Abdullaev Mansur Abdusattarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 pandemiyasi sharoitida lateks bilan muloqotda bo‘lgan ishchilarda kasalliklar profilaktikasini gigienik asoslash», 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1891.
Ilmiy rahbar: Iskandarova Gulnoza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Ermatov Nizom Jumakulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xamrakulova Mukaddasxon Askarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 pandemiyasi davrida lateks bilan muloqotda bo‘lgan ishchilar o‘rtasida kasalliklarning oldini olishni gigienik asoslash va tibbiyot xodimlari o‘rtasida kasbiy kasallanishni kamaytirish uchun chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 pandemiyasi davri tibbiyot xodimlari ish vaqtiga, ixtisoslik turiga, shifokorlarning kunlik ish yuklamasiga hamda lateks bilan muloqot davomiyligiga qarab terining sezuvchanligi darajasi va uning asoratlarining davomiyligini uzayishini isbotlangan;
COVID-19 pandemiyasi davrida tibbiyot xodimlarida atopiya mavjudligi, lateks, rezina, boshqa kauchuk analoglari va kimyoviy moddalar bilan uzoq muddat kasbiy muloqotda bo‘lish lateksga sezuvchanlik rivojlanishi asosiy xavf omillarinng asosiysi ekanligi gigienik jihatdan asoslangan;
lateks bilan kasbiy muloqotda bo‘lgan tibbiyot xodimlarida lateks aerogen, teri va oshqozon-ichak trakti orqali organizmga tushishi hamda ayollarda lateksga nisbatan qondagi maxsus immunoglobulin E miqdori erkaklarnikiga nisbatan ishonchli darajada ortishi isbotlangan;
COVID-19 pandemiyasi davrida tibbiyot xodimlarida surunkali xastaliklar va kasbiy xavflar orasidagi o‘zaro bog‘liqligini hisobga olgan holda, turli xil tibbiy buyumlar bilan ishlashda yuzaga keladigan kasbiy xavflarning oldini olishga qaratilgan profilaktika chora-tadbirlarining tizimli gigienik tartibi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 13 maydagi 05/115-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining 2024 yil 16 fevraldagi 01/08-274-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: COVID-19 pandemiyasi davri tibbiyot xodimlari ish vaqtiga, ixtisoslik turiga, shifokorlarning kunlik ish yuklamasiga hamda lateks bilan muloqot davomiyligiga qarab terining sezuvchanligi darajasi va uning asoratlarining davomiyligini uzayishini isbotlangani O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi bo‘yicha 10.01.2024 yildagi 2-n-son, Surxondaryo viloyati boshqarmasi bo‘yicha 12.12.2023 yildagi 14-son hamda Qashqadaryo viloyati boshqarmaci bo‘yicha 23.12.2023 yildagi 72t-§1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jarrohlik va terapevtik yo‘nalishdagi tibbiyot xodimlari o‘rtasida lateksga sezuvchanlikni erta aniqlash va asoratlarni oldini olish imkonini berishi bilan izohlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari asosida olingan ma’lumotlar jarrohlik va terapevtik yo‘nalishdagi tibbiyot xodimlari o‘rtasida lateksga sezuvchanlik holatini erta aniqlash va lateks allergiyasini oldini olish, uning asoratlarini davolash uchun sarflanadigan mablag‘larni tejalishini ta’minlaydi. Xulosa: jarrohlik va terapevtik yo‘nalishdagi tibbiyot xodimlari o‘rtasida lateksga sezuvchanlik holatini erta aniqlash, lateks bilan kasbiy muloqotda bo‘lgan tibbiyot xodimlari faoliyatini muntazam monitoringini yuritish, sezuvchanlik holatini erta aniqlash va asoratlarni oldini olish hamda davolash uchun sarflanadigan mablag‘larni tejash imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: COVID-19 pandemiyasi davrida tibbiyot xodimlarida atopiya mavjudligi, lateks, rezina, boshqa kauchuk analoglari va kimyoviy moddalar bilan uzoq muddat kasbiy muloqotda bo‘lish lateksga sezuvchanlik rivojlanishi asosiy xavf omillarinng asosiysi ekanligi gigienik jihatdan asoslangani O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi bo‘yicha 10.01.2024 yildagi 2-n-son, Surxondaryo viloyati