Ubaydullaeva Navruza Ne’matjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qimmatbaho metallarni sorbsion ajratib olish uchun faollashtirilgan ko‘mir adsorbentlari olish va ularning kolloid-kimyoviy xossalarini aniqlash», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/K705.
Ilmiy rahbar: Salixanova Dilnoza Saidakbarovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Umumiy va noorganik kimyo insituti, Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Kuldasheva Shaxnoza Abdulazizovna, kimyo fanlari doktori, professor; Ochilov G‘olib Mamayusupovich, kimyo fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yong‘oq va bodom po‘stlog‘i asosida modifikatsiyalangan uglerodli adsorbent olish va ularning adsorbsion xossasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
karbonizatsiya sharoitlari va ishqor ta’sirida g‘ovakli strukturaning o‘zgarishiga va sorbsion xossalariga ta’siri aniqlangan;
ishqor bilan termokimyoviy ishlov berishni unumga, uning struktur-sorbsion ko‘rsatgichlariga ta’siri aniqlangan;
termokimyoviy KON bilan modifikatsiyalab olingan uglerodli adsorbentni 1:0.5, 1:1 va 1:2 nisbatlarda ishlov berish chiqish unumni 36.0% dan 46.6% ga oshirishi, solishtirma sirt yuzalari bodom po‘stloqlaridan olingan namunlarda yong‘oq po‘stloqlarida olingan namunalarga nisbatan yuqori ekanligi aniqlangan;
past haroratli azot adsorbsiyasi natijasiga ko‘ra har ikki namunaning dastlabki namunalarga nisbatan adsorbsiya ko‘rsatkichlari deyarli ikki barobarga ortishi, namunalarning BET bo‘yicha solishtirma sirt yuzalari (SBET), o‘rtacha g‘ovak hajmlari hamda g‘ovaklarning hajmiy taqsimlanishi hisoblariga ko‘ra isbotlangan;
YoUA va BUA uglerodli adsorbentlar yordamida oqava suvlar tarkibidan metall ionlarini tozalashi, Ni va Cu ionlarini REM ga tushurishi isbotlangan;
YoUA va BUA uglerodli adsorbentlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘simlik chiqindilari (yong‘oq va bodom po‘choqlari) asosida oqava suvlar tarkibidagi metall ionlarini sorbsion tozalash uchun uglerodli adsorbent olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yong‘oq va bodom po‘chog‘i asosida termokimyoviy usul yordamida uglerodli adsorbent olish texnologiyasi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning “2023-2024 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJning 2023 yil 31 avgustdagi 23/01-01-07/423-son ma’lumotnomasi) Natijada, o‘simlik chiqindilari asosida uglerodli adsorbentlar olish imkonini beradi;
YoUA va BUA yordamida metallurgiya sanoati oqava suvlari tarkibidan metall ionlarini tozalash usuli «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning “2023-2024 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2023 yil 31 avgustdagi 23/01-01-07/423-son ma’lumotnomasi) Natijada, metallurgiya sanoati oqava suvlarini metall ionlaridan tozalash imkonini beradi.