Bo‘riboev Eldar Mamurjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tamaki ishlab chiqarish korxonasi ishchilarining nutrientiv statusini gigienik baholash», 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2696.
Ilmiy rahbar: Azizova Feruza Lyutpillaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Roza Tolanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Elinskaya Ol`ga Leont`evna, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: tamaki ishlab chiqarish korxonasi ishchilarining haqiqiy ovqatlanish holatini va statusini gigienik baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tamaki mahsulotlarni ishlab chiqarish korxonasi asosiy sexlari ishchilari tomonidan bajariladigan ishlarning og‘irligi va keskinligini hisobga olgan holda mahalliy mahsulotlardan iborat kunlik ratsionni tavsiya etish maqsadida o‘rtacha kunlik energiya sarfining yangi varianti ishlab chiqilgan;
tamaki mahsulotlarni ishlab chiqarish korxonalaridagi ishchilarning sex turi, ish yuklamasining og‘irligi, zararligini inobatga olgan holda kunlik ovqatlanish ratsionining son va sifat ko‘rsatkichlarining tahlilarida belgilangan kunlik ratsiondagi tavsiyalarda go‘sht va non mahsulotlari va shakarning ortiqligi isbotlangan;
ishchilarning ozuqa moddalari va energiyaga bo‘lgan kundalik ehtiyojini qondirish maqsadida quyon go‘shti, baliq, mosh, loviya, no‘xat, sut mahsulotlaridan iborat bo‘lgan mahalliy mahsulotlarning kunlik ratsiondagi o‘rni isbotlangan;
tamaki mahsulotlarni ishlab chiqarish korxonalarida milliy mahsulotlarni qo‘shib, ovqatlanish ratsionining biologik qiymatini oshirish hisobiga yangi kunlik ratsionni joriy etish tartibi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 15 maydagi 05/119-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil 2 fevraldagi 53-06275-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: tamaki mahsulotlarni ishlab chiqarish korxonasi asosiy sexlari ishchilari tomonidan bajariladigan ishlarning og‘irligi va keskinligini hisobga olgan holda mahalliy mahsulotlardan iborat kunlik ratsionni tavsiya etish maqsadida o‘rtacha kunlik energiya sarfining yangi varianti ishlab chiqilgani Jizzax viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 16.08.2023 yildagi 1-1/789-son, Jizzax shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi bo‘yicha 16.08.2023 yildagi 1-1/788-son, Paxtachi tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi bo‘yicha 30.08.2023 yildagi 43-son hamda Uchquduq tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi bo‘yicha 07.09.2023 yildagi 356-5-76-SES/2023-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi asosiy sexlardagi ishchilarning bajaradigan ishning og‘irligi va keskinligini inobatga olgan holda mahalliy mahsulotlardan iborat kunlik ratsion tavsiya qilish maqsadida o‘rtacha kunlik energiya sarfining yangi varianti ishlab chiqish natijasida amaldagi 2950,0 kkal o‘rniga erkaklarda 3897,39 kkalni tashkil qilganligi va unga mos keladigan mahalliy ovqatlanish tartibi va ratsionini tuzish orqali ishchilar orasida salomatlik holatini mustahkamlash va kasbiy kasalliklarning oldini olish imkoni beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi asosiy sexlardagi ishchilarning bajaradigan ishning og‘irligi va keskinligini inobatga olgan holda mahalliy mahsulotlardan iborat kunlik ratsion tavsiya qilish maqsadida o‘rtacha kunlik energiya sarfining yangi varianti ishlab chiqish orqali davriy yuzaga keladigan ishchilardagi ishlash qobiliyatini tiklash maqsadida (korxonada bir kunlik ish haqi 82950 so‘m bo‘lsa, mehnatga layoqatsizlik varaqasi 13,32 kunda o‘rtacha 1104894 so‘mni tashkil qiladi); 2) shifoxonada davolanish talab qilinmaydi (shifoxonada bir kun qolish o‘rtacha 110000 so‘mni tashkil qiladi); 3) kasbiy kasalliklar oldi olinib, iqtisod qilishga erishilgan (1 nafar imtiyozli nafaqa pensiyasi oyiga 747000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: tamaki ishlab chiqarish korxonasi ishchilarining kunlik energiya sarfini qoplashga qaratilgan siljishlar orqali yuzaga keladigan asoratlarni oldini olishga qaratilgan davolash taktikasi orqali bir nafar ishchi hisobiga byudjet mablag‘larini o‘rtacha 3317000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: tamaki mahsulotlarni ishlab chiqarish korxonalaridagi ishchilarning sex turi, ish yuklamasining og‘irligi, zararligini inobatga olgan holda kunlik ovqatlanish ratsionining son va sifat ko‘rsatkichlarining tahlilarida belgilangan kunlik ratsiondagi tavsiyalarda go‘sht va non mahsulotlari va shakarning ortiqligi isbotlangani Jizzax viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 16.08.2023 yildagi 1-1/789-son, Jizzax shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi bo‘yicha 16.08.2023 yildagi 1-1/788-son, Paxtachi tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi bo‘yicha 30.08.2023 yildagi 43-son hamda Uchquduq tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi bo‘yicha 07.09.2023 yildagi 356-5-76-SES/2023-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tamaki mahsulotlarni ishlab chiqarish korxonalaridagi ishchilarning ovqatlanish ratsionining son va sifat ko‘rsatkichlarining taxlilarida go‘sht va non mahsulotlari, shakar ortiqligiga qaramasdan amaldagi kunlik energiya sarfining yangi ishlab chiqilgan variantini amalda qo‘llash maqsadida qo‘shimcha ravishda 947,39 kkal ta’minlashga qaratilgan maxalliy mahsulotlardan tashkil topgan kunlik ratsion ishlab chiqish orqali tamaki mahsulotlarning zararli ta’sirini kamaytirish imkonini berganligi bilan izohlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tamaki mahsulotlarni ishlab chiqarish korxonalaridagi ishchilarning sex turi, ish yuklamasining og‘irligi, zararligini inobatga olgan holda kunlik ovqatlanish ratsionini mahalliy mahsulotlardan iborat ratsion tuzish orqali (korxonada bir kunlik ish haqi 82950 so‘m bo‘lsa, mehnatga layoqatsizlik varaqasi o‘rtacha 13,32 kunda 1104894 so‘mni tashkil qiladi); 2) shifoxonada davolanish talab qilinmaydi (shifoxonada 1 kun qolish o‘rtacha 110000 so‘mni tashkil qiladi); 3) kasbiy kasalliklar oldi olinib, iqtisod qilishga erishilgan (1 nafar imtiyozli nafaqa pensiyasi oyiga 747000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: tamaki mahsulotlarni ishlab chiqarish korxonalaridagi ishchilarning sex turi, ish yuklamasining og‘irligi, zararligini inobatga olgan holda kunlik ovqatlanish ratsioning son va sifat ko‘rsatkichlarining boyitish orqali bir nafar ishchi hisobiga byudjet mablag‘larini o‘rtacha 3317000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: ishchilarning ozuqa moddalari va energiyaga bo‘lgan kundalik ehtiyojini qondirish maqsadida quyon go‘shti, baliq, mosh, loviya, no‘xat, sut mahsulotlaridan iborat bo‘lgan mahalliy mahsulotlarning kunlik ratsiondagi o‘rni isbotlangani Jizzax viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 16.08.2023 yildagi 1-1/789-son, Jizzax shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi bo‘yicha 16.08.2023 yildagi 1-1/788-son, Paxtachi tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi bo‘yicha 30.08.2023 yildagi 43-son hamda Uchquduq tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi bo‘yicha 07.09.2023 yildagi 356-5-76-SES/2023-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishchilarning kunlik ozuqa moddalari va energiyaga bo‘lgan ehtiyoji ta’minlash maqsadida kunlik ratsionda quyon go‘shti, baliq