boshqarmasi bo‘yicha 12.12.2023 yildagi 14-son hamda Qashqadaryo viloyati boshqarmaci bo‘yicha 23.12.2023 yildagi 72t-§1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tibbiyot xodimlarida lateksga sezuvchanlik rivojlanishida nasliy moyillik, lateks, rezina, boshqa kauchuk analoglari, kimyoviy moddalar bilan uzoq muddatli kasbiy muloqot asosiy xavf omili ekanligi laborator sinamalarda lateks maxsus immunoglobulin miqdorini aniqlash yordamida isbotlangan. Olingan natijalar, lateks allergiyasini erta tashxisoti uchun ilmiy-amaliy ishlanma bo‘lib xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari asosida lateks allergiyasini erta aniqlash orqali asoratlarni oldini olish va davolashga ketadigan mablag‘ni tejashga olib keladi. Xulosa: o‘tkazilgan immunologik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra tibbiyot xodimlarida lateksga sezuvchanlik rivojlanishida nasliy moyillik hamda lateks, rezina, boshqa kauchuk analoglari, kimyoviy moddalar bilan uzoq muddatli kasbiy muloqot lateks allergiyasi rivojlanishida asosiy xavf omili sanaladi;
uchinchi ilmiy yangilik: lateks bilan kasbiy muloqotda bo‘lgan tibbiyot xodimlarida lateks aerogen, teri va oshqozon-ichak trakti orqali organizmga tushishi hamda ayollarda lateksga nisbatan qondagi maxsus immunoglobulin E miqdori erkaklarnikiga nisbatan ishonchli darajada ortishi isbotlangani O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi bo‘yicha 10.01.2024 yildagi 2-n-son, Surxondaryo viloyati boshqarmasi bo‘yicha 12.12.2023 yildagi 14-son hamda Qashqadaryo viloyati boshqarmaci bo‘yicha 23.12.2023 yildagi 72t-§1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: lateks bilan kasbiy muloqotda bo‘lgan tibbiyot xodimlarini skrining tekshiruvidan o‘tkazish natijasida o‘tkir nojo‘ya reaksiyalar va ularning asoratlarini oldini olish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: lateks bilan kasbiy muloqotda bo‘lgan tibbiyot xodimlarini skrining tekshiruvidan o‘tkazish, qonda immunoglobulin E miqdorini aniqlash, ularda lateks allergiyasini erta tashxislash davolashga ketadigan sarf-xarajatlarni tejash imkonini beradi. Xulosa: tibbiyot xodimlarida va lateks bilan kasbiy muloqotda bo‘lgan ishchilarda qonda lateksga nisbatan maxsus immunoglobulin E miqdori ko‘rsatkichlarining ishonchli ortishi lateksni organizmga aerogen, teri va me’da-ichaklar orqali tushishi bilan uzviy bog‘liq hisoblanadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID-19 pandemiyasi davrida tibbiyot xodimlarida surunkali xastaliklar va kasbiy xavflar orasidagi o‘zaro bog‘liqligini hisobga olgan holda, turli xil tibbiy buyumlar bilan ishlashda yuzaga keladigan kasbiy xavflarning oldini olishga qaratilgan profilaktika chora-tadbirlarining tizimli gigienik tartibi asoslangani O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi bo‘yicha 10.01.2024 yildagi 2-n-son, Surxondaryo viloyati boshqarmasi bo‘yicha 12.12.2023 yildagi 14-son hamda Qashqadaryo viloyati boshqarmaci bo‘yicha 23.12.2023 yildagi 72t-§1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jarrohlik va terapevtik yo‘nalishdagi shifokorlar, o‘rta, kichik tibbiyot xodimlari va ma’muriyat xodimlarini chuqur kompleks tekshiruvdan o‘tkazish asosida surunkali xastaliklar va kasbiy xavflarni erta aniqlash va kasbiy kasalliklarni oldini olish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: jarrohlik va terapevtik yo‘nalishdagi tibbiyot xodimlari va ma’muriyat xodimlarini chuqur kompleks tekshiruvdan o‘tkazish asosida surunkali xastaliklar va kasbiy xavflarni erta aniqlash kasbiy kasalliklarni davolashga ketadigan sarf-xarajatlarni tejash imkonini beradi. Xulosa: ilmiy-tadqiqot natijasida jarrohlik va terapevtik yo‘nalishdagi tibbiyot xodimlari va ma’muriyat xodimlarida kasbiy xavflarni erta aniqlash, kasbiy kasalliklarni oldini olish va davolash chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun ilmiy asos bo‘ladi.