Xodjaeva Dilfuza Nazirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yonuvchanligi past bo‘lgan kompozision yog‘och - plastik plitali materiallarning samarali tarkibi va ularni olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4569.
Ilmiy rahbar: Negmatov Sayibjan Sadikovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmonberdiev Gappar, texnika fanlari doktori, professor; Risqulov Alimjon Axmadjonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yonuvchanligi past bo‘lgan kompozision yog‘och - plastik plitali materiallarning samarali tarkibi va ularni olish texnologiyasini ishlab chiqish chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
g‘o‘za poyalari va oligomer hamda mineral yong‘inga chidamli moddalar bilan modifikatsiyalangan mochevinaformal`degid smolasidan yog‘och tolasi asosida yonuvchanligi past bo‘lgan kompozision yog‘och-plastik plita materiallarini ishlab chiqarishning chiqindisiz texnologiyasi ishlab chiqilgan;
yong‘inga chidamli moddalar bilan modifikatsiyalangan mochevinaformal`degid smolasining optimal tarkibi va yong‘inga chidamliligi yuqori bo‘lgan, fizik-mexanik va ekspluatatsion xususiyatlarga ega bo‘lgan qiyin yonuvchan kompozision yog‘och-plastik plita materiallarini ishlab chiqarishning texnologik rejimlari aniqlangan;
polimer bog‘lovchining tuzilishi va xossalarini fizik-kimyoviy modifikatsiya qilish yo‘li bilan o‘zgartirish orqali yonuvchanligi past bo‘lgan kompozision yog‘och-plastik plita materiallarining fizik-mexanik va yong‘inga chidamlilik xususiyatlarini yaxshilash imkoniyati nazariy jihatdan asoslangan;
g‘o‘za poyalarining yog‘och-tolali massasidan to‘ldiruvchilar va o‘tga chidamli moddalar bilan modifikatsiyalangan mochevinaformal`degid polimer bog‘lovchilar asosida yonuvchanligi past bo‘lgan kompozision yog‘och-plastik plita materiallarini ishlab chiqarish jarayonining ilmiy-uslubiy va texnologik tamoyillari ishlab chiqilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Yonuvchanligi past bo‘lgan kompozision yog‘och-plastik plitali materiallarning samarali tarkibi va ularni olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yonuvchanligi past bo‘lgan kompozision yog‘och-plastik plitali materiallarni olish texnologiyasi «PROGRESS STANDART» MChJda modernizatsiya qilingan texnologik tizimda joriy etilgan (“O`ZBEKISTON QURILISH MATERIALLARI SANOATI KORXONALARI UYUSHMASI”ning 2024 yil 28 iyundagi 02/15-1628 - son ma’lumotnomasi). Natijada, olingan kompozision yog‘och plastik plitali materiallarning fizik-mexanik va ekspluatatsion xusussiyatlari yaxshilanib, plitali materiallarning maksimal egilish chegarasi 13,8-14,0 MPa, perpendikulyar uzilishdagi mustaxkamligini 0,5- 0,8 MPa gacha oshirish va bo‘kishi darajasini 10-10,5% gacha kamaytirish imkonini bergan;
qurilish va texnik xususiyatlari yaxshilangan maxalliy va ikkilamchi xom ashyo asosida yonuvchanligi past bo‘lgan yangi olingan kompozision yog‘och-plastik plitali materiallar «DINEX» MChJ ixtisoslashtirilgan korxonasida amaliyotda joriy etilgan (“O`ZBEKISTON QURILISH MATERIALLARI SANOATI KORXONALARI UYUSHMASI”ning 2024 yil 28 iyundagi 02/15-1628 - son ma’lumotnomasi). Natijada, qurilish sohasida ishlatiladigan yog‘och materiallarini 2-3 baravarga tejash imkonini bergan.