Aribjanova Umida Abdurashitovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


 I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘smirlarda daxldorlik fazilatini namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik-psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/P295.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Shoira Xamidovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.21/30.10.2020.Ped/S.127.01 (bir martalik ilmiy kengash)
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustamjon Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Abduraxmanova Zuxra Erkinovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘smirlarda daxldorlik fazilatini namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlarini oochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
daxldorlik fazilatining rivojlanishini dinamik-progressiv darajasiga ko‘ra, “oila-mahalla-maktab” hamkorligi asosida o‘smirlarda “kompromislik”, “mas’ullik”, “pragmatiklik”, “tolerantlik”, “irodaviylik” kabi ijtimoiy-psixologik xususiyatlarni “subektiv lokus nazorati” usuli orqali shakllanishi isbotlangan;
o‘smirlarda islohotlarga nisbatan daxldorlik fazilatining shakllanishiga ko‘ra, “apatiya”, “affektivlik”, “egosentrizm”, “eskapizm”, “daunshifting”, “negativizm”, “shizoidlik”, “paranoyallik”, “emotivlik” kabi salbiy apatiklik hislarni psixokorreksiyalash orqali daxldorlik fazilatlarini shakllanishi dallillangan;
daxldorlik fazilatining ustuvor ko‘rsatkichlariga ko‘ra, “zamon va makonni obektiv idrok qilish”, “ijtimoiy norma mexanizmlariga bog‘liqlik”, “potensial darajasini real baholash” kabi xususiyatlarni o‘smirlik davriga xos davriy inqirozlar paytida “kollobarisik-koalision” tarzda namoyon bo‘lishi dalillangan;
o‘smirlarda islohotlarga nisbatan daxldorlik fazilatini shakllanishiga ko‘ra, daxldorlik fazilatining quyi, o‘rta hamda yuqori darajasi ierarxik ko‘rinishi orqali, “O‘smirlarning daxldorlik fazilati rivojlanishining ierarxik-simulyativ” modeli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘smirlarda daxldorlik fazilati namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
daxldorlik fazilatining rivojlanishini dinamik-progressiv darajasiga ko‘ra, “oila-mahalla-maktab” hamkorligi asosida o‘smirlarda “kompromislik”, “mas’ullik”, “pragmatiklik”, “tolerantlik”, “irodaviylik” kabi ijtimoiy-psixologik xususiyatlarni “subektiv lokus nazorati” usuli orqali shakllanishi isbotlanganligiga doir olingan ilmiy natijalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021-yil 02-fevraldagi PM-93-son buyrug‘i bilan “Psixodiagnostika” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021-yil 06-fevraldagi PM-93-a-son ma’lumotnomasi). Natijada daxldorlik fazilatini shakllantirish profilaktika ishlari, o‘smirlarda daxldorlik fazilatini psixologik omili sifatida uning tayanch mezonlari ilmiy bilimlar bilan boyitilgan;
o‘smirlarda islohotlarga nisbatan daxldorlik fazilatining shakllanishiga ko‘ra, “apatiya”, “affektivlik”, “egosentrizm”, “eskapizm”, “daunshifting”, “negativizm”, “shizoidlik”, “paranoyallik”, “emotivlik” kabi salbiy apatiklik hissini psixokorreksiyalash orqali daxldorlik fazilatlarini shakllanishi dallillanganligiga doir olingan ilmiy natijalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazinining 2021-yil 02-fevraldagi PM-93-son buyrug‘i bilan “Rivojlanish psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021-yil 06-fevraldagi PM-93-a-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar bu soha vakillari uchun daxldorlik fazilatini shakllantirish ishlarining ilmiy-metodik ta’minotini kuchaytirishga xizmat qilgan;
daxldorlik fazilatining ustuvor ko‘rsatkichlariga ko‘ra, “zamon va makonni obektiv idrok qilish”, “ijtimoiy norma mexanizmlariga bog‘liqlik”, “potensial darajasini real baholash” kabi xususiyatlarni o‘smirlik davriga xos davriy inqirozlar paytida “kollobarisik-koalision” tarzda namoyon bo‘lishi dalillanganligi kabi ilmiy natijalari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021-yil 02-fevraldagi PM-93-son buyrug‘i bilan “Ta’lim tizimida psixologik xizmat” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021-yil 06-fevraldagi PM-93-a-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy natijalar o‘smirlarda islohotlarga nisbatan daxldorlik fazilatini shakllantirishga qaratilgan profilaktika ishlarida maqsadlilik va manzillilik kasb etishini kuchaytirgan;
o‘smirlarda islohotlarga nisbatan daxldorlik fazilatini shakllanishiga ko‘ra, daxldorlik fazilatining quyi, o‘rta hamda yuqori darajasi ierarxik ko‘rinishi orqali, “O‘smirlarning daxldorlik fazilati rivojlanishining ierarxik-simulyativ” modeli takomillashtirilganligiga doir olingan ilmiy natijalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021-yil 02-fevraldagi PM-93-son buyrug‘i bilan “Umumiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021-yil 06-fevraldagi PM-93-a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarda islohotlarga nisbatan daxldorlik fazilatini shakllantirish ishlarining natijadorligiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish