Iskandarov Abdulla Ikramovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Shimoliy G‘arbiy O‘zbekiston haqiqiy qalqonli qandalalari (Heteroptera: Pentatomidae) faunasi, ekologiyasi va ahamiyati», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/V780.
Ilmiy rahbar: Xolmatov Baxtiyor Rustamovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Zoologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.V.52.01.
Rasmiy opponentlar: Medetov Maxsetbay Japakovich, biologiya fanlari doktori, professor; Qo‘chqorov Abdivohid Hakimovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Shimoli-g‘arbiy O‘zbekiston haqiqiy qalqonli qandalalar populyasiyalarining zamonaviy holatini baholash, ekologiyasini asoslash hamda zararli turlariga qarshi samarali kurash choralarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Shimoli-g‘arbiy O‘zbekiston haqiqiy qalqonli qandalalarining faunasining zamonaviy holati tahlil qilinib, 3 kenja oila 9 triba 21 avlodga mansub 24 turi aniqlangan;
Shimoli-g‘arbiy O‘zbekiston hududida aniqlangan haqiqiy qalqonli qandalalardan Chlorochroa pinicola va Bagrada abeillei turlari O‘zbekiston faunasi uchun ilk bor aniqlangan;
Shimoli-g‘arbiy O‘zbekiston haqiqiy qalqonli qandalalarining biotsenoz va agrotsenozlarda tarqalgan 16 oilaga mansub 37 ta madaniy va begona o‘t o‘simlik turlari bilan oziqlanishi – trofik aloqalari ochib berilgan;
Shimoli-g‘arbiy O‘zbekiston beda agrobiotsenozida haqiqiy qalqonli qandalasining tarqalishi va zarari baholangan hamda ularga qarshi kurash usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Shimoliy G‘arbiy O‘zbekiston haqiqiy qalqonli qandalalari (Heteroptera: Pentatomidae) faunasi va ekologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
haqiqiy qalqonli qandalalarining 3 kenja oilaga tegishli bo‘lgan 10 turiga mansub 36 nusxa hasharot namunalari respublikada yetakchi bo‘lgan “Zoologiya kolleksiyasi” noyob ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2023 yil 28 avgustdagi 4/1255-1807-son ma’lumotnomasi). Natijada, namunalar qalqonli qandalalar fondini boyitgan va qandalalar turlari xilma-xilligini aniqlash va turlarini sistematik tahlil qilish imkonini bergan.
molekulyar genetik tadqiqotlar natijasida Pentatomidae oilasi haqiqiy qalqonli qandala turlarining mDNK COI qismi nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha ma’lumotlar Biotexnologik axborotlar milliy markazi (NCBI) bazasiga joylashtirilgan (Biotexnologik axborotlar milliy markazi (NCBI) ning 2024 yil 29 apreldagi ma’lumotnomasi). Natijada, Bagrada abeillei turi uchun - PP736568, Bagrada kaufmanni turi uchun - PP726658 va Chlorochroa pinicola turi uchun - PP724395 identifikatsiya raqamlari olingan va ular xalqaro miqiyosda turlarni aniqlash va filogeniyasini o‘rganish imkonini bergan.