go‘shti, mosh, loviya, no‘xot, sut mahsulotlaridan iborat bo‘lgan mahalliy mahsulotlarini qo‘shish orqali ishchilarning salomatligini mustahkamlash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tamaki ishlab chiqarish korxonasi ish o‘rinlarida mehnat jarayonining og‘irligi va tig‘izligi, zararlilik va xavflilik ko‘rsatkichlarning salbiy ta’sirini kamayishi natijasida ishchilar vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotishi oldi olingan (korxonada 1 kunlik ish haqi 82950 so‘m bo‘lsa, mehnatga layoqatsizlik varaqasi o‘rtacha 13,32 kunda 1104894 so‘mni tashkil qiladi); 2) shifoxonada davolanish talab qilinmaydi (shifoxonada 1 kun qolish o‘rtacha 110000 so‘mni tashkil qiladi); 3) kasbiy kasalliklar oldi olinib, iqtisod qilishga erishilgan (1 nafar imtiyozli nafaqa pensiyasi oyiga 747000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: mazkur dissertatsiya doirasida bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishida aniqlangan tamaki ishlab chiqarish korxonasi ishchilarining nutrientiv statusini gigienik baholash orqali bir nafar ishchi hisobiga byudjet mablag‘larini o‘rtacha 3317000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tamaki mahsulotlarni ishlab chiqarish korxonalarida milliy mahsulotlarni qo‘shib, ovqatlanish ratsionining biologik qiymatini oshirish hisobiga yangi kunlik ratsionni joriy etish tartibi ishlab chiqilgani Jizzax viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 16.08.2023 yildagi 1-1/789-son, Jizzax shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi bo‘yicha 16.08.2023 yildagi 1-1/788-son, Paxtachi tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi bo‘yicha 30.08.2023 yildagi 43-son hamda Uchquduq tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi bo‘yicha 07.09.2023 yildagi 356-5-76-SES/2023-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tamaki mahsulotlarni ishlab chiqarish korxonada milliy mahsulotlarni qo‘shish hisobiga ovqatlanish ratsionining biologik qiymatini oshirish orqali yangi kunlik ratsionni kiritish tartibi ishlab chiqilgan, tamaki mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonada milliy taomlardan iborat biologik qiymatini yuqori bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini qo‘shib mahaliy parxez-profilaktik stolini qo‘shish hisobiga kasb kasalliklarni kamaytirishini ko‘rsatadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tamaki mahsulotlarni ishlab chiqarish korxonada milliy mahsulotlardan iborat bo‘lgan mahsulotlarni qo‘shish hisobiga ovqatlanish ratsionining biologik qiymatini oshirish orqali yangi kunlik ratsionni kiritish tartibi ishlab chiqilgan. Tamaki ishlab chiqarish korxonasi ish o‘rinlarida mehnat jarayonining og‘irligi va tig‘izligi, zararlilik va xavflilik ko‘rsatkichlarning salbiy ta’sirini kamayishi natijasida ishchilar vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotishi oldi olingan (korxonada 1 kunlik ish haqi 82950 so‘m bo‘lsa, mehnatga layoqatsizlik varaqasi o‘rtacha 13,32 kunda 1104894 so‘mni tashkil qiladi); 2) shifoxonada davolanish talab qilinmaydi (shifoxonada 1 kun qolish o‘rtacha 110000 so‘mni tashkil qiladi); 3) kasbiy kasalliklar oldi olinib, iqtisod qilishga erishilgan (1 nafar imtiyozli nafaqa pensiyasi oyiga 747000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: tamaki mahsulotlarni ishlab chiqarish korxonada milliy mahsulotlarni qo‘shish hisobiga ovqatlanish ratsionining biologik qiymatini oshirish orqali yangi kunlik ratsionni kiritish tartibi ishlab chiqilib, tamaki ishlab chiqarish korxonasi ishchilarining nutrientiv statusini gigienik baholash orqali bir nafar ishchi hisobiga byudjet mablag‘larini o‘rtacha 3317000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.