Kurbonov Kozim Muxammadrashitovichning
falsafa doktorli (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisosliklar shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Issiqlik ta’minoti quvurlarining resurs tejamkor parametrlarini hisoblash usulini takomillashtirish”, 05.09.07 – “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” (texnika fanlari), 05.09.03 – “Issiqlik ta’minoti. Ventilyasiya, kondisionerlash. Gaz ta’minoti va yoritish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T1879.
Ilmiy rahbarlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Arifjanov Aybek Muxamedjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Xodjiev Nosirjon Raximjanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.15/27.02.2020.T.73.02 raqamli Ilmiy Kengash asosidagi bir martalik Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Jonqobilov Ulug‘murod Umbarovich, texnika fanlari doktori, professor., Babaxodjaev Raximjan Pachexanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot – Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Issiqlik ta’minoti qozon qurilmasi quvurlarining konstruktiv parametrlarini takomillashtirish asosida issiqlik uzatish samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suv isitish qozon qurilmasi quvurining gidravlik parametrlarini hisoblash usuli suyuqlik harorati oshishi hisobiga oqim harakati rejimining o‘zgarishini inobatga olib ishlab chiqilgan;
suv isitish qozon quvurlaridagi tezlik taqsimoti quvur konstruktiv elementlarini ta’sirini hisobga olgan holda oqim harakatining ratsional rejimi asoslangan;
suv isitish qozon qurilmasi konstruktiv parametrlarining quvurlarga qovurg‘alar o‘rnatish hisobiga issiqlik uzatish yuzasi oshganligini inobatga oluvchi issiqlikni uzatishning takomillashtirilgan usuli yaratilgan;
suv isitish qozonining resurs tejamkor konstruksiyasi quvurlarda oqim harakatining gidrodinamik modeli va isiqlik uzatish koeffisientini baholashda Reynolds va Prandtl mezonlarinig o‘zgaruvchan qiymatlarini inobatga olgan holda yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Issiqlik ta’minoti qozon qurilmasining parametrlari samaradorigini oshirish maqsadida ilmiy tadqiqotlar tahlili bo‘yicha olingan gidravlik hisoblash usullarini takomillashtirish natijalari asosida:
qozon qurilmasi konstruksiyasi parametrlarini takomillashtirilgan gidravlik hisobi “Maxsus kotyol montaj servis” MChJ tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2021-yil 1-noyabrdagi 03/01-5032-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qozon qurilmasining issiqlik berish jarayoni jadallashtirilib, issiqlik almashinuv jarayoni samaradorligini oshirish imkonini bergan;
qozon qurilmasi issiqlik uzatuvchi quvurlarining takomillashtirilgan gidravlik hisobi “Issiq buloq ta’mir” MChJ tomonidan joriy qilingan (Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2021-yil 1-noyabrdagi 03/01-5032-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, issiqlik uzatuvchi quvurning issiqlik uzatish yuzasini maqbul variantini aniqlash imkoniyati yaratildi;
qozon qurilmasi konstruksiyasini takomillashtirish hisobiga issiqlik uzatish miqdorining oshishiga va kam yoqilg‘i sarflaydigan isitish qozoni “Andijon kommunal servis” MChJ korxonasida joriy qilingan (Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2021-yil 1-noyabrdagi 03/01-5032-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qozon qurilmasida yoqilg‘i sarfini 15-20% ga kamaytirish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish