Oribjonova Nodira Shuxratjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘smirlik davrida axloqiy o‘zini o‘zi baholashining psixologik xususiyatlari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/P350.
Ilmiy rahbar: Xalilova Nargiza Ikromalievna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02
Rasmiy opponentlar: Kamilova Nodira G‘ayratovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Jabborov Xazrat Xusenovich, psixologiya  fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘smirlik davrida axloqiy o‘zini o‘zi baholashning ro‘yobga chiqishini belgilab beruvchi psixologik omillari asosida bu jarayonga ta’sir ko‘rsatishning amaliy usullarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smirlarda axloqiy o‘zini o‘zi baholashning axloqiy o‘zini o‘zi anglash komponentlariga bog‘liq holda namoyon bo‘lishiga ko‘ra, egosentrik, guruhiy, gumanistik, yaratuvchanlikka yo‘nalganlikning faol fuqarolik pozisiyasi bilan uyg‘un rivojlanishi tufayli shaxs refleksiv jarayonlari ustuvor xarakterga ega ekanligi asoslangan;
o‘smirlik davrida axloqiy o‘zini o‘zi anglash komponentlariga ustuvorlik berish natijasida qadriyatlar tizimida anglangan ijtimoiy ta’sir mexanizmlarini (norma, axloqiy ustanovka) shaxsning o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatida ifodalanishi orqali shaxsiy ijtimoiy identifikatsiyasining rivojlanishi asoslanilgan;
shaxsda axloqiy etnik mas’uliyatlilik komponentlari lokalizatsiyasiga ko‘ra, axloqiy sohadagi intuisiya, ekzistensial mas’uliyat, alturistik emosiyaning realistik tafakkur ta’sirida nazorat qilinishi tufayli xulq-atvorda axloqiy o‘zini o‘zi baholashning yoshga bog‘liq xususiyatlari dalillangan;
o‘smirlik davrida axloqiy o‘zini o‘zi baholash uchun o‘zini o‘zi anglash, tushunish va bilish, tahlil qilishning hayotiy maqsadlar komponentlarga integratsiyasi natijasida “Men”ga nisbatan konstruktiv emosional munosabatning rivojlanishiga asoslanib, motivasion-refleksiv sohaga korreksion adaptiv ta’sir etish muhimligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘smirlik davrida axloqiy o‘zini o‘zi baholashining psixologik xususiyatlariga oid muammoni tadqiq etish natijasida:
o‘smirlarda axloqiy o‘zini o‘zi baholashning axloqiy o‘zini o‘zi anglash komponentlariga bog‘liq holda namoyon bo‘lishiga ko‘ra, egosentrik, guruhiy, gumanistik, yaratuvchanlikka yo‘nalganlikning faol fuqarolik pozisiyasi bilan uyg‘un rivojlanishi tufayli shaxs refleksiv jarayonlari ustuvor xarakterga ega ekanligini asoslashga doir xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 23 noyabrdagi PM-111-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» va “Pedagogik psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 30 noyabrdagi PM-111-a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlik davrida axloqiy o‘zini o‘zi baholashga xizmat qiluvchi yetakchi omillarni aniqlashda gumanistik, yaratuvchanlikka yo‘nalganlik rivojlanishining faol fuqarolik pozisiyasi kabi komponentlarining ustuvor xarakterga ega ekanligini tahlil etishga sharoit yaratilgan;
o‘smirlik davrida axloqiy o‘zini o‘zi anglash komponentlariga ustuvorlik berish natijasida qadriyatlar tizimida anglangan ijtimoiy ta’sir mexanizmlarini (norma, axloqiy ustanovka) shaxsning o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatida ifodalanishi orqali shaxsiy ijtimoiy identifikatsiyasining rivojlanishi asoslanilishiga oid xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 23 noyabrdagi PM-111-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» va “Umumiy psixodiagnostika”moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 30 noyabrdagi PM-111-a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlik davrida axloqiy o‘zini o‘zi baholash qadriyatlar tizimi, anglangan ijtimoiy ta’sir mexanizmlari, shaxsning o‘z- o‘ziga bo‘lgan munosabati darajasi bilan bog‘liqlik jihatlari asosida tavsiyalar ishlab chiqilgan;
shaxsda axloqiy etnik mas’uliyatlilik komponentlari lokalizatsiyasiga ko‘ra, axloqiy sohadagi intuisiya, ekzistensial mas’uliyat, alturistik emosiyaning realistik tafakkur ta’sirida nazorat qilinishi tufayli xulq-atvorda axloqiy o‘zini o‘zi baholashning yoshga bog‘liq xususiyatlari dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 23 noyabrdagi PM-111-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» va “Umumiy psixodiagnostika” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 30 noyabrdagi PM-111-a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlik davrida axloqiy o‘zini o‘zi baholashning kognitiv soha bilan uyg‘unlashganligi hamda ahloqiy o‘zini o‘zi baholashning yoshga bog‘liq rivojlanish imkoniyatlari tahlil qilingan;
o‘smirlik davrida axloqiy o‘zini o‘zi baholash uchun o‘zini o‘zi anglash, tushunish va bilish, tahlil qilishning hayotiy maqsadlar komponentlarga integratsiyasi natijasida “Men”ga nisbatan konstruktiv emosional munosabatning rivojlanishiga asoslanib, motivasion-refleksiv sohaga korreksion adaptiv ta’sir etish muhimligi isbotlangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 23 noyabrdagi PM-111-son buyrug‘i bilan «Psixologik xizmat» va “Psixologik trening asoslari” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 30 noyabrdagi PM-111-a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlik davrida axloqiy o‘zini o‘zi baholashning yetakchi komponentlariga asoslanib, shaxs sohasiga korreksion-rivojlantiruvchi ta’sir ko‘rsatishning amaliy imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish