Saydullaev Djamoliddin Yaxshiboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Talabalarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/P382.
Ilmiy rahbar: Saidov Azamat Ismoilovich, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Karimova Vasila Mamanosirovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Xodjiboev Ilhomjon Islomjonovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini baholash orqali amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda ilmiy dunyoqarashni shakllanishida tanqidiy va mustaqil fikrlashning muvaffaqiyatga intilish bilan ijobiy, ilmiy fikrlashning muvaffaqiyasizlikdan qochish motivi bilan teskari korrelyasiyaga ega ekanligi tufayli “muvaffaqiyatga nisbatan munosabat”ning ustuvor xarakterga ega ekanligi asoslangan;
talabalarning ilmiy dunyoqarashini shakllanishi ularning akademik o‘zlashtirish darajasiga bog‘liq ravishda axborotlarni “bilish”ga, ijtimoiy tan olinishga erishish, axborotlarni qayta ishlab introeksiyalanishiga olib kelganligi tufayli o‘quv motivlari bilan identiv kechishi dalillangan;
talabalarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda ilmiy fikrlashning obekt tuzilishini o‘zgartirish, tanqidiy fikrlashning yangilik hissi, ijodkorlikka yo‘nalganlik, mustaqil fikrlashning yangilik hissi, tanqidiylikka uzviy bog‘liqligini guruhiy munosabatlarda usutvor namoyon bo‘lishi tufayli ijodiy faollikni oshirishga erishish muhimligi dalaillangan;
talabalarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish ularning tafakkur uslubining o‘quv faoliyat motivlari orasidan bilish (kognitiv), muvaffaqiyatga erishish va introeksiyalash motivlariga ta’sir etib, akademik o‘zlashtirish darajasini differensial ifodalanishiga olib kelganligi sababli “pedagog-talaba” munosabatlari tizimi muhim ijtimoiy-psixologik omil asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda ilmiy dunyoqarashni shaklantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
talabalarda ilmiy dunyoqarashni shakllanishida tanqidiy va mustaqil fikrlashning muvaffaqfiyatga intilish bilan ijobiy, ilmiy fikrlashning muvaffaqiyasizlikdan qochish motivi bilan teskari korrelyasiyaga ega ekanligi tufayli “muvaffaqiyatga nisbatan munosabat”ning ustuvor harakterga ega ekanligini asoslashga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi Ilmiy uslubiy kengashining 2024 yil 11 maydagi 126-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 14 maydagi PM-126a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar ilmiy dunyoqarashiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillar va ularning ta’sir xususiyatlarini aniqlash imkoni yaratilgan;
talabalarning ilmiy dunyoqarashini shakllanishi ularning akademik o‘zlashtirish darajasiga bog‘liq ravishda axborotlarni “bilish”ga, ijtimoiy tan olinishga erishish, axborotlarni qayta ishlab introeksiyalanishiga olib kelganligi tufayli o‘quv motivlari bilan identiv kechishini dalillashga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi Ilmiy uslubiy kengashining 2024 yil 11 maydagi 126-son buyrug‘i bilan «Psixokorreksiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 14 maydagi PM-126a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda ilmiy dunyoqarashiga komponentlari o‘rtasidagi korrelyasion bo‘g‘liqlik natijalarini ochib berishga erishilgan;
talabalarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda ilmiy fikrlashning obekt tuzilishini o‘zgartirish, tanqidiy fikrlashning yangilik hissi, ijodkorlikka yo‘nalganlik, mustaqil fikrlashning yangilik hissi, tanqidiylikka uzviy bog‘liqligini guruhiy munosabatlarda usutvor namoyon bo‘lishi tufayli ijodiy faollikni oshirishga erishish muhimligi dalilashga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi Ilmiy uslubiy kengashining  2024 yil 11 maydagi 126-son buyrug‘i bilan «Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika  universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 14 maydagi PM–126a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda ilmiy dunyoqarash ko‘rsatkichlarini aniqlashga doir tashxis metodikalarini tizimlashtirish imkoni kengaytirilgan;
talabalarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish ularning tafakkur uslubining o‘quv faoliyat motivlari orasidan bilish (kognitiv), muvaffaqiyatga erishish va introeksiyalash motivlariga ta’sir etib, akademik o‘zlashtirish darajasini differensial ifodalanishiga olib kelganligi sababli “pedagog-talaba” munosabatlari tizimi muhim ijtimoiy-psixologik omil asoslashga oid ma’lumotlar Toshkent davlat  pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi Ilmiy uslubiy kengashining 2024 yil 11 maydagi 126-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 14 maydagi PM–126a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar ilmiy dunyoqarashini shakllantirishga mo‘jallangan psixologik treninglar ishlab chiqish va uning samaradorligini baholash samaradorligi oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish