘m bo‘lgan loyihaning amalga oshirilishi hududda turistik xizmatlar ko‘rsatish samaradorligini 10 foizga oshirgan;
ekonometrik modellashtirish asosida mamlakatimizda turistik mahsulotlarni diversifikatsiyalash va mavsumiylikning ta’sirini kamaytirish hududlar turistik salohiyati va unga ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlarning prognoz hisob-kitoblari asosida 2030-yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli ishlab chiqilgan prognoz parametrlarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar Turizm  qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan “2023-2025-yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar” dasturi va “Yo‘l xaritalari”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 11-iyundagi 03-11-17-343-son ma’lumotnomasi). Mazkur parametrlarni qo‘llash turistik destinatsiyalarning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish