Khalikova Alina Valerevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisosliklar shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Maydanak observatoriyasidagi kuzatishlar asosida mashinaviy o‘rganish usullaridan foydalangan holda o‘zgaruvchan yulduzlarni qidirish va tahlil qilish», 01.03.01 – Astronomiya (fizika matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/FM1024.
Ilmiy rahbarlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Egamberdiev Shuhrat Abdumannapovich, fizika-matematika fanlari doktori, akademik
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA Astronomiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti, PhD.02/20.12.2019.FM.15.01.
Rasmiy opponentlar: Konstantin Nikolaevich Grankin, fizika-matematika fanlari doktori; Mirzaqulov Dovronbek Omatjonovich, falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot – M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti qoshidagi P.K. Sternberg Astronomiya Instituti, Rossiya.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tadqiqotning maqsadi an’anaviy va sun’iy neyron tarmoq va boshqa mashinaviy o‘qitish kabi intellektual usullari asosida o‘zgaruvchan yulduzlarni qidirish va tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
8 ta yulduzning o‘zgaruvchanligi ilk marta kashf etilgan va tasniflangan: (TYC3556-299-1, TYC3556-130-1, TYC3551-1535-1, TYC3215-1288-1, USNO-B1.0 1280-0618262, TYC3215-906-1, TYC3215-1406-1, USNO-B1.0 1357-0539679)
6 ta yulduzning o‘zgaruvchanligi tasdiqlangan va tasniflangan: (ATO J041.7194+41.4247, ATO J041.8690+41.3205, USNO-B1.0 1270-0272752, GSC 02007-00761, BD + 46°2731, USNO-A2.0 1200-08721202)
Bir qator tutilish tizimlarining dastlabki fizik va orbital o‘lchamlari olingan.
Maydanak rasadxonasida kuzatilgan barcha tanlangan yulduzlarining yorug'lik differensial egri chiziqlari atlasi tuzilgan (400 mingdan ortiq yakka tartibdagi ekspozisiyalar).
Mashinaviy o‘rgatish usullarida, xususan, klaster tahlilida foydalanish uchun ma'lumotlarni taqdim etishning yangi usuli ishlab chiqilgan.
ASAS o‘zgaruvchan yulduzlar katalogida ekssentrik orbitalarga ega bo‘lgan qo‘shaloq tizimlarda 19 ta yangi nomzod topilgan va ularning ekssentrisiteti va periastr uzunligi aniqlangan.
Ekssentrisiteti 0.07 orbita bo‘lgan 2 ta (yuqorida ko‘rsatilgan 19 tadan) qo‘shaloq tizimlarda, ehtimol, kuchli to‘lqin sabab bo‘lgan pulsatsiyalar mavjudligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ilmiy maqolalarda chop etilgan nazariy natijalar va tadqiqot usullaridan Fesenkov nomidagi Astrofizika instituti loyihalari doirasida mashinaviy o‘rganish usullaridan foydalangan holda oqimli fotometriya natijalari asosida o‘zgaruvchan yulduzlarni qidirish uchun foydalanilgan (Qozog'iston Respublikasi, Fesenkov nomidagi Astrofizika institutining 2023 yil 5 yanvardagi xatiga).
Yangi o‘zgaruvchan yulduzlarni kashf etish bo‘yicha chop etilgan ishlar asosida 3 yulduz http://www.sai.msu.su/gcvs/gcvs/index.htm elektron manzil orqali ommaga ochiq bo‘lgan va Astronomy Repors jurnalida chop etilgan “O‘zgaruvchan yulduzlarning umumiy katalogi yangi versiya (OKPZ 5.1)” xorijiy katalogiga kiritildi (Volume 61, Issue 1, 2017, pp.80-88). Ushbu 3 yulduzga o‘zgaruvchan yulduzlarning umumiy katalogi (OKPZ) tizimida o‘z nomlari berilgan.