Faxrutdinov Nuritdin Zaynutdinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston sharoitida sitrus o‘simliklarini intensiv etishtirish va hosildorligini oshirishning ilmiy asoslari”, 06.01.07 – Mevachilik va uzumchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Qx253.
Ilmiy maslaxatchi: Buriev Xasan Chutbaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Sultanov Kamolitdin Sadriddinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Gulov Saidali Mamurovich, biologiya fanlari doktori, professor; Normuratov Ilxom Turgunovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston sharoitida sitrus o‘simliklarini intensiv etishtirish va hosildorligini oshirishning ilmiy asoslarini yaratish va ishlab chiqarishga tadbiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor sitrus daraxtlarini o‘sish-rivojlanishi himoyalangan inshootlarda maqbul havo harorati (20-30 °S) ga va havoning nisbiy namligi bilan o‘zaro korrelyasion bog‘liqlikda (r=0,84) yaxshi bo‘lganligi isbotlangan;
sitrus ko‘chatlarini intensiv ko‘paytirish texnologiyasi asosida yashil qalamchalardan ko‘paytirilganda kallus hosil bo‘lishi limonning “Meyer”, “Tashkentskiy”, “Yubileyniy” navlarida 8-9 kunda, apel`sinni “Gamlin” navida 17 kunda, mandarinning “Unshiu” va greypfrutning “Dunkan” navlarida 20-22 kunda, ildiz olishi mos ravishda: 90,6-95,6 %; 33,0 %; 13,6-17,3 %  bo‘lganligi aniqlangan;
sitrus o‘simliklarini 3,0x2,0 m sxemada ekilganda, oziqlanish maydoni 6,0 m² bo‘lib, hosildorlik limonning “Meyer” navida 32,0 t/ga, “Tashkentskiy” navida 74,9 t/ga, “Yubileyniy” navida 81,6 t/ga, apel`sinning “Gamlin” navida  98,0 t/ga, mandarin “Unshiu” navida 93,6 t/ga, greypfrut “Dunkan” navida 116,5 t/ga bo‘lganligi isbotlangan;
turli sug‘orish usullarida suv sarfi va bir tupdagi mevalarning miqdori orasidagi korrelyasion bog‘liqlik regressiya tenglamasi y=-0,0522x+176,3, suv sarfi va bir tupdagi mevalar miqdori orasidagi korrelyasiya koeffisienti R²=0,0142 ga teng bo‘lib, ular orasida kuchsiz to‘g‘ri chiziqli korrelyasion bog‘liqlik mavjud ekanligi aniqlangan;
o‘g‘itlash va hosildorlik o‘rtasidagi bog‘liqlikning regressiya tenglamasi y=0,7486x+67,758, korrelyasiya koeffisienti R²=0,0369 ga, o‘g‘itlash me’yori va bir tupdagi mevalar orasidagi bog‘liqlikning regressiya tenglamasi y=0,9316x+200, korrelyasiya koeffisienti esa R²=0,0146 ga teng bo‘lganligi aniqlangan;
sitrus daraxtlariga sharsimon shakl berilganda limonning  “Meyer” navida (46,6 t/ga), “Tashkentskiy” navida (80,9 t/ga), “Yubileyniy” navida (266,6 t/ga), apel`sinning “Gamlin” navida (110,4 t/ga), mandarinni “Unshiu” navida (46,5 t/ga) va greypfrutning “Dunkan” navida (162,4 t/ga) eng yuqori hosildorlik bo‘lganligi isbotlangan;
limonning yuqori hosilli “Tashkentskiy” va “Yubileyniy” navlari 2015 yili hammualliflikda yaratilgan va himoyalangan inshootlar uchun parvarishlash bo‘yicha namunaviy agrotexnologik karta ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston sharoitida sitrus o‘simliklarini intensiv etishtirish va hosildorligini oshirishning ilmiy asoslari bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
bog‘dorchilik fermer xo‘jaliklari uchun “Har bir oila – tadbirkor” Davlat dasturiga asosan “Resurstejamkor usulda limon etishtirish texnologiyasi” mavzusidagi tavsiyanoma tasdiqlangan (Sitrus, subtropik va tropik o‘simlik etishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasining 18.12.2023-yildagi № 136-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma limonchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida intensiv sitrus bog‘larini barpo qilish va parvarishlashda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
sitrus o‘simliklarini yarim yog‘ochlangan novdalardan tayyorlangan qalamchalardan ko‘paytirish ishlanmasi Buxoro viloyati Pushku tumani “Peshku limonchilik ravnaqi” fermer xo‘jaligida 1,0 gektar, Andijon viloyati Baliqchi tumani “Tyanshan limonlari” MChJda 1,0 gektar maydonida joriy etilgan (Sitrus, subtropik va tropik o‘simlik etishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasining 18.12.2023-yildagi № 136-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida iqtisodiy samaradorlik gektariga 567 % va 193 % ni ni tashkil etgan;
sitrus o‘simliklarini sug‘orish tartiboti va usullarini hosildorlikka ta’siri bo‘yicha ishlanma Farg‘ona viloyati Buvayda tumani “Yagona zamin savdo” dehqon xo‘jaligida 0,3 gektar, o‘simliklarga shakl berish texnologiyasi Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani “Sirdaryo million limon” MChJ da 0,5 gektar maydonda joriy etilgan (Sitrus, subtropik va tropik o‘simlik etishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasining 18.12.2023-yildagi № 136 - sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida 75-77 t/ga sifatli hosil olingan va 650-770 mln. so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan, rentabellik darajasi 238 - 300 % ni tashkil etgan;
qish oylarida sitrus o‘simliklarini himoyalash usullari bo‘yicha yaratilgan ishlanma Toshkent viloyati Bo‘ka tumani “Agro Mega Limonariya” MChJ da 1,5 gektar maydonda joriy etilgan (Sitrus, subtropik va tropik o‘simlik etishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasining 2023-yil 18-dekabrdagi №136-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida gektar hisobidan 85 tonna sifatli hosil olingan va gektariga 850 mln. so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan bo‘lib, rentabellik darajasi 183 % ni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish